17-LABORATORIYA ISHI
DVIGATELLARNING AYLANISHLAR SONI REGULYATORINI SOZLASH
Ishdan maqsad. Birlashtirilgan aylanish chastotasi va quvvat rostlagichini tekshirish va muvofiqlashtirish (rostlash)ga doir amaliy usullarni o‘zlashtirish.
15.1. Ish mazmuni
1. Aylanishlar sonining birlashtirilgan rostlagichi tuzilishini o‘rganish.
2. Rostlagichni muvofiqlashtirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
3. Rostlagich ishini tekshirish.
Rostlagich vazifasi - tirsakli vallar berilgan aylanish chastotasi va dizel quvvatini avtomat tarzda saqlab turishdan iborat.
Rostlagich - ko‘p rejimli, izodrom, markazdan qochma tipli, gidravlik kuchaytirgichli, o‘z moy tizimi, aylanish chastotasini boshqarishning o‘z elektr gidravlik tizimi, dizel-generator quvvatini avtomat tarzda rostlash moslamasi va dizelni himoya qilish tizimidan impuls bo‘yicha to‘xtatish qurilmasiga ega. Birlashtirilgan rostlagich, yoqilg‘i nasoslari reykalari va qo‘zg‘atishni boshqarish zanjiriga ulangan bosh generator induktiv datchigiga ta’sir qilib, teplovozning turli harakatlanish sharoitlarida, shuningdek teplovoz ko‘makchi agregatlari o‘chirilgan va yoqilgan holatida dizelning to‘liq quvvatini ishlatish imkonini ta’minlaydi.
Birlashtirilgan rostlagichning tartibiy sxemasi 16.1-rasmda keltirilgan. U aylanish chastotasini rostlagich, quvvat rostlagichi va aylanish chastotasini elektr gidravlik tizimidan iborat.
Sxemada dizel o‘rnatilgan rejimda ishlashida rostlagich qismlarining o‘zaro birga harakatlanishi ko‘rsatilgan.
Rostlagichning moy nasosi shu maqsadga xizmat qiladigan akkumulyatorlarga moy haydash bilan doimiy bosimli moy zaxirasini yaratib, bu ortiqcha moyning moy vannasiga 33 oshib to‘kilishi orqali ta’minlanadi. Moy akkumulyatori bo‘shlig‘idagi moy bosimi barcha rejimlarda ham 0,6…0,7 MPa (6…7 kgs/sm2) ga teng bo‘lishi kerak. Rostlagich tirsakli val aylanish chastotasi boshqarishning o‘n beshta qayd etilgan holatli elektr gidravlik tizimiga ega.
15.1-rasm. Birlashtirilgan rostlagichning tartibiy sxemasi: 1 - uchburchak plastina; 2, 18, 31 - zolotniklar; 3 - zolotnikli vtulka; 4, 16, 34 - prujinalar; 5 - moy akkumulyatorlari; 6 - moy nasosi; 7 - bufer porshen; 8 - yuklar; 9 - o‘lchagich prujinasi; 10 - tyaga; 11, 13 - richaglar; 12 - gayka; 14 - aylanish minimal chastotasi tayanchi; 15 - boshqaruv servomotori; 17 - zolotnikli vtulka; 19 - servomotor porsheni; 20 - koromislo; 21 - ignachali klapanlar; 22 - yuqori shtok; 23 - rostlagich servomotori; 24 - induktiv datchik servomotori; 25 - induktiv datchik; 26 - to‘xtatish zolotnigi; 27 - servomotor porsheni; 28 - igna; 29 - o‘chirish qurilmasi; 30 - shesternya; 32 - zolotnikli vtulka; 33 - moy vannasi; 35 - klapan
Elektr gidravlik boshqaruv quyidagi elementlardan iborat:
- elektr magnitlar MR1, MR2, MR3, MR4 (15.2-rasm), ular kontroller
tomonidan ma’lum ketma-ketlikda yoqiladi (15.1-jadval) va zolotnikli moslama holatini o‘zgartiradi;
- zolotnikli moslama, bosim ostida boshqaruv servomotoriga 15 moy uzatilishini boshqaradi;
- gidravlik boshqarish servomotori 15, rostlagichning ko‘p rejimli prujinasi tarangligini o‘zgartiradi;
- qattiq teskari aloqa (tyaga 10 va richaglar 11, 13), u aylanish chastotasining berilish barqarorligini ta’minlaydi.
15.2-rasm. Birlashtirilgan rostlagich (umumiy ko‘rinishi)
Rostlagichning tartibial sxemasidan ko‘rinib turibdiki, uchta MR1, MR2, MR3 elektr magnitlari prujina tomonidan yuqori holatda tutib turiladigan uchburchak plastina 1 uchlariga ta’sir ko‘rsatadi. Uchburchak plastinaning 1 siljishi richag 11 orqali servomotor 15 ga moy uzatilishini boshqaradigan zolotnik 2 ga beriladi. Elektr magnitlarni muayyan ketma-ketlikda ishga tushirish (yoqish) bilan aylanish chastotasining ettita turli bosqichiga erishiladi. To‘rtinchi elektr magnit zolotnikli vtulka 3 ga ta’sir qiladi. Uni siljitish natijasi MR1, MR2, MR3 elektr magnitlarini siljitish natijasiga qarama-qarshi bo‘ladi.
MR4 elektr magnitini yoqishda zolotnikli vtulka pastga harakatlanib, undagi rostlaydigan to‘kish tirqishini ochish bilan dizel vali aylanish chastotasini kamaytiradi. Bu holda teskari aloqa (bog‘liqlik) zolotnikni pastga tomon siljitib, zolotnikli vtulkadagi tirqishni zolotnik diski bilan yopib qo‘yadi. MR4 elektr magnitini o‘chirishda zolotnikli vtulka tagida joylashgan prujina ta’sirida yuqoriga harakatlanib, porshen 19 ga moy kelish yo‘lini ochadi va bu bilan val aylanish chastotasini kattalashtiradi. MR4 elektr magnitini MR1, MR2 va MR3 uchta elektr magnit bilan birga qo‘llanishi tezliklar bosqichlarini ikki baravar ko‘paytiradi.
15.1-jadval
MR1, MR2, MR3, MR4 elektr magnitlari ishlash ketma-ketligi
10D100 dizelining aylanish chastotasini kontroller holatlariga ko‘ra sozlash 15.2-jadvalga muvofiq MR1, MR2, MR3 va MR4 elektr magnitlar yordamida amalga oshiriladi.
Dastlab elektr magnit yakorlari yurishi rostlanib, u MR1, MR2, MR3 elektr magnitlari uchun yakor tiqinini tirgakli holatdan taxminan 2,5 aylanishga burab ochish bilan 2,5 mm ga, MR4 elektr magniti uchun esa yakor tiqinini tirgakli holatdan elektr magnit korpusida belgilanganidan taxminan 10 bo‘lakga burash bilan 0,35 mm teng deb olinadi. Shundan so‘ng tiqinlar qotiriladi.
Elektr magnit yakorlarida yopishib qolishga qarshi qoplamalar bo‘lishi shart. Aylanish chastotasi ishlab turgan dizelda quyidagi tartibda muvofiqlashtiriladi:
14 p.k. - barcha, ya’ni MR1, MR2, MR3, MR4 elektr magnitlar yoqilgan. L gaykasini burish bilan (15.2-rasm) dizel tirsakli valining mazkur pozitsiyaga muvofiq aylanish chastotasi o‘rnatiladi. L gaykani bir qirraga burash tirsakli val aylanish chastotasining taxminan 0,17…0,25 s-1 ga (10…15 ayl/daq) o‘zgarishiga muvofiq keladi. Uni soat miliga qarshi aylantirganda kattalashadi va aksincha. Rostlashdan so‘ng L gaykani qotirish talab etiladi.
15.2-jadval
Dizel tirsakli valining mashinist kontrolleri pozitsiyalari bo‘yicha aylanish chastotasi
Mashinist kontrolleri tutqichining holati
|
Elektr magnitlar yoqilgan
|
Dizel tirsakli vali aylanish chastotasi, s-1(ayl/daq)
|
0
|
-
|
6,67±0,17 (400±10)
|
6
|
1; 2; 4
|
9,33±0,17 (560±10)
|
10
|
1; 3; 4
|
11,5±0,17 (690±10)
|
12
|
2; 3; 4
|
12,6±0,17 (755±10)
|
14
|
1; 2; 3; 4
|
13,66±0,17 (820±10)
|
15
|
1; 2; 3
|
14,17±0,17 (850±10)
|
Bundan keyingi rostlash ishlari 15, 12, 10 va 6 holatlarida bajarilib, bu yerda mos ravishda MR4, MR1, MR2 va MR3 elektr magnitlar sozlanadi. MR1, MR2 yoki MR3 elektr magnitlari tiqinini soat strelkasi bo‘ylab, MR4 tiqinini esa soat strelkasiga qarshi aylantirib, dizelning aylanish chastotasi kattalashtiriladi yoki kichraytiriladi.
15 holatida - MR1, MR2, MR3 elektromagnitlari yoqilgan. MR4 elektrmagniti yakorining tiqinini burish bilan mazkur pozitsiyaga muvofiq aylanish chastotasi o‘rnatiladi. Tiqinning bir bo‘lmaga siljitilishi aylanish chastotasini taxminan 0,05…0,07 s-1 (3…4 ayl/daq) ga o‘zgartiradi;
12 holatida - MR2, MR3, MR4 elektr magnitlari yoqilgan. MR1 elektr magniti yakorining tiqinini burish bilan mazkur pozitsiyaga mos aylanish chastotasi o‘rnatiladi;
10 holatida - MR1, MR3, MR4 elektr magnitlari yoqilgan. MR2 elektr magniti yakorining tiqinini burish bilan mazkur pozitsiyaga mos aylanish chastotasi o‘rnatiladi;
6 holatida - MR1, MR2, MR4 elektr magnitlari yoqilgan. MR3 elektr magniti yakorining tiqinini burish bilan mazkur pozitsiyaga mos aylanish chastotasi o‘rnatiladi.
Demak, to‘rt elektr magnitdan mazkur holatda o‘chirib qo‘yilgan elektr magnit muvofiqlashtiriladi.
Shundan so‘ng kontrollerning nolinchi pozitsiyasi o‘rnatiladi (barcha to‘rt elektrmagnit o‘chirilgan). Dizel aylanishining minimal chastotasini cheklash vinti 14 yordamida mazkur pozitsiyaga muvofiq aylanish chastotasi o‘rnatiladi.
Aylanish chastotasi nobarqarorligi ± 0,17s-1 (±10 ayl/daq) dan oshmasligi kerak.
Kontroller pozitsiyalari bo‘yicha aylanish chastotasi o‘zgarishi ko‘proq nobarqaror bo‘lgan hollarda quyidagilar bajariladi.
Maxsus moslama yordamida elektrmagnit yakorlari tiqinlari buralgan holatida elektrmagnitlar shtoklarining chiqishi plitaning tayanch yuzasidan shtoklarning tashqi chekkasiga qadar 25,5±0,1 mm o‘lchamda va shtoklarning yakorlar tomoniga ochiq qismi tekshiriladi. Ko‘rsatilgan 25,5±0,1 mm o‘lchamni ta’minlash maqsadida elektromagnit shtoki chekkasini tozalashga yo‘l qo‘yilib, o‘lcham ko‘rsatilganidan kichik bo‘lganida, shtok almashtiriladi.
Rostlash tizimi barqarorligi izodrom ignasini 28 rostlash bilan ta’minlanib, bunda igna imkon qadar kattaroq ochilishi talab etiladi. Odatda igna tayanchli holatning 3/4 aylanish qismiga ochiq bo‘ladi.
Kontroller tutqichini 7 dan 8 pozitsiyaga o‘tkazishda dizelning aylanish chastotasi va quvvat ortmagan bo‘lsa, buning sababi uchburchak plastinada, richag bilan kontaktlashuv joyida o‘rnatilgan bimetall plastinaning yeyilgan bo‘lishi mumkin. Bu holda uchburchak plastinani yoki bimetall platinani almashtirish talab etiladi.
Agar kontroller tutqichini 9 dan 10 - pozitsiyaga o‘tkazishda aylanish chastotasi belgilangan qiymatdan ortiqcha oshib ketgan bo‘lsa, bu holda elektrmagnit shtoklari chiqish qiymati 25,5±0,1 mm o‘lcham bo‘yicha tekshiriladi.
Aylanish chastotasini elektr gidravlik boshqaruvining yuzasi yedirilgan zolotnikli vtulkasi 3 moy keltirish tirqish atrofida o‘rnatilishiga yo‘l qo‘ymaslik. Bular foydalanish davrida pozitsiya olishda vaqtning keskin qisqarishi, uzellardagi mexanik zo‘riqishlarning ortishi, dizelning issiqlik texnik parametrlari yomonlashishi va yoqilg‘i ortiqcha sarfiga olib kelishi mumkin.
Birlashtirilgan rostlagichni sozlash ishlarini yuklama uzeli soz (butun) bo‘lgan stendda bajarish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |