50
- signalligi, ya’ni transport vositasining oqimdan aniq ajralishi imkoni bilan;
- tanilishi (rang yoki ranglar birikmasi yordami bilan transport vositaning
turi va vazifasini aniqlash imkoni);
- psixofiziologik qulayligi (rangning ko’rishga uzoq muddatli ta’sirida
sezishning buzilishi yo’qligi).
Ob’ektni sezishda rangning ahamiyatini izohlash uchun tirik tabiat
vakillarga murojaat qilamiz. Evolyutsiya ularda bo’yashning yashash uchun
kurashga yordamlashadigan bir nechta turlarini ishlab chiqargan.
Niqoblaydigan
bo’yoq tirik jonzodga ko’rinishi fon bilan qo’shilib
bilinmaydigan bo’lishiga yordamlashadi. Quyon, misol uchun qishda - oq, yozda
esa – jigarrang-kulrang. Dengizda yashovchilarda
tananing yuqori qismi
jigarrang-ko’kka bo’yalgan, pasti esa – kumushsimon-oq, yuqoridan nazar
solganda chuqur suvning rangiga yoki aksincha chuqurlikdan yuzaning rangiga
mos keladi. Ba’zi tirik jonzodlar (sakkizoyoqlar, xameleonlar) ular turgan
joyning rangiga bog’liq holda o’zining rangini almashtiradi.
Signallik
nuqtai
nazaridan
transport
vositasini,
undan
asosiy
foydalaniladigan joyning aksariyat rangidan, fon rangidan eng katta darajada
ajralib turadigan rang bilan bo’yash maqsadga muvofiq.
Qishda oq avtomobil
qorda yaxshi ko’zga tashlanmaydi, bu uning ishtirokidagi yo’l transport
xodisalari ehtimolini oshiradi. “Ho’l asfalt” rangidagi avtomobil g’ira-shira
paytlarda oddiy yo’lda yomon ajratiladi.
Avtomobil yoki traktorning rangini tanlash bo’yicha ba’zi umumiy
tavsiyalarni shakllantirish mumkin.
Oq rang ko’rinishda narsaning o’lchamlarni ko’paytiradi. Yengil kichkina
avtomobil natijada kattaroq tuyuladi, u yo’lda amaliy jihatdan har qanday
yoritishda ham yaxshi ko’zga tashlanadi.
Qora rangdan rasmiy vazifaga ega bo’lgan avtomobillarda (xizmat va
vakolathona avtomobillari uchun) an’anaviy foydalaniladi. SHunday mashinalar
odatda katta gabaritlarga ega bo’ladi, qora yoki to’q ko’k bo’yoqning rangi esa
ularning ko’rinishini bir oz kamaytiradi. Kichkina
yengil avtomobillar uchun
qora rang o’rinli bo’lishi gumon.
Yorqin ranglar (qizil, to’q sariq, sariq, ochiq-yashil, havorang) avtomobilni
yo’lda yaxshi bilinadigan qiladi va yo’l transport xodisalari paydo bo’lishining
ehtimolini pasaytiradi.
Sarg’ish va yorqin jigarrang, to’q sariq, bo’g’iq to’q sariq ranglar qulay,
ularda yo’l loyi kam bilinadi, lekin ular ko’rish signali sifatida yomonroq qabul
qilinadi. Tezyurar sport avtomobilini shunday rang bilan tasavvur qilish qiyin.
51
Dala maydonida, o’rmonda yoki butazorda ishlayotgan traktor uchun
ko’pincha qizg’ish–jigarrang ishlatiladi. Bu ikkita fikr bo’yicha o’rinli: u yashil
bargning fonida yaxshiroq ko’zga tashlanadi, va unda ifloslanish kam ko’rinadi.
Hamma qora ranglar (to’q kulrang, qora, to’q ko’k va boshqalar) hatto
yengil tumanda va g’ira-shira paytlarda avtomo-bilni uncha bilinmaydigan qiladi
va yo’l transport xodisalari ehtimolini oshiradi.
Avtomobil yoki traktorni u yoki boshqa rangga bo’yash foydasiga sanab
o’tilgan fikrlardan tashqari, modaning talablari va potentsial xaridorning shaxsiy
istaklarini e’tiborga olishga to’g’ri keladi. Ko’plab
avtomobil firmalari, o’z
mahsulotlarini sotishni ko’paytirish tashvishida, mahoratli psixolog va
marketologlarni jalb qilish bilan maxsus tekshirishlar o’tkazadilar. Vaqti-vaqti
bilan bunday tekshirishlarning natijalari ommaviy axborot vositalarda bosilib
chiqadi. Bu maqolalar ko’proq hazil tabiatida bo’ladi, lekin tekshirishlarning
asosida jiddiy psixofiziologik omillar yotadi.
Quyida yengil avtomobilning
rangini uning egasini xarakterining o’ziga xos xususiyatlari bilan bog’laydigan
qonuniyatlar tushuniladi (bu albatta, agarda inson sotib olayotgan avtomobilining
rangini o’zi erkin tanlagan holdagina to’g’ri bo’ladi).
Oq avtomobil (avvalo katta oq avtomobil) egasi o’zini sevadi; rang kino- va
tele- yulduzlari, taniqli shaxslar (yoki o’zini taniqli sanaydiganlar) tomonidan har
xil tantanavor tadbirlar uchun foydalaniladi; to’y marosimlarida juda o’rinli.
Kichkina oq avtomobil - egasi tinch bosiq inson; oila boshlig’i xizmatda
bajarayotgan ishi va kelajakka ishonchi yomon emas hammadan ko’ra “bexatar”
haydovchi bo’lishi mumkin.
Qora - egasi nimani istashini aniq biladi, o’zini rasmiy shaxs deb tasavvur
qiladi, o’ziga ishongan.
Qip-qizil - inson ko’pchilikning diqqat markazida bo’lishni sevadi;
ko’pincha nisbatan yosh; yuqori haydovchilik mahoratiga egaman deb o’ylaydi;
yurish yo’sini - tajovuzkor.
Kul rang (har xil tuslarda) - egasi haqiqiy mahoratli haydovchi, vazmin,
tinch, ochiq, nihoyatda oqilona, boshlangan ishini oxirigacha yetkazadi.
Havorang, «dengiz to’lqini» - egasi o’zining hayotidan mamnun, keraklicha
kirishimli, lekin bir oz odamovi, olijanob, xushmuomalali.
Kumush rang - egasi hazilga munosabati keskin, ko’p odamlar uni sirli deb
hisoblaydilar.
To’q yashil - egasida doimo yaxshi kayfiyatli, u muloyim va tartibli inson,
o’zini baxtli sezadi.
Sariq, oltinsimon - egasi ishonchli va pul
bilan murojaat qilishga biladi,
notanish vaziyatlarda poylashga afzal ko’radi.
Agarda yuqorida keltirilgan, avtomobilning rangini uning egasini tabiatiga
bog’liqligi to’g’ri deb hisoblansa, ma’lum teskari bog’liqlik mavjudligini ham
52
e’tiborga olish kerak: qip-qizil yengil avtomobilning haydovchisi, agarda, to’q
kulrang yengil avtomobilini yoki ayniqsa, ancha sekin yuradigan yuk
avtomobilini haydayotgan bo’lsa, harakatning boshqa qatnashuvchilarga nisbatan
o’zini boshqacha tutadi.
Maxsus vazifadagi avtomobillar (yong’in o’chiruvchi, tibbiy tez yordam va
boshqalar) boshqaruvchi hujjatlar bilan belgilangan
maxsus rangga ega
bo’ladilar.
Sutkaning qorong’i vaqtida asosiy signal vazifalarini tashqi yoritish
asboblari va avtomobil yoki traktorning yorug’lik orqali signallash tizimi bilan
bajariladi. Bunda tashqi yoritish ikkitani vazifani bajaradi: haydovchiga
manzarani ko’rishni ta’minlaydi va transport vositasini harakatning boshqa
qatnashuvchilari uchun ko’rinadigan qiladi. Birinchi vazifani bajarilish uchun -
yoritish faralari, ikkinchisi uchun - fonarlar va passiv yorug’lik-signal qurilmalari
(yorug’lik qaytargichlar, katafotlar) xizmat qiladi.
Standartda (GOST R41.48-99 (EEK BMT № 48 qoidasi)) yo’lni yoritish va
yo’l harakatining boshqa qatnashuvchilariga yorug’lik signallari berish uchun
qurilmalar “chirog’lar” deb ataladi.
Chirog’lar joylashishi, vertikal va gorizontal yo’nalishlarda ko’rinish
burchaklari, rangi bilan ta’riflanadi. Geometrik ko’rinish
burchaklari deganda,
chirog’ning yuzasi ko’zga ko’rinishi uchun kerak bo’ladigan eng kam fazoviy
burchak sohasini aniqlaydigan burchaklarni tushuniladi.
Avtomobilning oldingi qismida joylashtirilgan chirog’lar 6.4- rasmda
ko’rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: