Transport tizimlari



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/26
Sana11.04.2022
Hajmi2,41 Mb.
#542933
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
8-semestr lobarotoriya mashg`ulotlari to\'plami 1

Axborotchanlik
- ob’ektga tegishli va uni tanish imkonini aniqlaydigan 
potentsial xususiyatlarning majmui.
Passivni va aktiv tashqi axborotchanlikni ajratish qabul qilingan. Passiv 
axborotchanlik – avtomobil yoki traktorning quvvat sarfisiz axborotni uzatish 
qobiliyati (shakli, rangi, yorug’lik qaytaruvchi qurilmalar bilan).
Aktiv axborotchanlik - axborot uzatish qobiliyati bo’lib, uni amalga oshishi 
uchun quvvat sarflanadi (yoritish tizimi va yorug’lik signalizatsiyasi).
Transport vositasining rangi (aniqrog’i – rang-grafik xususiyatlari) quyidagi 
parametrlar bilan tavsiflanadi:


50 
- signalligi, ya’ni transport vositasining oqimdan aniq ajralishi imkoni bilan;
- tanilishi (rang yoki ranglar birikmasi yordami bilan transport vositaning 
turi va vazifasini aniqlash imkoni);
- psixofiziologik qulayligi (rangning ko’rishga uzoq muddatli ta’sirida 
sezishning buzilishi yo’qligi).
Ob’ektni sezishda rangning ahamiyatini izohlash uchun tirik tabiat 
vakillarga murojaat qilamiz. Evolyutsiya ularda bo’yashning yashash uchun 
kurashga yordamlashadigan bir nechta turlarini ishlab chiqargan.
Niqoblaydigan
bo’yoq tirik jonzodga ko’rinishi fon bilan qo’shilib 
bilinmaydigan bo’lishiga yordamlashadi. Quyon, misol uchun qishda - oq, yozda 
esa – jigarrang-kulrang. Dengizda yashovchilarda tananing yuqori qismi 
jigarrang-ko’kka bo’yalgan, pasti esa – kumushsimon-oq, yuqoridan nazar 
solganda chuqur suvning rangiga yoki aksincha chuqurlikdan yuzaning rangiga 
mos keladi. Ba’zi tirik jonzodlar (sakkizoyoqlar, xameleonlar) ular turgan 
joyning rangiga bog’liq holda o’zining rangini almashtiradi.
Signallik 
nuqtai 
nazaridan 
transport 
vositasini, 
undan 
asosiy 
foydalaniladigan joyning aksariyat rangidan, fon rangidan eng katta darajada 
ajralib turadigan rang bilan bo’yash maqsadga muvofiq. Qishda oq avtomobil 
qorda yaxshi ko’zga tashlanmaydi, bu uning ishtirokidagi yo’l transport 
xodisalari ehtimolini oshiradi. “Ho’l asfalt” rangidagi avtomobil g’ira-shira 
paytlarda oddiy yo’lda yomon ajratiladi.
Avtomobil yoki traktorning rangini tanlash bo’yicha ba’zi umumiy 
tavsiyalarni shakllantirish mumkin.
Oq rang ko’rinishda narsaning o’lchamlarni ko’paytiradi. Yengil kichkina 
avtomobil natijada kattaroq tuyuladi, u yo’lda amaliy jihatdan har qanday 
yoritishda ham yaxshi ko’zga tashlanadi.
Qora rangdan rasmiy vazifaga ega bo’lgan avtomobillarda (xizmat va 
vakolathona avtomobillari uchun) an’anaviy foydalaniladi. SHunday mashinalar 
odatda katta gabaritlarga ega bo’ladi, qora yoki to’q ko’k bo’yoqning rangi esa 
ularning ko’rinishini bir oz kamaytiradi. Kichkina yengil avtomobillar uchun 
qora rang o’rinli bo’lishi gumon.
Yorqin ranglar (qizil, to’q sariq, sariq, ochiq-yashil, havorang) avtomobilni 
yo’lda yaxshi bilinadigan qiladi va yo’l transport xodisalari paydo bo’lishining 
ehtimolini pasaytiradi.
Sarg’ish va yorqin jigarrang, to’q sariq, bo’g’iq to’q sariq ranglar qulay, 
ularda yo’l loyi kam bilinadi, lekin ular ko’rish signali sifatida yomonroq qabul 
qilinadi. Tezyurar sport avtomobilini shunday rang bilan tasavvur qilish qiyin.


51 
Dala maydonida, o’rmonda yoki butazorda ishlayotgan traktor uchun 
ko’pincha qizg’ish–jigarrang ishlatiladi. Bu ikkita fikr bo’yicha o’rinli: u yashil 
bargning fonida yaxshiroq ko’zga tashlanadi, va unda ifloslanish kam ko’rinadi.
Hamma qora ranglar (to’q kulrang, qora, to’q ko’k va boshqalar) hatto 
yengil tumanda va g’ira-shira paytlarda avtomo-bilni uncha bilinmaydigan qiladi 
va yo’l transport xodisalari ehtimolini oshiradi.
Avtomobil yoki traktorni u yoki boshqa rangga bo’yash foydasiga sanab 
o’tilgan fikrlardan tashqari, modaning talablari va potentsial xaridorning shaxsiy 
istaklarini e’tiborga olishga to’g’ri keladi. Ko’plab avtomobil firmalari, o’z 
mahsulotlarini sotishni ko’paytirish tashvishida, mahoratli psixolog va 
marketologlarni jalb qilish bilan maxsus tekshirishlar o’tkazadilar. Vaqti-vaqti 
bilan bunday tekshirishlarning natijalari ommaviy axborot vositalarda bosilib 
chiqadi. Bu maqolalar ko’proq hazil tabiatida bo’ladi, lekin tekshirishlarning 
asosida jiddiy psixofiziologik omillar yotadi. Quyida yengil avtomobilning 
rangini uning egasini xarakterining o’ziga xos xususiyatlari bilan bog’laydigan 
qonuniyatlar tushuniladi (bu albatta, agarda inson sotib olayotgan avtomobilining 
rangini o’zi erkin tanlagan holdagina to’g’ri bo’ladi).
Oq avtomobil (avvalo katta oq avtomobil) egasi o’zini sevadi; rang kino- va 
tele- yulduzlari, taniqli shaxslar (yoki o’zini taniqli sanaydiganlar) tomonidan har 
xil tantanavor tadbirlar uchun foydalaniladi; to’y marosimlarida juda o’rinli.
Kichkina oq avtomobil - egasi tinch bosiq inson; oila boshlig’i xizmatda 
bajarayotgan ishi va kelajakka ishonchi yomon emas hammadan ko’ra “bexatar” 
haydovchi bo’lishi mumkin.
Qora - egasi nimani istashini aniq biladi, o’zini rasmiy shaxs deb tasavvur 
qiladi, o’ziga ishongan.
Qip-qizil - inson ko’pchilikning diqqat markazida bo’lishni sevadi; 
ko’pincha nisbatan yosh; yuqori haydovchilik mahoratiga egaman deb o’ylaydi; 
yurish yo’sini - tajovuzkor.
Kul rang (har xil tuslarda) - egasi haqiqiy mahoratli haydovchi, vazmin, 
tinch, ochiq, nihoyatda oqilona, boshlangan ishini oxirigacha yetkazadi.
Havorang, «dengiz to’lqini» - egasi o’zining hayotidan mamnun, keraklicha 
kirishimli, lekin bir oz odamovi, olijanob, xushmuomalali.
Kumush rang - egasi hazilga munosabati keskin, ko’p odamlar uni sirli deb 
hisoblaydilar.
To’q yashil - egasida doimo yaxshi kayfiyatli, u muloyim va tartibli inson, 
o’zini baxtli sezadi.
Sariq, oltinsimon - egasi ishonchli va pul bilan murojaat qilishga biladi, 
notanish vaziyatlarda poylashga afzal ko’radi.
Agarda yuqorida keltirilgan, avtomobilning rangini uning egasini tabiatiga 
bog’liqligi to’g’ri deb hisoblansa, ma’lum teskari bog’liqlik mavjudligini ham 


52 
e’tiborga olish kerak: qip-qizil yengil avtomobilning haydovchisi, agarda, to’q 
kulrang yengil avtomobilini yoki ayniqsa, ancha sekin yuradigan yuk 
avtomobilini haydayotgan bo’lsa, harakatning boshqa qatnashuvchilarga nisbatan 
o’zini boshqacha tutadi. 
Maxsus vazifadagi avtomobillar (yong’in o’chiruvchi, tibbiy tez yordam va 
boshqalar) boshqaruvchi hujjatlar bilan belgilangan maxsus rangga ega 
bo’ladilar.
Sutkaning qorong’i vaqtida asosiy signal vazifalarini tashqi yoritish 
asboblari va avtomobil yoki traktorning yorug’lik orqali signallash tizimi bilan 
bajariladi. Bunda tashqi yoritish ikkitani vazifani bajaradi: haydovchiga 
manzarani ko’rishni ta’minlaydi va transport vositasini harakatning boshqa 
qatnashuvchilari uchun ko’rinadigan qiladi. Birinchi vazifani bajarilish uchun - 
yoritish faralari, ikkinchisi uchun - fonarlar va passiv yorug’lik-signal qurilmalari 
(yorug’lik qaytargichlar, katafotlar) xizmat qiladi.
Standartda (GOST R41.48-99 (EEK BMT № 48 qoidasi)) yo’lni yoritish va 
yo’l harakatining boshqa qatnashuvchilariga yorug’lik signallari berish uchun 
qurilmalar “chirog’lar” deb ataladi. 
Chirog’lar joylashishi, vertikal va gorizontal yo’nalishlarda ko’rinish 
burchaklari, rangi bilan ta’riflanadi. Geometrik ko’rinish burchaklari deganda, 
chirog’ning yuzasi ko’zga ko’rinishi uchun kerak bo’ladigan eng kam fazoviy 
burchak sohasini aniqlaydigan burchaklarni tushuniladi. 
Avtomobilning oldingi qismida joylashtirilgan chirog’lar 6.4- rasmda 
ko’rsatilgan.

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish