Tavsiya etiladigan tariflar:
-Tijoriy ekvayring uchun to‘lov – 0,2%gacha;
- Interchendj (IRF) – 0,06% gacha;
-Internet ekvayring uchun to‘lov – 1%gacha;
- P2P o‘tkazmalar uchun to‘lov – tizim ichida 0,5%gacha;
- Naqd pul olish uchun ustama – 1%gacha;
12.4. Raqamli banking tizimi texnologiyasi
Hozirgi kunda jahon moliya-bank tizimida birinchi navbatda,
raqamli iqtisodiyotning elektron to‘lov tizimlari, kriptovalyutalar va
vositachilarsiz kreditlash kabi elementlarning bozordagi ulushi shiddatli
o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lgan inqilobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda.
Birinchi navbatda, mobil to‘lovlar (
2010-yildan 2016-yilgacha har yili
qariyb ikki baravar o‘sgan
) va bir-birini (
peer-to-peer – P2P
) kreditlash
(
oxirgi 3 yil ichida AQSHda 15 baravar o‘sgan va 2015-yil aylanmasi
$78 mlrd dollarga yetgan
) hajmining tez o‘sishi kuzatiladi. Ma’lumki,
an’anaviy
faoliyat
sohalaridan
farqli
ravishda,
internet-
185
kompaniyalarning bozor bahosi hech qanday moddiy asosga ega emas
va kompaniya qanchalik ko‘p foydali ma’lumotlar to‘plagan bo‘lsa,
mahsulot (
yoki xizmat
) ishlab chiqarish shunchalik arzonlashadi. Hozirgi
kunda o‘zining ofislari va bankomatlariga ega bo‘lmagan raqamli
banklar va moliyaviy muassasalar sonining jadal sur’atlar bilan o‘sishi
kuzatilmoqda. Raqamli banklarning (
digital
banking
) asosiy
konsepsiyalari qatoriga mijozlarga yo‘naltirilganlik, konsortsium
konseptsiyasidan raqamli banking konseptsiyasiga o‘tish,
CRM
(
Customer Relationship Management
)ning rivojlanishi, mijozlarga
bo‘lgan ishonchning o‘sishi, takliflarni shaxsiylashtirish va
harakatchanlik xususiyati kiradi. Raqamli banklar xizmatlari zamonaviy
insonlar hayot faoliyatining barcha sohalariga, birinchi navbatda, mobil
qurilmalar, ijtimoiy tarmoqlar, axborot servislari, elektron tijorat,
internet-savdo va boshqalarga kirib borishda kuzatiladi. Raqamli bank
o‘z mijozlariga raqamli kanallardan foydalangan holda turli xildagi
raqamli ko‘rinishdagi mahsulot va xizmatlarni taklif qiladi. Bunday
bank
infratuzilmasi
raqamli
kommunikatsiyalar
uchun
optimallashtirilgan bo‘lib, hozircha raqamli texnologiyalarning tez
almashinuviga unchalik tayyor emas. Bunday banklarning asosiy
vazifalari qatoriga mijozning hisobraqamlari holati va amalga oshirilgan
operatsiyalar haqida uni tezkorlik bilan xabardor qilish, uning uchun eng
yaqin bo‘lgan bank bo‘linmasi, bankomat, almashinuv punkti yoki
avtokiosk izlab topish kiradi. Bundan tashqari, raqamli bank o‘z
mijozlariga shunday onlayn-servis taqdim etishi lozimki, u barcha
platformalarda ishlay olsin va o‘z faoliyatini asosan mobil qurilmalarga
yo‘naltirilsin. Banking raqamli modelini takomillashtirishning yettita
asosiy yo‘nalishini ko‘rsatishimiz mumkin:
omnikanallik va foydalanuvchilar servislarini soddalashtirish;
axborotni boshqarishning yangi usullari va vositalarini ishlab
chiqish;
ochiq API tizimidan foydalanish;
moliyaviy-texnik kompaniyalari bilan hamkorlik va raqobat;
mobil to‘lovlarning rivojlanishi;
banking sohasidagi innovatsiyalarni boshqarish strategiyasini
ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish;
faoliyatni innovatsion tartibga solishni amalga oshirish
.
Raqamli xizmat ko‘rsatishga to‘la-to‘kis o‘tish nafaqat banklarga,
balki xilma-xil bank xizmatlaridan tezkor va qulay tarzda foydalana
186
oladigan iste’molchilarga ham foyda keltiradi (
masalan, harajatlarning
pasayishi, muloqot doirasini qamrab olish imkoniyati,
moslashuvchanlik, mijozni yaxshiroq bilish
). Respublika bank tizimida
zamonaviy AKT dasturiy-texnik vositalariga asoslangan innovatsion
texnologiyalar faol joriy qilinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy bank Boshqarmasining bank tizimi faoliyati yakunlari
bo‘yicha kengaytirilgan majlisida qayd etilishicha, moliya xizmatlari
strukturasida bank xizmatlarining ulushi 88%ni tashkil qilgan va oldingi
yillar bilan taqqoslaganda 1,2 baravarga o‘sgan. Bundan tashqari, 2019-
yil uchun bank tizimi xizmatlari sonini kengaytirish va sifatini
yaxshilash,
bu
sohaga
zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini jadal joriy qilish bo‘yicha muayyan vazifalar belgilab
berilgan. Respublikada masofadan turib ko‘rsatiladigan bank
xizmatlaridan muntazam foydalanadigan mijozlar ulushi ko‘plab qulay
omillar tufayli og‘ishmay o‘smoqda. Aholining moliyaviy savodxonlik
darajasi pastligi va naqdsiz hisob-kitoblarga ishonmaslik bank xizmatlari
ko‘rsatishning raqamli kanallari tez tarqalishiga to‘sqinlik qilayapti.
Shuningdek, ta’kidlash joizki, banklarning raqamli xizmatlarga o‘tishi
uzoq muddatli va serxarajat, aksiyadorlarlar tomonidan faol qo‘llab-
quvvatlashni, katta miqdordagi mablag‘lar ajratishni talab qiladigan
jarayon hisoblanadi. Hozirgi kunda banklar o‘z mijozlariga bir qator
onlayn-xizmatlar va masofaviy bank xizmatlarini ko‘rsatmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki o‘z mijozlariga
quyidagi onlayn-xizmatlar taklif qilmoqda:
1) bank operatsiyalari haqida SMS orqali xabardor qilish;
2) amalga oshirilgan amallar to‘g‘risida elektron pochta (
e-mail
)
orqali xabardor qilish;
3) mijozlar uchun personal
IVR
-kabinet tashkil qilish.
Mijozlarga masofaviy bank xizmatlari ko‘rsatish va onlayn-
xizmatlar taklif qilish amaliyotining ko‘rsatishicha, mahalliy banklar
cheklangan turdagi onlayn-xizmatlar taklif qilmoqda, shuningdek, bank
faoliyatini iste’molchilar talablariga nisbatan ommalashtirish jarayoni
juda sekinlik bilan ro‘y bermoqda. Agar mahalliy banklar raqamli
kanallar bo‘yicha xilma-xil moliyaviy xizmatlar taqdim etadigan bo‘lsa,
iste’molchilar bank servislaridan istalgan vaqtda va istalgan joyda
foydalanish imkoniga ega bo‘lgan bo‘lar edilar. Mijozlarga masofaviy
bank xizmatlari ko‘rsatish va onlayn-xizmatlar ko‘rsatishni rivojlantirish
maqsadida quyidagi choralar ko‘rish taklif etiladi:
1) yangi texnologiyalar yordamida banklar bilan iste’molchilar
187
o‘rtasidagi masofani qisqartirish;
2) mijozlar bilan interfaol usulda ishlagan holda bank servislarini
muntazam maslahat asosida tashkil qilish va rivojlantirish;
3) an’anaviy banklar va professional tashkilotlar o‘rtasida raqamli
texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha kollaborativ munosabatlar ishlab
chiqish va ularni hayotga tadbiq etish;
4) mijozlarni bank operatsiyalari o‘tkazishda yangi raqamli
texnologiyalardan foydalanishga jalb qilish.
Respublikamiz bank tizimi resurs salohiyatini oshirish va “
raqamli
banking
”ni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishda
quyidagi yo‘nalishlarda islohotlarni faollashtirish maqsadga muvofiq
bo‘ladi:
respublikamiz bank sektorida asta-sekinlik bian davlatning
monopolistik ta’sirini kamaytirib borish va tijorat banklarining bozor
institutlari sifatidagi mustaqilligini ta’minlash;
mamlakatimiz bank tizimiga xorijiy kapitalni faol jalb qilish, chet
el banklarining turli ko‘runishdagi filiallarini ochishni rag‘batlantirish;
bank tizimida zamonaviy raqamli axborot texnologiyalarini keng
qo‘llash, internet sifati va tezligini oshirib borish, bank infratuzilmasini
yanada rivojlantirish;
tijorat banklari o‘rtasida erkin raqobatni ta’minlash, nobank kredit
tashkilotlarini rivojlantirish orqali moliya bozorida raqobat muhitini
shakllantirish;
“raqamli bank” tizimini shakllantirishda muhim omil bo‘lgan
zamonaviy bilimga ega dasturchi-moliyachi kadrlarni raqamli
iqtisodiyot sharoitlarida ishlashga tayyorlash va qayta tayyorlash
tizimini yanada takomillashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |