Tosnkent moliya instituti u. K. Yakubov, yo. S. Ilxamova, M. I. Azizova elektron tijorat



Download 3,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/121
Sana20.07.2022
Hajmi3,75 Mb.
#828901
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   121
Bog'liq
amaliy ish\'

 
Nazorat savollari: 
1. Internet magazin, internet maydon, internet auksion, internet 
birjalar deganda nimani tushunasiz? 
2.
Raqamli magazinni tashkil qilish tamoyillari ifodalab bering. 
3.
Kraudsorsing va kraudfonding platformalarni qanday izohlaysiz? 
4.
Virtual do‘kon orqali qanday savdo qilinadi? 
5.
Xorijiy mamlakatlarda internet do‘konlarining ishlash texnologiyasi 
 
 
 
 
 
 
 


174 
12-BOB. ELEKTRON TIJORATDA ELEKTON 
TO‘LOV TIZIMI 
 
12.1. Elektron to‘lov tizimlari haqida tushuncha 
 
Elektron to‘lov tizimlari nima? Virtual to‘lov tizimlari Internet 
orqali xizmatlar uchun haq to‘lash uchun mo‘ljallangan. Chunki pul 
tezda hisob raqamiga o‘tkaziladi, bu usul katta kompaniyalar, mobil 
aloqa operatorlari, banklar va boshqalar tomonidan ishlatiladi. To‘lov 
sxemasi bo‘yicha ular quyidagilarga bo‘linadi: kredit (kredit kartalari 
bilan ishlash); debitorlik (raqamli pul va cheklar bilan ishlash). Elektron 
valyutalar iqtisodchilar va oddiy Internet foydalanuvchilar tomonidan
“Elektron pul” yoki “EPS” deb yuritiladi. Tizimda naqd pul emas, balki 
virtual valyutani aylanadi. Odamlar pulni tezda bir puldan boshqasiga 
o‘tkazadilar. Bugungi kunda Internetda to‘lov tizimlaridan foydalanish 
oddiy holga aylandi, har bir kishi pul mablag‘lari va naqdsiz 
mablag‘larini elektron moliyaviy vositalarga har doim almashtirish 
imkoniyatiga ega. 
Bir necha yillar muqaddam Internet tarmog‘idan asosan 
ma’lumotlarni pochta orqali ma’lumot almashinuvi va fayllarni 
uzatishda foydalanilgan xolos. So‘nggi yillarda axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari Internetni rivojlangan global axborot tizimiga aylantirdi. 
Bu tizim bir qancha axborot markazlarini birlashtirdi, jahon 
kutubxonasi, ilmiy va huquqiy axborotlar bazasi, ko‘pgina davlat va 
tijorat tashkilotlari, birja va banklarni o‘z ichiga oldi. Ixtiyoriy tashkilot 
o‘zining www internetga ma’lumot abonentlik punktini ochib, butun 
dunyoga o‘z ma’lumotini tarqatishi mumkin. 
Katta qiziqish uyg‘otayotgan soha – bu elektron tijoratdir. Bank 
kartasi orqali xarid qilish soni buyurtmalar tizimini yaratish bilan olib 
boradi. Internet katta bozor hisoblanib, yer sharidagi barcha aholini jalb 
qilishi mumkin. Ochiq kompyuter Internet tarmog‘idan foydalanish, 
ma’lumot olish, taklif va xizmatlar uchun haq to‘lash, mahsulot sotib 
olish va hisob kitob qilish imkonini beradi. 
Savdo-sotiq kelishuvlari odatdagi bozor usulidan xaridorga qulay 
bo‘lgan uy yoki ofisdan foydalanishga o‘tib bormoqda. Shuning uchun 
ham dastur va qurilma vositalarini yaratuvchi, savdo va moliya 
tashkilotlari internetda tijorat faoliyatini olib borishda savdoning turli 
ko‘rinish va usullariga e’tiborni qaratmoqdalar, shu bilan birga elektron 
savdoda xavfsizlikni ta’minlash muhimdir. 


175 
Bugungi kunga kelib bank xizmati, savdo kelishuvlari va o‘zaro 
to‘lovidan va o‘zaro to‘lovlarni amalga oshirish jarayonida hisob kitobni 
plastik kartalar orqali bajarish ommaviy tus olmoqda. Bu o‘zining 
ishonchliligi va qulayligi bilan e’tibor qozondi. 
Elektron to‘lov tizimi – to‘lov vositasi sifatida bank plastik 
kartalaridan foydalanishni ta’minlovchi usullar to‘plamidir. 
Plastik karta har bir shaxsning to‘lov vositasi hisoblanib, 
foydalanuvchiga naqd pulsiz mahsulot olish va xizmat haqini to‘lash 
imkonini beradi. Shuningdek zarur bo‘lganda bank avtomatlari va 
bo‘linmalaridan naqd pul olishi ham mumkin. Savdo va servis xizmati 
ko‘rsatish korxonalari va bank bo‘limlari to‘lov vositasi sifatida kartani 
qabul qiluvchilari hisoblanib, karta xizmatini o‘tovchi nuqtalari qabul 
qilish tizimini tashkil etadi. 
To‘lov tizimini yaratishda xizmat ko‘rsatish kartasi qoidalariga 
rioya etish zarur. By qoidalarga savdo-sotiq jarayonining texnik 
jihatlariga, amortizatsiya holati, qurilmadan foydalanish hususiyatlari, 
savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari hisob kitoblari, banklararo hisob 
kitob qilish qoidalari e’tiborga olinadi. Tashkiliy nuqtai nazardan to‘lov 
tizimining asosi sifatida bank assotsiatsiyalari hisoblanib, kelishuv 
majburiyatlariga asoslanadi.
Elektron to‘lov tizimiga savdo va xizmat ko‘rsatish korxonasi 
kirib, xizmat ko‘rsatish tarmog‘i punktlarini tashkil etadi. To‘lov tizimi 
faoliyatini samarali kechishi uchun kartadan foydalanishni texnik 
jihatdan ta’minlash, kommunikatsiya markazlari, texnik xizmat 
ko‘rsatish markazi tashkil etilishi lozim. 
To‘lov tizimi bo‘yicha kelishuvga erishilgan bank va litsenziyaga 
ega bo‘lgan shaxs ko‘rinishida faoliyat yuritadi, bank emitent va bank 
ekvayer. Bank emitent plastik karta ishlab chiqaradi va moliyaviy 
majburiyatlarni, ya’ni plastik kartalardan to‘lov vositasi sifatida 
foydalanishni kafolatlaydi. Bank ekvayer korxona savdo va servis 
xizmatida hisob-kitobga kartalarni to‘lov vositasi sifatida qabul qiluvchi 
va o‘zining bo‘linmalari bankomatlari yordamida naqd pulga 
aylantirishlari mumkin. Bank-ekvayerning vazifasi moliyaviy 
operatsiyalar hisoblanib hisob-kitob va to‘lov punktlari xizmatini 
o‘taydi. 
Avtomatlashtirilgan holda karta yordamida to‘lov qabul qilish 
oddiy holda amalga oshriladi. Birinchi navbatda korxona kassiri plastik 
kartani haqiqiyligiga ishonch hosil qilishi kerak. To‘lov jarayonida 
korxona mijozning plastik kartasi ko‘rsatkichlarini maxsus chekga 


176 
o‘tkazadi. Chekga mahsulot sotib olingan va ko‘rsatilgan xizmat haqi 
uchun summa kiritiladi va mijoz imzo chekadi. Bu usuldagi 
rasmiylashtirilgan chek “slip” deb yuritiladi. 
Katta miqdordagi to‘lov xizmatlarida xavfsizlikni ta’minlash 
zarurati tug‘iladi. Mijozning kimligiga gumon tug‘ilganda 
“avtorlashtirish amalini” qo‘llaydi. Bunda korxona mijozning hisob 
raqami holati haqida ma’lumoti va kartaning mijozga tegishli ekanligi 
haqida, uning to‘lovni amalga oshirish qobiliyati bor yo‘qligi haqida 
ma’lumotga ega bo‘ladi. “Slip”ning bir nusxasi korxonada qoladi, bir 
nusxa bank-ekvayerga beriladi, u esa mijoz hisobidan korxona hisobiga 
to‘lov miqdorini o‘tkazadi. 

Download 3,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish