Tosnkent moliya instituti u. K. Yakubov, yo. S. Ilxamova, M. I. Azizova elektron tijorat



Download 3,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/121
Sana20.07.2022
Hajmi3,75 Mb.
#828901
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   121
Bog'liq
amaliy ish\'

12.2. Elektron to‘lovlar texnologiyasi 
So‘nggi yillarda avtomatlashtirilgan savdo POS-terminali (Point-
of-sale) sotuv joyida to‘lovni amalga oshirish uchun va bankomatlar 
keng qo‘llanila boshlandi. POS-terminalidan foydalanganda “slip”larni 
to‘ldirish shart emas. Plastik karta ko‘rsatkichlari uning magnitli yo‘li 
orqali POS terminali o‘qitiladigan joyiga qo‘yish bilan o‘qiladi. Mijoz 
terminalga faqat o‘ziga ayon bo‘lgan shaxsiy identifikatsiya raqami PIN-
kodi (Personal-Identification Number)ni kiritadi. 
PIN - kodi plastik kartaning magnitli yo‘liga algoritm bo‘yicha 
karta egasining elektron imzosini ifodalaydigan raqam yoziladi. POS-
terminaliga klaviaturadan kelishuvdagi summa teriladi. Agar kelishuv 
bank bo‘limlarida amalga oshirilsa, mijozga naqd pul berilsa, u holda 
bank POS-terminalidan tashqari elektron kassir bankomat ham ishtirok 
etishi lozim. 
Terminal o‘rnatilgan modem orqali tegishli to‘lov tizimi orqali 
avtorlashtirishga murojaat qiladi. Bunda u protsessing markazi 
quvvatidan foydalaniladi, sotuvchiga ekvayer banki yordamida xizmat 
ko‘rsatiladi. Protsessing markazi maxsus xizmatni tashkil etib, bank-
ekvayerdan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtorlashtirish buyurtmasi xizmati va 
plastik karta va naqd pul berish jarayonida belgilangan ma’lumotlarni 
tranzaksiya etish bayonnomasini tayyorlaydi. Buning uchun protsessing 
markazi ma’lumotlar bazasiga ega bo‘lib, unda to‘lov tizimi bank 
a’zolari va plastik karta egalari haqidagi ma’lumotlar saqlanadi. 
Bank-ekvayer tomonidan o‘z vazifasini bajarish, bank-emitent 
tomonidan hisob kitob amalini bajarilishiga olib keladi. Har bir bank-
ekvayer, bank-emitentlar to‘lov kartalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish 


177 
joylariga pul o‘tkazadi. Shuning uchun ham bank emitentlari tomonidan 
tegishli mablag‘lar bank-ekvayerlariga uzatiladi. Emitent va ekvayerlar 
orasidagi o‘zaro hisob-kitob to‘lov tizimidagi hisob-kitob bankining 
xizmati bilan amalga oshiriladi. Bunda bank a’zolari o‘zining 
korrespondent hisob raqamiga ega bo‘ladi. 
Tijorat shartnomalarining oxirgi bosqichi davlatda yuritilayotgan 
to‘lov tizimlaridan biri asosida hisob-kitob qilish bilan yakunlanadi.
Bunday to‘lov tizimlarini – to‘lov tizimlari texnologiyasining 
tasnifi deyiladi. Haqiqatda ishlayotgan tizimlar ko‘pincha yuqorida aytib 
o‘tilgan mexanizmlarni har xil kombinatsiyada ishlatishadi. 
Kreditli sxemalar ishlatish bilan amalga oshiriladigan to‘lov 
tizimlari. 
Kredit kartochkalarini to‘lov vositasida ishlatadigan tizimlar 
hozirgi vaqtda dunyo miqyosidagi to‘lov tizimlari orasida eng yuqori 
o‘rinda turadi. Internetda hisob - kitobga plastik kartochkalar 
ishlatishning yutug‘i ularning ko‘p jihatdan an’anaviy to‘lov tizimlari 
bilan o‘xshashligidandir. Bunday holatda Internet ma’lumot uzatishning 
axborot xavfsizligini ta’minlash texnologiyalari bilan amalga oshirishda 
ishlatiladi. 
Bunday tizimlarga Cyber Cash, Open Market, Fist Virtual va 
boshqa bir qator to‘lov tizimlari kiradi. SSL protokoli bilan bir qatorda 
shu kabi tizimlarda axborot almashinuvida ma’lumot uzatishning SET 
protokoli (Secure Electronic Transaction) ishlatiladi va u kredit 
kartochkalari raqamlarini ishonchli himoyalashni ta’minlaydi. 
SET spetsifikatsiyasi (MasterCard va Visa, Netssare, IVM, Verisign 
yordami bilan ishlab chiqarilgan) - kreditli karta ishlatishda tovarlarning 
narxini to‘lashning eng xavfsiz yo‘llaridan biri. 
SET spetsifikatsiyasi asosida ommaviy kalit va raqamli sertifikatlar 
bilan ishlatish kriptografiyasi yotadi. 
SET protokoli iste’molchining o‘g‘irlangan yoki soxta kartochkalar 
bilan bo‘ladigan bezoriliklardan himoya qiladi. SETning bugungi kunda 
kamchiligi, bu uning ishtirokchilari o‘zlarida maxsus dasturiy ta’minot 
o‘rnatishlari keragidir, bu esa ma’lum investitsiyalar talab qiladi. 
Bundan tashqari, oxirgi vaqtlarda o‘tkazilgan testlarga muvofiq 
tranzaksiyalarning shifrlash operatsiyasi tufayli yetarlicha tez 
ishlatilayotgani haqida fikrlar yetkazildi.
Shunga qaramasdan, SET protokoli Internetning elektron tijorat 
kelajagi sifatida qaralmoqda. SET protokoli haqida to‘liq ma’lumotni 
quyidagi adres bilan olish mumkin: http://www.emoney.ru/publish. 


178 
Iste’molchi nuqtai nazaridan qaraganda kredit tizimining asosiy 
kamchiliklari quyidagi holatlarda kuzatiladi: 

tranzaksiya o‘tkazishga xarajatlarni ko‘paytiruvchi mijozning 
to‘lov qobiliyatini tekshirish va kartochkaning avtorizatsiyasini 
tekshirish zarurati. Chunki har bir tranzaksiyaga kartochka emitenti 
tranzaksiya summasidan 1,5 - 3% oladi, lekin u 20% dan oshmaydi. Aks 
holda esa, tovarlar to‘lovini quyi diapazonda o‘tkazish hech qanday 
samara bermaydi; 

anonimning yo‘qligi, savdo tizimlari tomonidan majburiy servis; 

kredit, kartochkada ishlovchy elketron do‘konlar sonining 
cheklanganligi; 

kredit hisobi ochishning kerakligi; 

“kartochka ma’lumotlarini tarmoqda uzatish” kompleksi. 
Debit tizimi (Net Cash, Net Vill va boshqalar) chek yoki naqd 
pullarning raqamli ekvivalentini ishlatishga asoslangan. Debitli sxemalar 
ishlatish bilan amalga oshiriladigan to‘lov tizimlari. Bunda raqamli naqd 
pulga asoslangan debit tizimi 3-shaxs tomonidan tasdiqlashni talab 
qilmaydi, ularni ishlatish bahosi (narxi) “0”ga intiladi, ya’ni buni mikro 
to‘lovlarda ishlatish qulay. 
Misol sifatida Net Cashni ko‘rib chiqamiz. Bu tizim 1994-yildan 
buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda va ishlatishga juda qulay. Potensial 
xaridor avval Net Bankda kupon sotib olishi kerak. Buning uchun u 
pochta dasturi yordamida yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri Net Cash Web– saytida 
so‘rovnoma orqali o‘n beshtali kupon oladi va uni sotuvchiga tovar yoki 
xizmatga almashish uchun jo‘natadi. 
Net Cash shifrlashni ishlatmaydi va Web-brauzerlarning qurilgan 
imkoniyatlari va xatlarni shifrlashning boshqa tizimlariga tayanadi. 
Nazariy jihatdan olib qaraganda, kupon boshqa odamlarning imzosiga 
tushib qolishi va undan asl mijozgacha foydalanishi mumkin. 
Mijoz sotuvchiga hamisha noma’lum bo‘lib qolaveradi. Shuning 
uchun bunday tizimni anonim deyish mumkin. Net Cash tizimi to‘lov 
havfsizligi yetarlicha darajada bo‘lmasa ham, oddiy va keng tarqalgan. 
Net Cashda boshlang‘ich to‘lov 19,95 $ miqdorida belgilanib, Net 
Bankda hisob raqami ochilishi kerak. 
Mijoz kupon olayotganida 2% to‘laydi (minimum 2 $), sotuvchi Net 
Bankga qaytarib berayotganda 2% (minimum 4 $) miqdorida to‘laydi. 
Bu haqida to‘liq ma’lumotni quyidagi manzil bo‘yicha olish mumkin: 


179 
http://www.netcash.ru/, http://netbill.ru/. 

Download 3,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish