Kirish I. bob. Elektron to`lov xizmatlari 1 Elektron to`lov turlari



Download 0.98 Mb.
bet1/6
Sana21.01.2020
Hajmi0.98 Mb.
  1   2   3   4   5   6
CLICK TIZMIDA ISHLASH TEXNOLOGIYASI

Reja:


Kirish

I.bob. Elektron to`lov xizmatlari

1.1 Elektron to`lov turlari

1.2 O`zbekistonda elektron to`lov turlari



II.bob. Click tizmi

2.1 Click tizimi ishlashi

2.2 Click elektron tizmi texnologiyasi

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

Tizim ta'rifi va imkoniyatlari



"CLICK" tizimi – bu mobil banking tizimi boʻlib, jismoniy shaxslarga mobil telefon orqali (USSD\SMS-portal yordamida) yoki Internet orqali (Web\Web-mobile vositasida) uyali aloqa operatorlari, internet-provayderlar xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirish; boshqa jimsoniy shaxslarga, savdo-servis korxonalariga (supermarket, restoran va kinoteatrlarda toʻlovlar) pul mablagʻlarini oʻtkazish; bevosita oʻz bank hisoblaridan internet-magazinlardan onlayn-xaridlarni amalga oshirish imkoniyatini beradi. "CLICK" tizimi orqali toʻlovlarni ikki hil usul bilan amalga oshirish mumkin: birinchisi Internet-sayt orqali, ikkinchisi esa depozit hisob yoki plastik karta hisobi bilan bogʻlangan mobil telefondan USSD-soʻrovnoma(Unstructured Supplementary Services Data - Strukturasiz Qo'shimcha Xizmatlar Ma'lumotlari) yordamida. (https://my.click.uz, https://m.click.uz) Internet-sayt orqali toʻlov bevosita hisobdan onlayn rejimda kerakli mahsulot va xizmatlarni tanlash yoʻli bilan amalga oshiriladi; Mobil telefon orqali toʻlov (*880# qisqa raqamiga) USSD-soʻrov yordamida amalga oshiriladi. Mazkur texnologiya toʻlovlarni istalgan joyda va vaqtda yaqin atrofda internet bor-yoʻqligidan qat’iy nazar amalga oshirish imkoniyatini beradi.

"CLICK" tizimining asosiy imkoniyatlari:



  • Toʻlovlarni mobil telefon yoki Internet orqali bevosita jismoniy shaxslarning bank hisoblaridan naqd pul mablagʻlaridan foydalanmasdan amalga oshirish;

  • USSD/SMS/WEB – portal yordamida taqdim qilingan hisoblarni boshqarish;

  • CLICK tizimining boshqa foydalanuvchilariga pul mablagʻlarini oʻtkazish;

  • Hisobdan hisobga pul mablagʻlarini oʻtkazish;

  • Balansni doimiy ravishda ishchi holatda ushlab turuvchi, «Avtotoʻlov» xizmatini aktivlashtirish imkoniyati;

  • Toʻlovlar tarixini koʻrish;

  • Bank hisoblari qoldigʻini onlayn tartibda tekshirish;

  • Hisob rekvizitlarini olish;

  • Bank hisoblari boʻyicha SMS-xabarnomalar;

  • CLICK – hisobdan kreditni toʻlash va koʻpgina boshqa imkoniyatlar.

Bizning asosiy afzalliklarimiz deb quyidagilar hisoblanadi:

Hammaboplik. Manfiy balansda va internetdan foydalanmasdan USSD-soʻrovlarni yuborish imkoniyati tufayli foydalanuvchi raqami bloklangan boʻlsa ham, istagan paytda oʻz bank hisobvaragʻidan haq toʻlashi mumkin. Bunda tizimdan foydalanish uchun telefonda hech qanday dasturlarni oʻrnatish kerak emas: USSD-soʻrovlarni har qaysi mobil telefondan yuborish mumkin.

Yaqinlik. Bank filiallariga bormasdan va toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha yaqindagi shaxobcha yoki operatorlar toʻlovlarini qabul qilish va toʻlov tizimlari shaxobchalari qayerda joylashganligiga bosh qotirmay, balansni toʻldirish, oʻz bank hisobvaraqni boshqarish imkoniyati. Uydan chiqmasdan toʻlash imkoniyati. Butun toʻlov tizimi har bir abonentning choʻntagida.

Qulaylik.Tizimga ulanish uchun bankda maxsus hisobvaraqlarni ochish va mablagʻlarni boshqa depozitga qoʻyish talab qilinmaydi. Bizning tizimimiz jismoniy shaxsning mavjud boʻlgan har qaysi hisobiga oʻz raqamini “bogʻlab qoʻyish” imkonini beradi.

UZCARD onlaynni qanday qo’shish kerak?

Plastik kartani UZCARD-CLICK ka bog’lash uchun SMS-axborot xizmatiga ulangan telefondan talabnoma jo’natish lozim

*880*0* karta raqami*amal qilish muddati#

Karta raqami – bu Sizning plastik kartaningiz raqamidir. U kartada ko’rsatilgan va 16 ta belgidan iborat (bu raqamni oraliqlarsiz terish kerak)

Amal qilish muddati – bu karta amal qilish muddatining oxirgi sanasidir. U kartada ko’rsatilgan va “chiziqcha” orqali ajratilgan 4 ta sondan iborat (ushbu raqamni “chiziqcha” siz ko’rsatish lozim)

Shundan keyin tizim buyurtma qo’shish uchun qabul qilinganini bildiradi. Ro’yxatga olish amalga oshgan bo’lsa, SLISK tizimi SMS-xabar yo’llaydi va 15 daqiqa ichida UZCARD- CLICK xizmatining USSD-komandasini - *880# (chaqiruv tugmachasi) terishni va bundan keyin Siz o’z to’lovlaringizni tasdiqlaydigan g’aroyib CLICK -PIN kodni o’rnatishni so’raydi.



MUHIM! CLICK -PIN begona shaxslarga ma’lum bo’lmasligi, biroq o’zingiz uchun esda saqlashga qulay bo’lishi lozim.

Shuningdek, USSD-menyuga birinchi marta kirish vaqtida CLICK tizimi Sizga tilni tanlashni taklif etadi va Sizning shartlar hamda tariflarga roziligingizni tasdiqlashni so’raydi. Tizim Sizning tanlovingizni esda saqlab qoladi va keyinchalik menyuni Siz tanlagan tilda aks ettiradi. Zarur hollarda tilni “Sozlashlar” bo’limida almashtirish mumkin.



Tabriklaymiz! Endi Siz UZCARD- CLICK foydalanuvchisi bo’ldingiz va to’lovlarni bevosita o’z telefoningiz orqali amalga oshirishingiz mumkin.

CLICK tizimiga ulanish va USSD-menyudan foydalanish bepuldir! CLICK belgili SMS-xabarlar ham bepul!

Plastik kartani UZCARD-CLICK dan qanday ajratish kerak:

Uzcard onlayn kartasini sliskdan ajratish uchun USSD talabnomasi orqali *880# (chaqiruv tugmachasi) terasiz >>>, sozlashlarda 4 band tanlaysiz >>> va yana bir marta 4 band tanlaysiz >>> 1 band tanlaysiz. Shundan keyin Sizning Uzcard onlayn kartangiz Click tizimidan ajratiladi.

Agar Sizda ikkita karta bo’lsa, asosiy hisobni tanlash lozim.

Buning uchun *880# (chaqiruv tugmachasi) terasiz >>>, sozlashlarda 4 bandni tanlaysiz >>> 3 band kartalarni boshqarish >>> 2 band asosiy hisob >>> 2 band to’lash uchun. Shundan keyin sizdagi sozlashlardagi menyuga 2 onlayn karta chiqadi, ulardan birini o’chirish uchun tanlashingiz lozim.

Hisobni to'ldirish usullari:

CLICK-hisob quyidagi usullardan biri bilan toʻldirilishi mumkin:


  • ish haqi, nafaqa, stipendiya, dividendlar va h.k. kabi kelib tushgan pul mablagʻlarni hisobvaraqqa oʻtkazish;

  • bank kassasi orqali naqd pul mablagʻlarni kiritish;

  • OʻzR biron-bir tijorat banklarida ochilgan oʻz bank hisobvaragʻidan pul mablagʻlarni oʻtkazish;

  • foydalanuvchining plastik kartasidan pul mablagʻlarni oʻtkazish.

"CLICK" – bu mobil internet-banking tizimi hisoblanib, u orqali mobil aloqa xizmatlari, internet-provayderlar, kommunal xizmatlar uchun to’lovlarni, shuningdek internet-do’konlaridan xaridlarni bevosita shaxsiy bank hisobidan yoki plastik kartochkasidan ustama haqisiz amalga oshirish imkonini beradi.

CLICK” – asosiy qulayliklar va ustunliklar:



  • Masofadan turib ustama haqisiz, tun-u kun  (24/7 rejimida) to’lovni amalga oshirish imkoniyati;

  • Mobil qurilmangizga maxsus dastur va ilovalarni o’rnatish ehtiyoji yo’qligi;

  • Salbiy balans paytida ham USSD-so’rov orqali to’lov qilish imkoniyatining mavjudligi;

  • Onlayn imkoniyatlar – bankdagi hisob qoldig’ini tekshirish va bank rekvizitlari haqidagi ma’lumotni qabul qilish;

  • Bank kartochkasi orqali amalga oshirilgan barcha operatsiyalar haqida SMS-xabarning kelishi;

  • Hisobdan hisobga pul mablag’larini ko’chirish, “CLICK”ning boshqa foydalanuvchilariga pul ko’chirish va boshqa ko’plab imkoniyatlar.

Ushbu tizim orqali barcha to’lovlar ikki xil usulda amalga oshiriladi:


  • USSD-menyu orqali: mobil telefondan *880# qisqa raqamini teriladi

  • Internet orqali (interfeysi orqali https://my.click.uz, https://m.click.uz);

Tizimga ulanish yo’llari:

Agar sizda O’zbeksiton Respublikasidagi istalgan bankning UZCARD-Online plastik kartochkasi bo’lsa, unda “CLICK” interfeysi orqali bevosita plastik kartochkangizdan to’lovni amalga oshirishingiz uchun infokioskga (bankomat) yoki bankka borib mobil telefoningizga “SMS-xabardor qilish” xizmatini yoqtirishingiz va plastik kartochkangizni UZCARD-CLICK tizimiga ulashingiz kerak.

Plastik kartochkani UZCARD-CLICK tizimiga ulash uchun “SMS-xabardor qilish” xizmati yoqilgan telefondan quyidagi so’rovni yuborish kerak:

*880*0*kartochka raqami*amal qilish muddati#


  • Kartochka raqami – bu Sizning plastik kartochkangiz raqami. Bu raqam kartochka yuzasida ko’rsatilgan va 16 belgidan tashkil topgan (ushbu raqamlarni probelsiz terish lozim).

  • Amal qilish muddati – kartochkaning amal qilish sanasi. Ushbu muddat kartochkada ko’rsatilgan va 4 ta belgidan iborat.

Masalan, *880*0*8600000000000001*1216#

SMS-xabardor qilish” xizmati bepul hisoblanadi. “UZCARD” yoki “880” nomi orqali kiruvchi har bir SMS-xabar uchun uyali aloqa operatori balansingizdan 0,005$ ushlab qoladi. “CLICK” nomi orqali kiruvchi SMS-xabar tariflanmaydi, USSD-menyudan foydalanish bepul.



Shundan so’ng tizim PIN-kod terishni taklif etadi*. Kelgusida UZCARD-CLICK orqali to’lov qilish jarayonida to’lovlarni ushbu Click-PIN-kod orqali tasdiqlashingiz kerak bo’ladi. Operatsiya yakuniga yetganidan keyin SMS-xabar orqali o’zingizning so’rovingiz holati haqida ma’lumot qabul qilasiz.USSD-menyuga ilk marta tashrif paytida UZCARD-CLICK tizimi til tanlashni taklif qiladi hamda xizmat ko’rsatish shartlariga rozi ekanligingizni tasdiqlashingizni so’raydi.

Endilikda Siz UZCARD-CLICK tizimi foydalanuvchisi bo’ldingiz va bevosita plastik kartochkangizdan USSD-menyu orqali *880#

*Примечание: этот PIN-код может отличаться от PIN-кода, установленного на Вашей пластиковой карте. *Eslatma: ushbu PIN-kod plastik kartochkangizdagi PIN-koddan farq qiladi. Yana shuni yodda tutingki, PIN-kod uchinchi shaxslarga ma’lum bo’lmasligi kerak, ayni paytda o’zingizga oson esda qolarli ham bo’lishi maqsadga muvofiq.

2.Agar sizda plastik kartochka bo’lmasa yoki siz DUET plastik kartochkasining egasi bo’lsangiz, unda istalgan bankka pasportingizning asl nusxasini eltib sistamadan ro’yxatdan o’tishingiz mumkin. CLICK tizimiga ulanish bo’yicha banklar ro’yxati bilan www.click.uz. Saytida tanishib chiqishingiz mumkin.

CLICK tizimiga ulanish bepul amalga oshiriladiTo’lov paytida ustama haqi olinmaydi!

Tizim haqida batafsil ma’lumot www.click.uz saytida. www.click.uz



CLICK” markazining kontakt telefoni: +998 (71) 231-08-80 

  • TEXNOPROSISTEM xizmatining Click orqali to’lov ketma-ketligi:

  • USSD-menyu orqali to’lov

  • CLICK dan USSD-menyu orqali TPS xizmatlari uchun to’lovni amalga oshirish uchun mobil telefoningizdan (*880# raqamini terib chaqiruv tugmasini bosish kerak  ).

  • Tizimda ishlash uchun belgilar haqidagi qo’shimcha ma’lumot:

  •  0> Orqaga

  •  #> Bekor qilish



Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent axborot
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
umumiy o’rta
haqida umumiy
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat