Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar


Qorin tashqi churralari klassifikatsiyasi



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

Qorin tashqi churralari klassifikatsiyasi. 
A. Kelib chiqishiga ko’ra: 
I. Tug’ma churralar. 
II. Orttirilgan churralar. 
1. Zo’riqishdan bo’ladigan churralar. 
2. Darmonsizlikdan bo’ladigan churralar. 
3. Operatsiyadan keyingi churralar. 
4. Travmatik churralar. 
5. Patologik churralar. 
B. Anatomik joylashuviga ko’ra:
chov, son, kindik, epigastral, xanjarsimon 
o’siq churralari, qorinning yon churralari, bel, quymich, yopqich teshik, oraliq 
churralari. 
V. Klinik kechishiga ko’ra: 
1. Asoratlanmagan (to’g’rilanadigan) churralar. 


288 
2. Asoratlangan churralar (to’g’rilanmaydigan, qisilgan, koprostaz, churra 
yallig’lanishi). 
G. Rivojlanish bosqichlari bo’yicha: 
1. Noto’liq (boshlang’ich, kanal, urug’ tizimchasi churrasi). 
2. To’liq. 
Churraning tarkibiy elementlari — churra darvozasi, churra qopchasi, churra 
ichidagi narsa, churra pardalaridir
 (
118-rasm). 
118-rasm. Churra elementlari: 1-churra darvozasi, 2-churra tarkibi, 3-churra 
qopi 
Churra darvozalari — qorin devorining churra chiqadigan kuchsiz joylaridir 
(chov chuqurchasi, kindik halqasi, qorinning oq chizig’i,
diafragmadagi teshik). 
Normada bu teshiklar orqali u yoki bu anatomik tuzilmalar o’tadi (urug’ 
tizimchasi, bachadonning yumaloq, boylami, tomir-nerv dastalari va x, k.). 
Travmatik va operatsiyadan keyingi churralarda qorin shikastlanganda muskullar 
va aponevrozlarda yoki xirurgik operatsiyada hosil bo’lgan teshiklar churra 
darvozalari bo’lib xizmat qilishi mumkin. Churra darvozalari operatsiyadan 
keyingi vertikal churralarda yoriq ko’rinishida yoki katta o’lchamli bo’lishi 
mumkin. Darvozalarining o’lchamlariga ko’ra churra darvozasi kichik (diametrda 
2 sm gacha), darvozasi o’rtacha (2 dan 4 sm gacha) va churra darvozasi katta 
churralar (4 sm dan ko’p) farq qilinadi. 


289 
Churra darvozasi — qorin pardasining churra darvozalari orqali chiqadigan 
ichki organlarni qoplab turadigan pariyetal varag’idir. Tug’ma chov churralarida 
qorin pardasining o’sib yetilmagan qin o’simtasi (processus vaginalis peritonei) 
churra qopchasi bo’lib hisoblanadi. 
Churra qopchasida: og’zi,
bo’yinchasi, tanasi va tubi farq qilinadi. Churra 
xaltachasi turli o’lchamda va shaklda bo’lishi mumkin. 
Xaltacha qorin bo’shlig’i bilan tutashadigan joy og’zi deyiladi. Bo’yinchasi 
— churra xaltachasining og’zi bilan tutashadigan eng tor uchastkadir. Bo’yinchada 
aksariyat churra qisilishi ro’y beradi. 
Asoratlanmagan churralarda xaltacha devori qorin pardasining silliq 
yupqa varag’idan iborat bo’ladi, uning yuzasida yog’ qatlamlari bo’lishi ehtimol. 
Asoratlangan churrada xaltacha devori doimo shikastlanib turishi natijasida u qalin 
tortadi, biriktiruvchi to’qima rivojlanishi va xaltacha ichida bitishmalar borligi 
hisobiga dag’al bo’lib qoladi. Churra qopchasi ichki yuzasi xaltacha ichidagi narsa 
bilan yoki devorlarining bir-biri bilan bitib qolishi oqibatida churra 
to’g’rilanmaydigan bo’lib qoladi. 
Churra xaltachasining to’liq obliteratsiyasi deyarli bo’lmaydi. Aksariyat 
xaltacha ikki yoki uch bo’shliqli tuzilmaga aylanadi, yoki «qum soat» ko’rinishini 
oladi, uning devorida kistalar paydo bo’lmaydi. 
Churra xaltachasi embrional kindik churralarida bo’lmasligi mumkin, 
ulardagi tushgan ichki organlar amnion bilan qoplangan. «Sirpanuvchi» 
churralarda ham xaltachasi qisman bo’lmaydi. Bu qorin bo’shlig’idan tashqarida 
joylashgan organ (ko’richak, qovuq) chiqqanda va qorin pardasi yorilgan soxta 
travmatik churralarda kuzatiladi. N. V. Antelava ma’lumotlariga ko’ra 
sirpanuvchan churralar 4,6% xollarda uchraydi. 
Parda churralari churra bilan birga chiqadigan va churra xaltachasini 
qoplab oladigan qorin devorining hamma katlamlarini hosil qiladi. Ularga qorin 
pardasi oldidagi kletchatka, fassiya plastinkalari, muskul tolalari (masalan, m. 
cremaster), urug’ tizimchasi elementlari kiradi. 


290 
Churra xaltachasida qorin bo’shlig’idagi organlardan xar qaysisi bo’lishi 
mumkin. Ichki organlardan ayrimlari quyidagi tartibda uchraydi: 
a) ingichka ichak qovuzlog’i; b) charvi; v) ichak tutqich bilan ta’minlangan 
yo’g’on ichak bo’limlari; g) chuvalchangsimon o’simta va yo’g’on ichakning yog’ 
qo’shimchalari; d) bachadon naychalari va tuxumdon, ba’zan bachadon; ye) ichak 
tutqich; j) qorin pardasi bilan qoplangan organlar (siydik pufagi, chambar 
ichakning yuqoriga ko’tariluvchi va pastga tushuvchi bo’limi, ko’richak); z) qorin 
pardasi ortida joylashgan organlar (buyrak, siydik yo’li, me’da osti bezi, prostata 
bezi fiksatsiyasi buzilganda); i) me’da, taloq, o’t pufagi, Mekkel’ divertikuli. 
Bo’rtib chiqadigan xaltacha churra ichidagi organ va churra darvozalari 
vaziyati o’rtasidagi nisbatni hisobga olish amaliy jihatdan ahamiyatlidir. Xaltacha 
qorin devorining yuqorisiga kirgan, biroq uning qatlamlari orasiga surilib 
ulgurmagan boshlang’ich churra; kanal churrasi va teri ostiga o’tgan to’liq churra 
farq qilinadi. 
Ba’zan churra xaltachasi ayrim muskul va fassial qatlamlar orasidan oraliq 
yoki interstitsial churra ko’rinishida yo’l soladi, teri ostidan emas, balki muskul 
yoki aponevroz ostidan chiqadi. 

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish