OQMA YaRALAR
Oqma yara (fistula) deb odatda kuzatilmaydigan, bo‘shliqli a’zolar,
bo‘shliqlar yoki chuqur joylashgan to‘qimalarni tashqi muhit bilan yoki o‘zaro
bog‘lab turuvchi ingichka kanalga aytiladi. Oqma yaralar granulyasion to‘qima
yoki epiteliy bilan qoplangan bo‘ladi.
Oqma yaralarning sabablari:
yallig‘lanish jarayonlari (infeksiya), yot jismlar, to‘qimalarning shikastlanishi yoki
oziqlanishining buzilishi, o‘smalar, tug‘ma anomaliyalar.
Oqma yaralarning tasnifi.
283
Kelib chiqishiga ko‘ra quyidagi oqma yaralar tafovut qilinadi:
1. Tug‘ma oqma yaralar-bo‘yinning kistalari va oqma yaralari, kindik oqma
yaralari – uraxus (116-rasm).
116-rasm. Kindik oqma yaralari - uraxus
2. Orttirilgan oqma yaralar:
a) patologik: yallig‘lanish natijasidagi oqma yaralar – osteomielitdagi,
suyak-bo‘g‘im silidagi, ligaturalarda; posttravmatik – bronxial; onkologik
kasalliklarda rivojlanuvchi – oshqozon-chambarichak oqma yaralari;
b) sun’iy: xirurgik usulda qilingan oqma yaralar.
Joylashgan joyiga ko‘ra:
1. Tashqi. 2. Ichki.
Tashqi oqma yaralar ichki ya’zolarni, bo‘shliqlarni va chuqur joylashgan
to‘qimalarni tana yuzasi bilan bog‘laydi. (pararektal (117-rasm), bronxotorakal
oqma yaralar).
284
117-rasm.To‘g‘ri ichak oqma yarasi
Ichki oqma yaralar ikkala qo‘shni a’zolar yoki chuqur joylashgan patologik
bo‘shliq va a’zolar (oshqozon-ichak, bronxoplevral, bronxoezofageal) o‘rtasida
rivojlanadi.
Xarakteriga ko‘ra:
yiringli, siydikli, najasli, shilliq, so‘lakli, pankreatik,
safroli.
Tuzilishiga ko‘ra:
granulyasiyalanuvchi, epitelizatsiyalanuvchi, labsimon,
naysimon, to‘liq, qisman oqma yara.
Granulyasiyalanuvchi oqma yaralar, kanalning butun uzunligi bo‘ylab
granulyasion to‘qima bilan qoplangan bo‘lib, mustaqil ravishda yopilish ehtimoli
bor. Bunga esa yiringning turib qolishi, oqma yara yo‘li bo‘ylab doimiy ravishda
ajralma ajralib turishi, mikroblarning toksinlari xalaqit berishi mumkin. Oqma
yaralar atrof to‘qimalarida kimyoviy faol ajralmalar ta’sirlanish chiqirishi, ba’zan
esa to‘qimalarning parchalanib yaralar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Oqma yara yo‘li atrofida dag‘al chandiqli to‘qima qatlami rivojlanib mudrovchi
infeksiyaning saqlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Epitelizatsiyalanuvchi va
labsimon oqma yaralarda epiteliy bevosita atrof teri epidermisiga o‘tadi. Bunday
oqma yaralar esa hech qachon mustaqil ravishda yopilmaydi va ichki a’zolarning
bitta yo‘lagini esalatadi. Granulyasiyalanuvchi oqma yaralar ko‘pincha orttirilgan,
285
epitelizatsiyalanuvchi oqma yaralar – tug‘ma, labsimon oqma yaralar esa – sun’iy
bo‘ladi.
Klinik manzarasi.
Oqma yaralarning klinik manzarasi turli tuman bo‘ladi. Oqma
yaralarning ajralmasi atrof terini matseratsiya qilib ta’’sirlantiradi, hattoki
(oshqozon yoki ichak shiralari) hazm qilishi ham mumkin. Ajralmaning xarakteri
oqma yarani keltirib chiqargan patologik jarayonga va oqma yara kanali ulangan
a’zoga bog‘liq. Oqma yara ajralmalarida ko‘pincha patologik elementlar: sil
mikobakteriyalari, aktinomikoz druzalari, suyaklari va xavfli hujayralar) topilishi
mumkin va ular tashxis qo‘yishni osonlashtiradi. Agarda ajralma miqdori kamaysa
oqma yara yopiladi va bunda to‘qimalar orasida ekssudat to‘palanishi (retension
kistalar rivojlanish) xavfi paydo bo‘ladi. Superinfeksiya rivojlanish ehtimoli xavfni
yanada oshiradi.
Diagnostikasi
. Oqma yaraning yo‘nalishi va chuqurligini aniqlash uchun uni zond
yordamida tekshirish, fistuloskopiya yoki fistulografiya qilish lozim. Fistulografiya
uchun yodolipol va yodning suvda eruvchi vositalari (urotrast, verografin,
triambrast) ishlatiladi. Ularni oqma yara yo‘li orqali maxsus zond yoki shprits
yordamida rentgenkontrast modda yuborib rentgenologik tekshiriladi va oqma yara
yo‘lining yo‘nalishi va kontrastning to‘planish deposi ko‘riladi.
Davolash.
Tashqi oqma yaralarda: aseptik bog‘lamlar qo‘yish, granulyasiyalarni
kuydirish, fizioterapevtik muolajalar, teri matseratsiyasininng oldini olish, ruhli
malhamlar (sink malhami), Lassar pastasini quyish, maxsus najasni qabul qiladigan
idishlarni qo‘llash, yot jismlarni, ligaturalarni olib tashlash.
Bo‘shliqli a’zolar, oqma yaralarni xirurgik yo‘l bilan davolash: oqma yara shilliq
qavatini qirib olish, oqma yarani kesib olish, a’zolarni qisman rezeksiya qilish,
oqma yara yo‘li epitelial qoplamini to‘la olib tashlash, yiringli cho‘ntaklarni
sanatsiya qilish, oqma yaralarni ajratib olish a’zolardagi defektlarni tikish.
Ichak oqmalarida konservativ davo taktikasi
1. Oqma yaralarning shakllanishiga optimal sharoitlar yaratish: ichak saqlamalarini
qorin bo‘shlig‘iga tarqalishini oldini olish va jarayonning chegaralanishiga sharoit
yaratish, ichak saqlamalarini bemalol oqib chiqishiga sharoit yaratish, olib
286
keluvchi halqani dekompressiya qilish, faol aspiratsiya, drenaj naychalar o‘rnatish
va boshqalar.
2. Yo‘qotilgan moddalarni o‘rnini to‘ldirish va modda almashinuvi buzilishini
oldini olish: oqma orqali yo‘qotilgan ichak shirasini qaytarish, infuziyalar
(elektrolit eritmalari, uglevodlar, aminokislotalar, qon, plazma, vitaminlar va
boshqalar), parenteral oziqlantirish (infezol, selemin, selepid), enteral zond orqali
oziqlantirish.
Oqma yara qanchalik yuqori joylashgan bo‘lsa – foydali moddalarni yo‘qotish
shunchalik ko‘p bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |