Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

Tasnifi: 
Etiologiyasiga ko‘ra:
1. Spetsifik. 2. Nospetsifik. 
To‘qimalarning zararlanish darajasiga ko‘ra:
yuzaki, chuqur, butunlay. 
Klinik kechishiga ko‘ra:
quruq, xo‘l. 
Jarayonnning joylashishiga ko‘ra:
terida, teri osti kletchatkasida, mushaklarda, 
ingichka ichakda, o‘t pufagida, bachadonda. 
Nospetsifik gangrenalar
 
shikastlanishlar yoki qon tomirlar va to‘qimalarning uzoq 
vaqt siqilishi, kuyishlar, xirurgik infeksiyalar, trofik o‘zgarishlar (yotoq yaralar, 
yaralar), tromboz va emboliyalarning natijasida rivojlanadi.
Spetsifik gangrenalar
s
petsifik gangrenalar ateroskleroz, obliteratsiyalovchi 
endarterit, zaxm, endokrinologik kasalliklar – qandli diabet natijasida rivojlanadi. 


279 
Klinik manzarasining xususiyatlariga ko‘ra spetsifik gangrenalarning 
tarkibiga yana quyidagilar ham kiritiladi: aterosklerotik yoki keksalik gangrenasi, 
o‘spirinlik (yuvenil) yoki spontan gangrenasi, simmetrik gangrena. 
Quruq gangrena
 
ko‘pincha oyoq qo‘llarda kuzatiladi. U asosan qon aylanishi 
buzilishi sekin asta rivojlanib borayotgan ojizlangan, ayniqsa oyoq yoki qo‘llarga 
tashqi muhitning noqulay omillari ta’sir qilayotgan bemorlarda kuzatiladi. Quruq 
gangrenada to‘qimalar suvsizlanadi, quriydi va mumiyolanadi, dag‘allashib 
bujmayadi, jigarrang yoki ko‘kimtir qora rangga kiradi. Jarayon chegaralangan 
bo‘ladi va zo‘raymaydi. Gistologik nuqtai nazardan to‘qimalarda hujayra 
yadrolarning parchalanishi bilan, eritrotsitlar va leykotsitlarning parchalanishi, 
plazma oqsillarining ivishi ko‘rinishida koagulyasion nekroz rivojlanadi.
Klinik manzarasi.
 
Kasallikning boshlang‘ich bosqichlarida qo‘l oyoqlarning 
shikastlangan joyidan distal qismlarida kuchli ishemik og‘riqlar kuzatiladi. Qo‘l 
oyoqlar oqish bo‘lib, soviydi, terisi marmar rangga kira boshlaydi. Yuzaki va 
chuqur sezgi yo‘qolib, oyoq qo‘llarning faoliyati buziladi. Periferik arteriyalarda 
tomir urishi aniqlanmaydi. Agarda magistral tomirlarning shikastlanishi bilan bir 
vaqtning o‘zida kollateral tomirlarning spazmi kuzatilsa gangrena kattagina 
sohalarni egallaydi. Bunda tirik to‘qimalarni sog‘ to‘qimalardan ajratib turuvchi 
demarkatsion val rivojlanadi. O‘lik to‘qimalarning ko‘chishida demarkatsion 
chiziqda biriktiruvchi to‘qima hujayralari rivojlanadi, leykotsitlar to‘planib, 
granulyasiya shakllanadi. Tirik va o‘lik to‘qimalar orasidagi chegara toki o‘lik 
to‘qimalar ko‘chib tushmagunicha yanayam chuqurlashaveradi. Ko‘chib 
tushganidan keyin esa uzoq vaqtda tortiluvchi granulyasiyalanuvchi jarohat qoladi. 
Quruq gangrenada to‘qimalarning mumiyolanishi kuzatiladi. Toksik moddalarning 
so‘rilishi juda ham kam bo‘lganligi uchun organizmning intoksikatsiyasi 
kuzatilmaydi. Odatda bemorlarning umumiy ahvoli qoniqarli bo‘ladi. Agarda 
quruq gangrenaning sababi to‘qimalarning mahalliy shikastlanishi (lat eyish, sovuq 
urishi) bo‘lsa, oyoq qo‘llarning boshqa joylarida qon aylanishning buzilishi, teri 
ranggi va haroratining o‘zgarishi kuzatilmaydi.


280 
Davolash:
oyoq qo‘llarni immobilizatsiya qilish, quruq bog‘lamlar qo‘yish, 
fizioterapevtik muolajalar (UVCh, kvars bilan nurlantirish), nekrektomiya, oyoq 
qo‘llarni amputatsiya qilish. 
Ho‘l gangrena
 
asosan to‘la bemorlarda qon aylanishining o‘tkir buzilishi (yirik 
qon tomirlarining shikastlanishi, emboliya) natijasida uchraydi. Ko‘pincha 
jarayonga yiringli yoki chirituvchi infeksiya ko‘shiladi. Ho‘l gangrenaning 
rivojlanishiga to‘qimalar shishi (yurak etishmovchiligida, buyrak kasalliklarida va 
boshqalarda) dan tashqari qandli diabet ham sabab bo‘ladi.
Qurishga ulgurmagan o‘lik to‘qimalar mikroblar uchun yaxshigina oziq 
muhiti bo‘lib xizmat qiladi. To‘qimalarning chirib (putrid) parchalanishi 
kuzatiladi. Ko‘pincha jarayon anaerob infeksiya (gazli gangrena) bilan birga 
kechadi, parchalanayotgan to‘qimalar kulrang yashil rangli, iflos, sassiq hidli 
massaga aylanadi. To‘qimalar parchalanish mahsulotlarining qonga so‘rilishi 
natijasida organizmning og‘ir intoksikatsiyasiga sabab bo‘ladi. Demarkatsion 
chiziq hosil bo‘lmaydi, faqat ba’zangina chegaralangan jarayonlarda granulyasion 
val shakllanadi xalos.
Klinik manzarasi.
 
Kasallik avj olib borish bilan kechadi. Oyoq qo‘llar boshida 
oqish rangga kirib soviy boshlaydi, keyinchalik esa ko‘kimtir qizil dog‘lar paydo 
bo‘ladi, epidermis ko‘chishi natijasida o‘tkir hidli qonli ekssudat bilan to‘lgan 
pufakchalar paydo bo‘ladi. To‘qimalar shishi keskin orta boradi. Zararlangan oyoq 
qo‘llarda kuchli og‘riqlar paydo bo‘ladi. Mahalliy jarayonlar og‘ir umumiy 
intoksikatsiya bilan kechadi. Bemor yuzining ranggi kulrang tusga kirib, tili 
quriydi, puls to‘lishi susayadi, arterial bosimi pasayadi, to‘la apatiya rivojlanadi. 
Tana harorati baland bo‘lib, gektik tus oladi. Bularning natijasida bemorlarning 
hayoti xavf ostida qoladi. Diabetik gangrena ayniqsa og‘ir kechadi. Qandli diabeti 
bo‘lgan bemorlar organizmining qarshilik kuchlari va to‘qimalar regenerativ 
xususiyatlari susaygan, yiringli yallig‘lanish jarayonlarining qo‘zg‘atuvchilariga 
beriluvchanligi esa oshgan bo‘ladi. Shu sababli ikkilamchi yallig‘lanish 
rivojlanishi oson va jarohatlarning regeneratsiyasi esa qiyin bo‘ladi. Ho‘l gangrena 
har-xil a’zolarda bo‘lishi mumkinligi tufayli, klinik manzarasi turlicha bo‘ladi va u 


281 
to‘qimalarning turiga, zararlangan a’zolarning joylashgan joyiga va xarakteriga 
bog‘liq. Ichki a’zolarning o‘lishi ham ho‘l gangrena ko‘rinishida kechadi. Qorin 
bo‘shlig‘i a’zolari uchun qorin parda ta’sirlanish simptomlari va peritonit 
rivojlanishi xos bo‘ladi. O‘pka gangrenasi ham o‘ziga xos belgilar bilan kechadi.
Davolash.
 
Intoksikatsiya bilan kurash, modda almashinuvi buzilishini (diabet) 
bartaraf qilish, antibakterial terapiya, infuzion terapiya, yurak vositalari, bemorlar 
hayotini saqlab qolish maqsadida jarayonni chegaralanishini kutmasdan oyoq 
qo‘llarni amputatsiya qilish.

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish