Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

 
 


296 
XIII.
 
O’tkir appenditsit 
 
Chuvalchangsimon o’simtaning o’tkir yallig’lanishi - jarrohlik amaliyotida 
keng tarqalgan kasalliklardan biri hisoblanadi. MDHda yil mobaynida o’tkir 
appenditsit tufayli 1 mln dan ortiq operatsiyalar qilinadi. Yurtimizda 1 yil 
mobaynida 500 mingdan dan ortiq bemor bu kasallik bo’yicha shifoxonalarga 
yotqizilgan va ulardan 89% bemor appendektomiya operatsiyasini boshidan 
o’tkazgan.
Operatsiyadan keyingi o’lim darajasi Rossiyaning rivojlangan klinikalarida 
0,2-0,3% ni, bizda esa o’rta hisobda 0,2% ni tashkil qiladi. O’lim ko’rsatkichining 
asosiy sabablari: bemorlarning shifoxonaga yotqizilishidan oldingi davrdagi 
qo’yilgan diagnostik xatolar, ba’zida shifoxonaga kech yotqizish sababli yo’l 
qo’yilgan asoratlardir.
O’tkir appenditsit asosan yoshlarda (14-20) va 30-40 yoshda ko’proq 
uchraydi - bunda ayollar erkaklarga nisbatan 2 marta ko’p kasallanadilar. Ulug’ rus 
jarrohlaridan biri I.I. Grekov: “Chuvalchangsimon o’simta yallig’lanishi 
xameleonsimon kasallik, u kutgan joyda bo’lmay kutilmagan hollarda kuzatiladi”,- 
deb ta’rif beradi. Appendektomiya, jarrohlik amaliyotida eng oson bajariladi-gan 
va shuning bilan birga eng murakkab amaliyotlaridan biri hisoblanadi. 
Anatomik-fiziologik ma’lumotlar 
Chuvalchangsimon o’simta ko’richakning orqa-medial devoridan uzunasiga 
ketgan uchta mushaklar uchrashgan joydan chiqadi. U turli holatni egallab, 
uzunligi 6-16 sm, diametri esa 5-9 mm bo’lgan yopiq silindr shakliga ega bo’ladi. 
Yoshi o’tgan organizmda o’simta kichrayadi, devorlari sklerotik o’zgarishlarga 
uchraydi, natijada uning bo’shlig’i torayib, hatto yo’qolib ketishi kuzatiladi. 
Chuvalchangsimon o’simta odatda o’ng yonbosh sohasida joylashib, qorin 
bo’shlig’ida pastga va medial tomonga yo’naladi, ba’zan esa kichik chanoq 
sohasigacha tushishi mumkin. 
O’simta ko’richakdan medial va lateral yo’nalishda yuqoriga ham ko’tarilishi 
mumkin, ba’zan esa o’t pufagigacha yetadi. Aksariyat hollarda, Chuvalchangsimon 


297 
o’simta ko’richak orqasida va hatto retroperitoneal joylashgan bo’ladi. Ba’zida, 
o’simtani yuqorida – jigar ostida, yoki pastda – kichik chanoq bo’shlig’ida – 
joylashishi kuzatilishi mumkin. Ko’pchilik hollarda ko’richak pariyetal qorin parda 
bilan har tomonlama o’ralgan bo’ladi, lekin ba’zi holatlarda mezoperitoneal 
joylashgan bo’lib, kam harakatchang yoki umuman harakatsiz holda bo’ladi. 
Ba’zida Chuvalchangsimon o’simtaning tug’ma bo’lmaslik hollari ham uchraydi, 
lekin bu turdagi hodisalar kamdan kam hollarda bo’ladi (120-rasm). 
120-rasm. Chuvalchangsimon o’simtaning turli xil ko’rinishda joylashishi. 
Chuvalchangsimon o’simtaning retrotsekal joylashishi, 9-25 % holatlarda 
kuzatiladi. Retrotsekal o’simta joylashishining 3 turi farqlanadi:

Qorin parda ichida joylashishi; 

Qorin devori ichida joylashishi; 

Qorin orti bo’shlig’ida joylashishi. 
Bugungi kungacha, Chuvalchangsimon o’simtaning funksional xususiyatlari 
oxirigacha to’liq o’rganilmagan. Bu rudimentar, hech kanday vazifani 


298 
bajarmaydigan a’zo, degan ba’zi olimlarni tushunchasi hozirgi kunda asossiz 
hisoblanadi. 
Chuvalchangsimon o’simta faoliyati: 

Shilliq qavatida ishlab chiqariladigan suyuqlik tarkibida amilaza va lipaza 
bo’lib, ovqat hazm qilish jarayonida ishtirok etadi. 

Tarkibida ko’p miqdorda limfatik follikulalar bo’lib, himoya vazifasini 
bajaradi. 

Tarkibida peristal’tikani kuchaytiradigan gormon bo’lib, chuval-changsimon 
o’simta holati reflektor ravishda me’da, 12 barmoqli ichak va boshqa a’zolarga 
ta’sir qiladi. 
Demak, yuqoridagilarga asoslangan holda quyidagi hulosa kelib chiqadi: 
Chuvalchangsimon o’simta inson organizmida ma’lum vazifani bajaruvchi zarur 
a’zolardan biri bo’lib, faqatgina patologik o’zgarishlar mavjud bo’lgandagina uni 
olib tashlash to’g’ri bo’ladi. 

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish