Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

Differensial diagnostika. 
O’tkir appenditsit kasalligining differensial 
diagnostikasida barcha kasalliklarni 5 guruhga bo’linadi: 
1.
Qorin bo’shlig’i a’zolarining o’tkir kasalliklari bilan: me’da va 12 
barmoqli ichak yarasi kasalligi xuruji yoki asoratlari; o’tkir xoletsistitning ba’zi 
turlari, o’tkir pankreatit, o’tkir enterit, terminal ileit (Kron kasalligi), kolit, gastrit, 
o’tkir ichak tutilishi, o’tkir toksikoinfeksiyalar, tifoparatifoz infeksiya, Mekkel 
divertikulining yallig’lanishi, gemorragik kapillyarotoksikoz (Shenleyn-Genox 
kasalligi) va boshqalar. 
2.
Kichik chanoq bo’shlig’i a’zolari kasalliklari bilan: ayollar jinsiy 
a’zolarining o’tkir, xuruj qilgan surunkali yallig’lanishlari va asorat-lari, 
bachadondan tashqari homiladorlik, ayollar jinsiy a’zolarining xavfsiz va xavfli 
o’smalari va boshqalar. 
3.
Qorin orti qismida joylashgan a’zolar kasalliklari
 
bilan – buyrak sanchig’i, 
o’tkir va surunkali piyelonefrit, siydik-tosh kasalligi, sistit, o’tkir, surunkali 
glomerulonefrit va boshqalar. 
4.
Plevra bo’shlig’i a’zolari kasalliklari
 
bilan – o’ng tomonlama eksudativ 
plevrit va pnevmoniyaning ba’zi turlari, o’pka tuberkulezi va boshqalar. 
5.
Yurak va qon tomir kasalliklari
 
bilan – yurak miokardi infarkti-ning 
abdominal turi va boshqalar. 
O’tkir appenditsitning atipik kechishi. 
Yallig’lanishga uchragan Chuvalchangsimon o’simta retrotsekal joylashganda 
o’tkir appenditsit kasalligi, aksariyat hollarda tipik (xos) klinik manzarasi aniq 
yuzaga chiqqan holda o’tadi. Og’riqlar odatda, o’ng yonbosh sohasida paydo 


304 
bo’lib, keyinchalik o’ng chov sohasiga va son sohasiga irradiatsiya qiladi (beradi). 
O’simtaning ko’richak orqasida joylashganligi hisobiga bemorlarda mushak 
taranglanishi belgisi, hatto gangrenoz o’simtada ham umuman namoyon 
bo’lmaydi. Pti uchburchagida og’riq qayd qilinadi. Pasternatskiy simptomi musbat 
bo’lishi mumkin. Yallig’lanish jarayoniga qorin orqasidagi kletchatkaning tortilishi 
oqibatida siydikda ko’pincha eritrotsitlar topiladi va dizurik hodisalar bilan o’tishi 
mumkin. O’ng oyoqning bukilgan kontrakturasi kabi belgilar bilan o’tadi va oyoq 
yozilganda Pti uchburchagi sohasida og’riq qayd qilinadi (Koup simptomi). 
Chuvalchangsimon o’simta chanoqda joylashganda ham o’tkir appenditsit 
klinik manzarasi atipik holatda o’tadi. Odatda, og’riq unchalik ifodalanmagan, 
asosan qov ustida bo’ladi, dizurik hodisalar bilan o’tadi. Aksariyat hollarda, ich 
ketish, tenezmlar kuzatiladi, mushaklarning himoya taranglanishi ham ba’zan 
ifodalangan bo’ladi. Chuvalchangsimon o’simta kichik chanoqda joylashganda 
rektal va vaginal tekshirish Duglas kengligida og’riq va infil’tratni aniqlashga 
yordam berib, o’tkir appenditsit diagnostikasida katta ahamiyatga ega bo’ladi. 
Chaqaloqlar hayotining birinchi yillarida o’tkir appenditsit kasalligi kamdan 
kam hollarda uchraydi va uning yuzaga kelishida quyidagi faktorlar sabab bo’ladi: 

Ko’richak va Chuvalchangsimon o’simta shaklining konussimon bo’lishi va 
uning tarkibidagi moddalar evakuatsiyasini tezlashishi; 

O’simta limfoid apparatining yaxshi rivojlanmaganligi; 

Ovqatlanish hususiyatlariga ko’ra (odatda bu yoshda bolalar dag’al ozuqa 
iste’mol qilmaydi).
Biroq, o’tkir appenditsit kasalligi yosh bolalarning barcha yoshida kuzatilishi 
mumkin. Bolalik yoshida o’tkir appenditsit kasalligining kechishi, ular 
Chuvalchangsimon o’simtasida destruktiv jaroyonlarning tez va shiddat Bilan 
rivojlanishidan ko’pincha peritonit asorati kelib chiqadi. Klinik manzarasida esa, 
asosan quyidagi simptomlar: o’qtin-o’qtin og’riq bo’lishi, ko’p marta qayt qilish, 
ich ketish ustunlik qiladi. Tana harorati ko’pincha yuqori (39-40°S) darajalarga 
ko’tariladi va og’ir intoksikatsiya belgilari bilan ifodalangan bo’ladi. Kasallik 


305 
ko’pincha shiddat bilan kechadi, ba’zan esa o’tkir zaharlanish yoki o’tkir 
gastroenterit klinik manzarasiga o’xshab ketadi. 
Keksalarda Chuvalchangsimon o’simta, odatda atrofiyaga yoki sklerotik 
o’zgarishlarga uchraydi, uning hajmi kichrayadi, limfoid apparatining 
xususiyatlari yo’qoladi. Bunga keksa bemorlarda bo’ladigan areaktiv holat ham 
inobatga olinsa, ularda o’tkir appenditsit kasalligi klinik kechuvining birmuncha 
sust o’tishi tushunarli bo’ladi. Keksa bemorlarni qorindagi og’riq kamroq bezovta 
qiladi, mushaklarning himoya taranglashuvi belgisi deyarli bo’lmaydi, qorin 
pardasining ta’sirlanishi sust yuzaga chiqqadi yoki umuman bo’lmaydi, ba’zan 
gangrenoz appenditsitda ham aniqlanmaydi. Tana harorati normal yoki subfebril. 
Leykotsitlar miqdori oz darajada oshgan, leykotsi-tar formulaning chapga 
surilishi ham kam sezilarli darajada qayd etiladi. 
Demak, yoshi ulug’ va keksa bemorlarda o’tkir appenditsit anchagina farq 
bilan o’tadi va Chuvalchangsimon o’simta tomirlarining sklerozi natijasida, uning 
destruksiyasi birmuncha tezroq rivojlanadi. Bemorlar ko’pincha klinikaga 
kechikkan muddatlarda, asoratlar rivojlanib bo’lgandan keyingina keltiri-ladilar. 
Homilador ayollarda o’tkir appenditsit kasalligining klinik kechuvi 
homiladorlikning birinchi yarmi mobaynida odatdagi (tipik) kechuvdan deyarli 
farq qilmaydi. Homiladorlikning ikkinchi yarmida esa, xomilasi bor bachadonning 
kattalashgani, yuqori va yon taraflanga kengayganligi hisobiga, umuman qorin 
bo’shlig’i a’zolarining, jumladan ko’richak va Chuvalchangsimon o’simtaning 
yuqoriga surilishi kuzatiladi va shu sababli kasallikning klinik kechishi anchayin 
o’zgaradi. Og’riqlar o’ng yonbosh sohasidan yuqoriroqda joylashgan bo’lishi 
mumkin. Bachadon kattalashganligi sababli
 
Sitkovskiy, Bartom’ye-Mixel’son, 
Rovzing simptomlari yaxshi aniqlanmasligi yoki manfiy bo’lishi mumkin. 
Aksariyat homilador ayolarda o’tkir appenditsit kasalligi tez va shiddat bilan 
rivojlanib, odatdagidan ilgariroq asoratlarga olib kelishi mumkin. Shu sababli, 
homilador ayollarda o’tkir appenditsit kasalligi belgilari qayd etilganda, barvaqtroq 
jarrohlik amaliyotini o’tkazish zarur bo’ladi. Albatta, bu bemorlar amaliyot 
jaroyonida va undan keyingi davrda ginekolog nazoratida bo’lib, xomilani saqlab 


306 
qolish (xavf solayotgan bola tashlash) uchun barcha chora-tadbirlar qo’llanilishi 
lozim bo’ladi. 

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish