Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

Davolash. 
Jarrohlik amaliyoti (operatsiya) ga o’tkir appenditsit diagnozini qo’yish 
ko’rsatma bo’lib hisoblanadi, appendektomiya operatsiyasi shoshilinch tartibda 
o’tkaziladi. O’tkir appenditsitning asorati - appendikulyar infil’trat birdan-bir 
monelik qiladigan hol hisoblanadi, ya’ni operatsiya qilinmay, muolaja qilinadi. 
O’tkir appenditsitning asoratlanmagan turlarini operatsiya qilishda odatda
mahalliy og’riqsizlantirish (A.V.Vishnevskiy usuli bo’yicha infil’tratsion 
anesteziya)dan, asoratlangan turlarida esa miorelaksantlar yordamida umumiy 
endoraxeal narkoz yoki og’riqsizlantirish - ning vena orqali yoki boshqa turlaridan 
foydalaniladi. 
O’tkir appenditsitda yallig’langan Chuvalchangsimon o’simtani olib tashlash 
operatsiyasi uchun qulay kesma, ko’pchilik jarrohlar tomonidan tan olingan Mak-
Burney yoki D’yakonov-Volkovich kesmasi hisoblanadi. Bu kesma, o’ng yonbosh 
sohasida kindik va yonbosh suyagining tashqi yuza o’simtasi orasidagi o’tkazilgan 
chiziq 3 qismga bo’linib, uning pastki 1/3 qismiga perpendikulyar, ikki tomoni 
baravar kesma qilinadi. Qorin bo’shlig’i ochilgach, ko’richak gumbazi 
Chuvalchangsimon o’simta bilan birga jarohat soqasiga chiqariladi. Yallig’langan 
Chuvalchangsimon o’simtanining charvisi (tarkibidagi o’simta arteriyasi bilan) 
qirqiladi va chok qo’yib bog’lanadi. Chuvalchangsimon o’simta asosidan 
bog’lanib, qirqiladi. Uning cho’ltog’iga esa kiset va Z-simon choklar qo’yish 
orqali tubiga cho’ktiriladi (121-rasm). Gemostazga sinchiklab tekshirilgach
jarohatga qavatma-qavat choklar qo’yiladi. Appendikulyar etiologiyali tarqalgan 
yiringli peritonit asorati yuzaga kelganda, uni davolashning umumiy qoidalari 
bo’yicha taktika qo’llaniladi: avvalo peritonit manbai bartaraf etiladi 
(appendektomiya), keyin qorin bo’shlig’i yaxshilab tozalanadi (sanatsiya) va 
antiseptik eritmalar bilan yuviladi (lavaj) va operatsiyadan keyingi davrda qorin 
bo’shlig’ini muntazam yuvish imkoniyatini beruvchi usul bo’yicha drenajlar 


307 
qo’yiladi. Shu jumladan, ichak parezini oldini olish maqsadida ingichka ichak 
tutqichining blokadasi (novokain yuborish) va ichak dekompressiyasi o’tkazish 
uchun ingichka ichakni transnazal intubatsiya qilish qo’llaniladi. 
121-rasm. 1-ko’r ichak gumbazini chiqarish, 2-chuvalchangsimon o’simtani 
jaroxatga chiqarish, 3-chuvalchangsimon o’simta tutqichini bog’lash. 
Operatsiyadan keyingi davrda bemorlarda gomeostazning buzilishlarini 
korreksiya qilishga qaratilgan kompleks muolaja o’tkaziladi, antibakterial muolaja, 
peritoneal dializ yoki lavaj, ichak dekompressiyasi va ko’rsatmalar bo’yicha 
enteral zond orqali bilan
 
ozuqalantirish maqsadga muvofiq bo’ladi. Kasallik o’tkir 
peritonitning tarqalgan turlari bilan asoratlanganda, to’liq taftish qilishga imkon 
beradigan o’rta-o’rta laparotomiya kesmasi qo’llaniladi.
Hozirgi kun jarrohlik amaliyotiga, yangi texnologiyalar: tejamkor va kam 
invaziv usul qamda uslublar shiddat bilan kirib kelmoqda, ularga alohida ahamiyat 
berilmoqda. Jarrohlik amaliyotida ularni qo’llash, nafaqat operatsiyalar jaroyonida 
yuzaga keladigan jarohat darajasini kamaytirishga, bu bilan birga uning 
samaradorligini oshirishga va asoratlar sonini keskin kamaytirishga olib keladi.
Shuning uchun, ushbu kasallikda, bugungi kunda tobora keng qo’llanilayotgan 
usul – laparoskopik appendektomiyaga to’xtalib o’tamiz (rasm 3).


308 
Laparoskopik appendektomiyani bajarish uchun, kindik va uning atrofini 
punksiya qilib, qorin bo’shlig’iga CO2 gazi yuborin orqali pnevmoperitoneum 
vujudga keltiriladi. Maxsus troakarlar orqali qorin bo’shlig’iga mujazgina 
videokamera va endoxirurgik asboblar kiritilib, Chuvalchangsimon o’simta olib 
tashlash jarrohlik amaliyoti bajariladi.


Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish