227
mablag‗larning qat‘iy maqsadli ishlatilishi, ko‗proq iqtisodiyotning rasmiy
sektorida band bo‗lgan ish beruvchilar va ishlovchilar qamrab olinishi bilan
tavsiflanadi. Lekin bu manbadan foydalanishning ham o‗ziga xos muammolari
mavjud bo‗lib, ular mablag‗larni to‗plash va mijozlarni
himoya qilish uchun
xarajatlarning ortib borishi, majburiy sug‗urta ajratmalarining mahsulot tannarxi va
bahosiga ta‘sir ko‗rsatishi va bu holat mahsulotning raqobatbardoshligiga putur
etkazishi natijasida ish beruvchilar tomonidan noroziliklar kelib chiqishining
mumkinligi kabilar bilan bog‗liq.
3. Xususiy tibbiy sug„urtada
sug‗urtalanuvchi shaxs ixtisoslashgan
xususiy
sug‗urta tashkiloti bilan kelishilgan ma‘lum haq (sug‗urta mukofoti) evaziga tibbiy
xizmatdan foydalanish bo‗yicha xarajatlarning yuzaga kelish xavfini yumshatish
maqsadida tashkilot bilan kelishilgan miqdordagi sug‗urta badallarini sug‗urta
tashkilotiga o‗tkazib boradi. Sug‗urtalanuvchi shaxs salomatligi yomonlashgani
sababli xarajat qilishga majbur bo‗lganda sug‗urta tashkiloti
ushbu xarajatlarni
sug‗urta shartnomasida ko‗rsatilgan pul summasi doirasida qoplab beradi.
Moliyalashning bu manbai ham qator o‗ziga xos xususiyatlarga ega bo‗lib,
sug‗urta ajratmalarining aksariyat hollarda iste‘molchilarning to‗lash qobiliyatiga
emas, ularning ehtiyojiga bog‗liqligi, mijozlarni tanlab olishga (iqtisodiy samara
nuqtai nazaridan boy yoki kambag‗al, nisbatan sog‗lom yoki kasalmand)
asoslangan tabaqalashgan tibbiy yordam dasturlarining amal qilishi, tibbiy
xizmatlar haqini to‗lash bilan bog‗liq xarajatlar hajmining ortib borishi, xususiy
tibbiy sug‗urta mablag‗larining mamlakatdagi butun sog‗liqni saqlash tizimini
normal faoliyatini qo‗llab-quvvatlash uchun yetarli emasligi kabi ijobiy va salbiy
jihatlari mavjud.
4. To„g„ridan-to„g„ri to„lovlar
iste‘molchilarning
tibbiy xizmatlarni sotib
olishdagi xarajatlari bo‗lib, tovar va xizmatlar sotib olishning bozor tamoyillariga
asoslangan erkin uslubi hisoblanadi. Ushbu usul sog‗liqni saqlash tizimini mablag‗
bilan ta‘minlashdagi mavjud muammolarni ma‘lum darajada yumshatishga xizmat
qiladi, ammo xizmatlar bahosi shu darajada qimmatlashib ketishi mumkinki,
natijada risklarni majburiy tarzda taqsimlash zaruriyati tug‗iladi va raqobatdosh
xususiy ixtiyoriy sug‗urtaga ehtiyoj yuzaga keladi. Pullik to‗lovlarga asoslangan
moliyalashtirish tizimining ijtimoiy adolatni ta‘minlay
olmasligi, risklarni
umumlashtirmasligi va keng taqsimlash imkoniyatiga ega emasligi, butun tizimni
yetarli resurslar bilan ta‘minlay olmasligi kabi salbiy jihatlarini ham ta‘kidlash
o‗rinli.
Jahonda sog‗liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning yuqorida sanab
o‗tilgan manbalarining faqat bittasidan foydalanadigan hech bir mamlakat yo‗q
ekanligini e‘tirof etgan holda shuni ta‘kidlash kerakki, barcha davlatlar milliy
tibbiyot tizimlarini moliyalashda sanab o‗tilgan u
yoki bu manbaga ustuvorlik
bergan holda aralash tarzda foydalanadi. Masalan, Germaniya, Niderlandiya,
Fransiya, Yaponiya, Kanada kabi davlatlarda majburiy tibbiy sug‗urta tizimi
yuqori darajada rivojlangan bo‗lsa, Buyuk Britaniya,
Shvetsiya, Italiya, Ispaniya,
Gretsiyada – byudjetdan moliyalashtirish tizimi, Amerika Qo‗shma Shtatlarida esa
xususiy tibbiy sug‗urta tizimi faoliyati barqaror shakllangan. MDH davlatlarida
228
byudjetdan moliyalashtirish tizimi ustuvor o‗rin egallashi bilan birga, Rossiya,
Gruziya, Qirg‗iziston, Litva, Latviya, Estoniya kabilarda parallel ravishda majbu-
riy ijtimoiy tibbiy sug‗urta joriy etilgan.
Mutaxassislarning fikricha, tibbiyot tizimini moliyalashtirish manbai
sog‗liqni saqlash tizimi faoliyat yo‗nalishlariga
va tarmoqning bajaradigan
funksiyalariga mos kelishi, shuningdek, jamoat sog‗lig‗ini saqlash sektori
tomonidan ko‗rsatiladigan barcha tibbiy xizmatlar va ma‘lum hajmdagi klinik
xizmatlar bo‗yicha muayyan majburiyatlarni davlat o‗z zimmasiga olmog‗i zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: