6
davlatlar byudjet tizimi va byudjet jarayonini tashkil etish masalalari qamrab
olingan.
Davlat byudjeti davlat moliya tizimining tarkibiy
qismini tashkil etadi va
Davlat byudjetining mazmuni bevosita davlatning ijtimoiy-iqtisodiy funksiya va
majburiyatlaridan kelib chiqadi. Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosati tadbirlarini,
ijtimoiy soha va tarmoqlarni moliyaviy mablag‗lar bilan ta‘minlashda davlat
byudjeti asosiy moliyaviy manba bo‗lib xizmat qiladi. Davlat byudjetini
boshqarish va taribga solishda, ijtimoiy barqarorlikni ta‘minlashda, har bir
davrning ustuvor taraqqiyot vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishda davlatning
boshqa iqtisodiy dastaklari qatori, davlat byudjeti ham muhim ahamiyat kasb
etadi, bu vazifalarning samarali ijrosi davlat byudjeti amal qilishining tegishli
mexanizmlarini ishlab chiqish va amalda qo‗llash bilan ta‘minlanadi.
―Davlat byudjeti‖ fanini o‗zlashtirish uchun o‗qitishning ilg‗or va
zamonaviy
usullaridan foydalanish, yangi axborot-pedagogik texnologiyalarni
tatbiq qilish muhim ahamiyatga ega. Fanni o‗zlashtirishda darslik, o‗quv va
uslubiy qo‗llanmalar, ma‘ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar,
keyslardan foydalaniladi.
Ma‘ruza va amaliy mashg‗ulotlarda o‗qitishning interaktiv usullari(vizual,
muammoli, mualliflik ma‘ruzalari, ikki tomonlama tahlil, insert, klaster, ―Venn
diagrammasi‖ va boshqalar)dan foydalaniladi. Fan o‗qituvchisi tomonidan
pedagogik va modulli texnologiya tamoyillari asosida ―Davlat byudjeti‖ fani
o‗quv mashg‗ulotlarining loyihalari ishlab chiqiladi. Amaliy mashg‗ulotlarda
muammoni jamoaviy tarzda hal etishning usullari va vositalari: aqliy hujum, bahs,
muzokaralar, pinbord texnikasi, keys stadi (muammoli vaziyat hosil qilib, uni
yechishni o‗rganish) kabi usullar qo‗llaniladi.
Shuningdek, fanning amaliyot mashgulotlarida kompyuter dasturlaridan
(Microsoft Excel, Microsoft PowerPoint, UzASBO), slaydlardan, multimedia
ta‘lim
vositalaridan, Internet sahifalari va tizimlaridan hamda davlat moliyasini
bashqarish tizimida qo‗llaniladigan dasturiy mahsulotlardan foydalanish tavsiya
etiladi. Ushbu fanni o‗zlashtirishda talabalarga mavjud o‗quv adabiyotlaridan,
elektron darslik, testlar majmuasi va boshqa manbalardan foydalanish ham tavsiya
etiladi.
―Davlat byudjeti‖ fanining predmetini davlatning markazlashgan pul fondi
bo‗lgan davlat byudjetining shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishi bilan bog‗liq
bo‗lgan tashkiliy, huquqiy, iqtisodiy va moliyaviy munosabatlar tashkil qiladi.
Fanni o‗qitishdan maqsad– talabalarda davlat byudjetining shakllanishi,
taqsimlanishi va ishlatilishi borasida nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish va
chuqurlashtirishdan iborat.
Fanning vazifasi– talabalarning nazariy bilimlar, amaliy ko‗nikmalar,
moliyaviy-iqtisodiy va ijtimoiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuvi hamda
ilmiy dunyoqarashini shakllantirishdan iborat.
Fan bo‗yicha talabalarning bilim, ko‗nikma va malakalariga quyidagi
talablar qo‗yiladi.
Talaba:
7
davlat byudjetining mohiyati,
zarurligi va funksiyalari, byudjet tizimi,
byudjet tuzilishi, byudjet siyosatining mazmuni, vazifalari, rivojlanish bosqichlari,
byudjet tizimini boshqarish va tartibga solish asoslari, xorijiy mamlakatlar byudjet
tizimi va byudjet jarayoni, byudjet daromadlari va xarajatlari tarkibi va tuzilishi,
byudjet daromadlarining shakllanish manbalari, byudjet xarajatlarining tarkibi va
tuzilishi, respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar o‗rtasidagi byudjetlararo
munosabatlarning shakllari, byudjet munosabatlarini tashkil etish shakllari haqida
tasavvurga ega bo„lishi;
davlat byudjeti rivojlanishining qonuniyatlarini,
davlat byudjeti holatini
baholash va tahlil qilishni, byudjet istiqbolini belgilash asoslarini, byudjet
jarayonining tashkil etilishi va o‗ziga xos xususiyatlarini, O‗zbekiston
Respublikasining moliya-byudjet qonunchiligi asoslarini, byudjetning g‗azna
ijrosini tashkil etish nazariyasi va amaliyotini, byudjet tizimini tashkil etish
tamoyillarini
bilishi va ulardan foydalana olishi;
byudjet ko‗rsatkichlarining prognoz hisob-kitobini tuzish, byudjet ijrosi
yakunlarini
tahlil etish, byudjet tizimi va byudjet tuzilishi, byudjet nazorati,
byudjet mablag‗lari oluvchilar va byudjet tashkilotlari majburiyatlarini bajarish,
byudjet tizimi byudjetlari faoliyatini tartibga solish, byudjet ijrosi va byudjet
tashkilotlari smetalari ijrosi bo‗yicha hisobotlarni tuzish va tahlil etish bo‗yicha
ko„nikmalarga ega bo„lishi;
davlat byudjeti ijrosi bo‗yicha hisobotlarni tuzish va tahlil etish, ijro
natijalarini hisob-kitob qilish, byudjet munosabatlarini tashkil qilishda axborot
tizimlaridan foydalanish, byudjet amaliyotiga oid huquqiy-me‘yoriy
hujjatlardan
maqsadga muvofiq foydalanish, davlat byudjetining rivojlanish qonuniyatlarini
aniqlash maqsadida ilmiy tadqiqotlarni o‗tkazish bo‗yicha
malakalarga ega
bo„lishi kerak.kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: