220
Birinchidan,
tibbiy xizmatlarning ko‗pchiligi ijtimoiy ne‘mat hisoblanadi.
Barcha mamlakatlarda ―ijtimoiy ne‘matlar‖ sirasiga kiruvchi tibbiy xizmatlar
jamoat sog„liqni saqlash sektori
tomonidan ko‗rsatiladi. Bular qatoriga kasallanish
riskini pasaytirish, sog‗lom turmush tarzini targ‗ib qilish va qo‗llab-quvvatlash,
atrof-muhitni sog‗lomlashtirishga qaratilgan xizmatlar kiradi. Shuningdek,
tibbiy
xizmatlarning ko‗pchiligi
“tashqi samara”
berish xususiyatiga ega, ya‘ni ma‘lum
bir shaxslarning tibbiy xizmatlardan foydalanishi boshqalarning kasallanish riskini
kamaytiradi, masalan, yuqumli hamda ijtimoiy xavfli kasalliklarni davolash bilan
jamiyat miqyosida avj olishi mumkin bo‗lgan salbiy ―tashqi samara‖ning
oldini
olishga muvaffaq bo‗linadi. Shunga muvofiq ravishda, jamoat sog‗liqni saqlash
sektori an‘anaviy tarzda quyidagi funktsiyalarni bajaradi: (1) mamlakatda va uning
alohida hududlarida epidemiologik vaziyatni nazorat qilish va yuqumli
kasalliklarga qarshi kurashish; (2) atrof-muhitning normal sanitariya holatini
ta‘minlash; (3) onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish; (4) sanitariya-
oqartuv ishlarini tashkil qilish; (5) profilaktika va davolash bilan bog‗liq tibbiy
xizmatlar haqidagi ma‘lumotlarni to‗plash, umumlashtirish, qayta ishlash va shu
asosda ularga bo‗lgan ehtiyojni baholash. Bu tibbiy xizmatlarning ijtimoiy ahami-
yatini hisobga olgan holda, jamoat sog‗liqni saqlash tizimini moliyalashtirish va
nazorat qilish majburiyatini davlat o‗z zimmasiga oladi.
Shu bilan birga, ko‗pchilik tibbiy xizmatlar, bozor sharoitidagi boshqa har
qanday tovar kabi, sotilishi
va sotib olinishi, lekin tashqi samara bermagan holda
alohida shaxslarning ehtiyojini qondirishi mumkin. Bunday xizmatlarga klinik
sharoitlarda ko‗rsatiladigan davolash xizmatlari kiradi va, jamoat sog‗lig‗ini
saqlash xizmatlaridan farqli ravishda, kasallikning oldini olish va salomatlikni
muhofaza qilishga emas, alohida kasalliklarni davolashga qaratiladi. Bunday
xizmatlar tibbiy xizmatlar bozorida oldi-sotdi obyekti bo‗la oladi, ammo bu
munosabatlar ham tibbiy xizmatlarning quyida sanab o‗tiladigan o‗ziga
xosliklari
tufayli davlat aralashuvini taqozo qiladi.
Ikkinchidan,
tibbiy xizmatlarga bo‗lgan ehtiyoj hamda ularning oqibatlari
doimo noaniqlik bilan bog‗liq. Inson qachon va qanday vaziyatda kasallanishini,
kasallikni davolash unga qanchaga tushishini, buning uchun u qancha mablag‗
jamg‗arib qo‗yishi lozimligini oldindan bilmaydi, odatda uning sog‗lig‗ini
yo‗qotishga olib kelgan kasallik yoki baxtsiz hodisa u kutmagan vaqtda yuz beradi.
Shu sababli aksariyat insonlar bunday holatlarda tibbiy yordamning kafolatlangan
bo‗lishini xohlaydilar. Bu kafolatni faqat davlat bera oladi: davlat majburiy tibbiy
sug‗urta yoki davlat byudjeti mablag‗lari evaziga majburiy (bepul) tibbiy
xizmatlarning ko‗rsatilishini kafolatlaydi. Bu kafolatlar salomatligini tiklash, ayrim
hollarda esa hayotini saqlab qolish bilan bog‗liq ko‗zda tutilmagan xarajatlar
uchun salmoqli mablag‗ni oila byudjetidan ajrata olmaydigan darajada daromadlari
yuqori bo‗lmagan aholi qatlamlari uchun ayniqsa muhimdir. Aholining muhtoj
qatlamlarini ijtimoiy muhofaza qilish – davlatning muhim vazifalaridan biri,
sog‗liqni saqlash sohasida bu vazifa daromadlilik darajasidan qat‘i nazar, har bir
fuqaroga bepul ko‗rsatiladigan tibbiy xizmatlar tarkibini belgilash, shuningdek,
ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‗lgan fuqarolar: nogironligi bo‗lgan shaxslar, chin
221
yetimlar, urush veteranlari va boshqalarga tibbiy xizmatlarni olishdagi imtiyozlarni
o‗rnatish kabilarga qaratiladi.
Uchinchidan,
axborot asimmetriyasining mavjudligi: tibbiy xizmatlar
iste‘molchisi, odatda, o‗zining sog‗lig‗i xususidagi muammolar va ularni hal qilish
masalasida yetarli ma‘lumotga ham, bilimga ham ega bo‗lmaydi, uning kasalligi va
davolash usullari haqida faqat vrach aniq ma‘lumotga ega bo‗ladi va natijada vrach
(xizmatning ishlab chiqaruvchisi) bilan bemor (xizmatning iste‘molchisi)ning
axborotga egaligi o‗rtasida nomuvofiqlik, ya‘ni axborot asimmetriyasi yuzaga
keladi. Normal faoliyat qiluvchi bozorda iste‘molchi o‗ziga zarur bo‗lgan
ne‘matlarning hajmi va sifatini o‗zi belgilaydi, tibbiyot xizmatlarida esa bu ishni
xizmatni ishlab chiqaruvchi – vrach bajaradi. Buning natijasida vrachlarning tibbiy
va iqtisodiy manfaatlari o‗rtasida
ziddiyat yuzaga keladi, ya‘ni vrach, o‗zining
iqtisodiy manfaatlarini bemorning sog‗lig‗i bilan bog‗liq manfaatlaridan ustun
qo‗ygan holda, qimmat turuvchi muolajalarni tayinlashi, qimmatbaho dorilarni
tavsiya etishi mumkin bo‗ladi. Xullas, axborot asimmetriyasi tibbiy xizmatlarni
ishlab chiqaruvchilarni iqtisodiy jihatdan birmuncha qulay holatlarini va
ustunliklarini ta‘minlaydi. Shu sababli davlat alohida vrachlar va tibbiyot
muassasalari
faoliyatini
litsenziyalaydi,
tartibga soladi, ko‗rsatilayotgan
xizmatlarning minimal sifat darajasini belgilaydi, tibbiy xizmat ishlab
chiqaruvchilarni
iste‘molchilar
manfaatlari
yo‗lida
harakat
qilishga
rag‗batlantiradi.
Shunday qilib, tibbiy xizmatlarning o‗ziga xosliklari bilan bog‗liq bo‗lgan
qator
holatlar mavjudki, ular mamlakatda bozor munosabatlarining qay darajada
shakllangan va rivojlangan bo‗lishidan qat‘i nazar, davlatning sog‗liqni saqlash
tizimini boshqarish, uning faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirishda ishtirok
etishini obyektiv tarzda zarurligini belgilab beradi. Shuning uchun, ko‗pchilik
mutaxassislarning va xalqaro ekspertlarning fikricha, sog‗liqni saqlash sohasida
davlat quyidagi majburiyatlarni o‗z zimmasiga olishi zarur (16.1-rasm):
Do'stlaringiz bilan baham: