kasb-hunar kollejlarining moliyalashtirish manbalari
sifatida quyidagilar
belgilandi:
1. Vazirliklar va idoralarning iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari uchun
kadrlar tayyorlashga ixtisoslashtiriladigan kasb-hunar kollejlari faoliyatini
moliyalashtirishning asosiy manbalari:
to‗lov-kontrakt asosida o‗qish uchun tushadigan mablag‗lar;
vazirliklar va idoralarning ushbu maqsadlarga xarajatlar smetasida har
yili nazarda tutiladigan byudjet mablag‗lari va byudjetdan tashqari mablag‗lari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‗lari.
2. Xo‗jalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxonalarning
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlashga ixtisoslashtiriladigan
kasb-hunar kollejlari faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari:
to‗lov-kontrakt asosida o‗qish uchun tushadigan mablag‗lar;
xo‗jalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxonalarning
mablag‗lari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‗lari.
3. Ko‗p tarmoqli kasb-hunar kollejlari faoliyatini moliyalashtirishning asosiy
manbalari – mutaxassislarni to‗lov-kontrakt asosida o‗qitish va qayta tayyorlash
uchun ota-onalar va xo‗jalik yurituvchi subyektlarning, shu jumladan, tadbirkorlik
subyektlarining mablag‗lari.
PQ-3504-sonli Prezident Qarori bilan kam ta‘minlangan oilalardan
o‗quvchilar kasb-hunar (ko‗p tarmoqli) kollejlarida, ularning idoraviy
mansubligidan qat‘i nazar, bepul asosda o‗qitiladigan tartib belgilab qo‗yildi.
Shuningdek, kasb-hunar kollejlarining o‗zini o‗zi mablag‗ bilan ta‘minlashni
oshirish maqsadida belgilangan tartibda ta‘lim xizmatlari ko‗rsatilishini,
faoliyatining tadbirkorlik, maslahatlar berish, ekspert, noshirlik, ishlab chiqarish,
innovatsion va boshqa turlarini yo‗lga qo‗yish belgilandi. Vazirliklar, idoralar,
xo‗jalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxonalarning tasarrufidagi kasb-
hunar kollejlarini saqlash, kadrlarni o‗qitish, malakasini oshirish va qayta
tayyorlashga maqsadli tarzda yo‗naltirilgan mablag‗lari barcha turdagi soliqlardan
va davlat maqsadli jamg‗armalariga majburiy ajratmalardan ozod etiladi.
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi ―Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar
ta‘limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‗risida‖gi PF-5313-son Farmoni (Qonun hujjatlari
ma‘lumotlari milliy bazasi, 25.01.2018 y., 06/18/5313/0618-son).
212
Do'stlaringiz bilan baham: |