Telegram manzil:
https://t.me/masofatalim
Biologiya
_________________________________________
1. Yeryong‘oq va Misr g‘o‘zasi uchun umumiy
bo‘lgan xususiyatlarni ko‘rsating.
1) ikki urug‘pallalilar sinfiga mansub; 2) hayotiy
shakli bir xil; 3) urug‘chilari qo‘shilib o‘sgan;
4) gulining rangi sariq; 5) murakkab bargli;
6) barglari to‘rsimon tomirlangan; 7) vatani
Braziliya; 8) yonbargsiz.
A) 2, 3, 4, 7
B) 1, 2, 6, 7
C) 2, 4, 6, 8
D) 1, 3, 5, 8
2. Berilgan o‘simlik navlari va ularga xos barg
turlarini juftlang.
a) oddiy yonbargchali; b) poyada navbat bilan
joylashgan; c) barglari quyoshga qarab o‘girilib
turadi.
1) qorago‘zal; 2) “Sanzor”; 3) Namangan-34;
4) qozi dastor; 5) qirmizi; 6) “Nimrang”.
A) a-1, 4; b-1, 4, 5; c-6
B) a-2, 4; b-5; c-3
C) a-2, 4; b-1, 3; c-5, 6
D) a-4; b-5; c-2
3. Quyidagi keltirilgan oilalardan shingil to‘pgul
hosil qiladiganlarini belgilang.
1) karamdoshlar; 2) ra’nodoshlar;
3) ituzumdoshlar; 4) burchoqdoshlar;
5) gulxayridoshlar; 6) qovoqdoshlar.
A) 2, 3, 5
B) 1, 2, 4
C) 1, 4, 5
D) 2, 3, 6
4. Magnoliyatoifa bo‘limiga mansub o‘simliklarni
belgilang.
A) baobab daraxti, saksovul
B) Sharq sauri, nemalion
C) skerda, Virgin archasi
D) qarag‘ay, shamshod
5. Bir uyli (a) va ikki uyli (b) o‘simliklarni
ko‘rsating.
1) funariya; 2) terak; 3) tol; 4) makkajo‘xori;
5) Turkiston ismalog‘i; 6) qarag’ay; 7) gazanda;
8) Misr g‘o‘zasi.
A) a-2, 3, 5, 8; b-1, 4, 7
B) a-1, 4, 6, 7; b-3, 5
C) a-2, 3, 8; b-1, 3, 6, 7
D) a-1, 4, 6; b-2, 3, 5, 7
6. Ondatraning norkadan farqlanuvchi belgilarini
toping.
1) oziqni oziq tishlari bilan ezib maydalaydi;
2) yo‘ldoshlilar kenja sinfiga kiradi; 3) oyoqlari
kalta; 4) O‘zbekistonda uchraydi; 5) kurak tishlari
bo‘ladi; 6) juda serpusht; 7) qimmatli mo‘yna
beradi; 8) issiqqonli hayvon; 9) bosh skeletlilar
kenja tipiga kiradi.
A) 4, 5, 7
B) 3, 8
C) 1, 6
D) 2, 7, 8
7. Yuragi va oshqozoni to‘rt kamerali hayvon
zotlarini aniqlang.
1) Nyugempshir; 2) Yaroslav; 3) Bushuyev;
4) Plimutrok; 5) Santa-Gertruda; 6) Kornuel;
7) Gereford; 8) Shortgorn; 9) Zagorsk;
10) Kostroma.
A) 1, 4, 6, 9
B) 4, 6, 8, 9
C) 2, 3, 5, 7
D) 5, 8, 9, 10
8. Oq ayiq (a) va qo‘ng‘ir ayiq (b) nimalar bilan
oziqlanishini juftlab ko‘rsating.
1) o‘simlik nihollari; 2) mevalar; 3) hasharot va
sug‘urlar; 4) tulen; 5) o‘simlik ildizi;
6) baliqlar.
A) a-4, 6; b-1, 3, 5
B) a-2, 3, 5; b-1, 4, 5, 6
C) a-1, 2, 6; b-2, 3, 5, 6
D) a-1, 2, 3, 5; b-1, 4, 6
9. Hayvonlarning harakatsiz (a) va harakatchan (b)
birikkan tana qismlarini belgilang.
1) bronza qo‘ng‘izining qorin bo‘limi ko‘krak
bo‘limi bilan; 2) baqaning umurtqa pog‘onasi kalla
suyagi bilan; 3) tuyaqush qovurg‘asining uchlari
ko‘krak umurtqasi bilan; 4) toshbaqa-ning ko‘krak
umurtqasi orqa kosasi bilan;
5) toshbaqalarning bo‘yin va dum umurtqalari
o‘zaro; 6) baqaning orqa oyoq kamari suyaklari
o‘zaro; 7) zog‘ora baliq umurtqa pog‘onasi kalla
suyagi bilan; 8) sutemizuvchilarning bel
umurtqalari o‘zaro; 9) kaltakesakning umurtqa
pog‘onasi kalla suyagi bilan; 10) butli o‘rgim-chak
ustki jag‘lari birinchi bo‘g‘imining tirnoqsimon
o‘simtasi.
A) a-1, 4, 6, 7; b-2, 3, 5, 8, 9, 10
B) a-2, 4, 5, 7, 10; b-1, 3, 6, 8, 9
C) a-1, 5, 6, 8, 10; b-2, 3, 4, 7, 9
D) a-1, 4, 7, 9, 10; b-2, 3, 5, 6, 8
10. Nozema va cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi
uchun umumiy bo‘lgan javobni belgilang.
A) tanasi kutikula bilan qoplangan
B) umurtqalilarda parazitlik qiladi
C) hazm organlari rivojlanmagan
D) oraliq ho‘jayinga ega
11. Ikkinchi signal tizimiga tegishli bo‘lgan
javoblarni tanlang.
1) to‘tiqushning iboralarni takrorlashi; 2) dars
tinglash; 3) asar o‘qish; 4) bolani konfetni
Telegram manzil:
https://t.me/masofatalim
ko‘rganda xarxasha qilishi; 5) uch yoshli bolaning
2000 ta so‘z aytishi.
A) 1, 4
B) 1, 5
C) 2, 3
D) 1, 2, 3, 4
12. Odam qo‘lining kaft suyagiga xos xususiyatlar
to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
1) tuzilishi jihatdan kalta g‘ovak suyaklar guruhiga
kiradi; 2) tirsak suyagi bilan bir vaqtda suyakka
aylanadi; 3) tarkibida kalsiy karbonat tuzining
miqdori 5,9%; 4) barmoq suyaklari bilan tuzilishi
o‘xshash; 5) qo‘l suyaklari ichida birinchi suyakka
aylanadi.
A) 2, 4, 5
B) 3, 5
C) 1, 3, 4
D) 1, 2, 5
13. Qizamiq, suvchechak, quloqning yiringli
yallig‘lanishi kabi xastaliklar oqibatida kelib
chiqadigan nerv kasalligi qaysi?
A) ensefalit
B) ganglionit
C) menengit
D) miyelit
14. Bola bir yoshdan ikki yoshga kirguncha
chiqadigan tishlar soni katta yoshli sog‘lom
odamning qaysi tishlar soniga teng.
A) qoziq tishlar va aql tishlar
B) qoziq tishlar va katta oziq tishlar
C) kurak tishlar va katta oziq tishlar
D) aql tishlar va kichik oziq tishlar
15. Nerv tugunining kasalligi quyidagi qaysilarning
asorati tufayli kelib chiqadi?
1) ichburug‘; 2) qizamiq; 3) ichterlama;
4) gripp; 5) shamollash; 6) quloqning yiringli
kasalliklari; 7) zotiljam; 8) suvchechak.
A) 2, 4, 5, 7
B) 1, 3, 5, 7
C) 2, 4, 6, 8
D) 1, 2, 3, 8
16. Odam ko‘z soqqasining ichida qaysi muskullar
joylashgan?
1) ko‘z soqqasini harakatlantiruvchi muskullar;
2) gavhar atrofidagi kipriksimon muskullar;
3) qorachiq atrofidagi to‘g‘ri yo‘nalgan muskullar;
4) qorachiq atrofidagi aylana muskullar; 5) gavhar
atrofidagi aylana va to‘g‘ri yo‘nalgan muskullar.
A) 2, 3, 4
B) 1, 4, 5
C) 1, 2, 3
D) 3, 4, 5
17. Hujayrasida xloroplastlari bo‘lgan eukariotlarni
zararlaydigan eukariotlarni belgilang.
1) vertitsil; 2) nozema; 3) gommoz qo‘zg‘atuv-
chisi; 4) zang zamburug‘i; 5) agrobakterium;
6) leyshmaniya.
A) 1, 6
B) 3, 4
C) 3, 5
D) 1, 2
18. Meyozning birinchi bo‘linishidan keyin hosil
bo‘lgan hujayralar o‘zaro qaysi belgisi bilan
farqlanadi?
A) tarkibidagi xromosomalar soni bilan
B) ota va ona xromosoma genlar yig‘indisi jihatdan
C) bu hujayralar o‘zaro farq qilmaydi
D) xromosomalardagi DNK miqdori bilan
19. Xromosomaga xos ma’lumotlarni ko‘rsating.
1) bo‘yoqlar yordamida bo‘yalmaydi;
2) xromatinning spirallashishidan hosil bo‘ladi;
3) xromatinning spirallashmagan qismi;
4) RNK va oqsildan iborat;
5) mikroskopda yaxshi ko‘rinadi;
6) hujayra yadrosida bo‘ladi;
7) yadrochada sintezlanadi;
8) nukleoprotein hisoblanadi.
A) 1, 3, 4, 7
B) 2, 4, 5, 7
C) 2, 5, 6, 8
D) 1, 3, 6, 8
20. Volfiyada (n = 21) meyoz siklining interkinez
bosqichidagi xromotidlar sonini aniqlang.
A) 63
B) 84
C) 14
D) 42
21. Quyidagi olimlar va ularga tegishli ishlarni
juftlab ko‘rsating.
1) biogenetik qonun; 2) embrionlarning o‘xshashlik
qonuni; 3) korrelatsiya qonuni.
a) A. Seversev; b) G. Mendel; c) J. Kyuve;
d) F. Myuller; e) K. Ber; f) E. Gekkel.
A) 1-a, d; 2-b; 3-c
B) 1-d, b; 2-e; 3-c
C) 1-d, f; 2-e; 3-c
D) 1-d, f; 2-e; 3-a
22. Oraliq formalar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni
toping.
1) terapsid; 2) vyurok; 3) ixtiozavr;
4) ixtiosega; 5) latimeriya; 6) plakoxelis;
7) tritsopetops; 8) arxeopteriks; 9) mastadont;
10) stegozavr.
A) 1, 3, 5, 6
B) 1, 4, 8
C) 2, 4, 5, 7
D) 6, 9, 10
23. Sun’iy ekosistema uchun mos keluvchi javobni
toping.
1) o‘simliklar dunyosiga ega yirik regional
biosistema; 2) quyosh bilan energiya almashinuvi
holatidagi tirik organizmlar kompleksi; 3) o‘ziga
xos hayvonot dunyosiga ega biogeotsenoz;
4) tundra, tayga va o‘rmon misol bo‘ladi;
5) akvarium va tuvakdagi gul misol bo‘la oladi;
6) urbanoekosistemalar kiradi.
A) 1, 2, 4
B) 1, 4
C) 5, 6
D) 1, 3, 6
Telegram manzil:
https://t.me/masofatalim
24. DNK molekulasining qo‘sh zanjirida guanin
nukleotidlari 40% ni tashkil etadi. DNK
molekulasidagi gen asosida sintezlangan oqsil 400
ta aminokislotadan iborat bo‘lsa, shu DNK qo‘sh
zanjiridagi adenin va timin o‘rtasidagi vodorod
bog‘lari sonini toping.
A) 960 B) 1440 C) 480 D) 3360
25. Xaltalilar (a), yexidna (b), xameleon (c), va
o‘rdakburun (d) qaysi biogeografik viloyatda
tarqalganligini ko‘rsating.
A) a-Paleoarktik; b-Avstraliya; c-Neoarktik;
d-Habashiston
B) a-Neoarktik; b-Habashiston; c-Neotropik;
d-Avstraliya
C) a-Neotropik; b-Hindomalay; c-Paleoarktik;
d-Neoarktik
D) a-Neotropik; b-Avstralya; c-Habashiston;
d-Avstraliya
26. Kislorodning hosil bo‘lishi va sarflanishi
o‘rtasida muvozanat paydo bo‘lgan davrga tegishli
ma’lumot qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) sporali va ochiq urug‘li o‘simliklarning gurkirab
rivojlanishi natijasida o‘txo‘r sudralib yuruvchi
hayvonlar tanasi nihoyatda yiriklashgan
B) daraxtsimon o‘simliklarning yoppasiga halok
bo‘lishi o‘sha joylarda keyinchalik ko‘mir qatlami
hosil bo‘lishiga olib kelgan
C) havo va suvning kislorod bilan to‘yinishi
oqibatida aerob organizmlar paydo bo‘lgan
D) quruqlikda va havoda qushlar, sutemizuvchilar,
suvda esa baliqlar, ikkinchi marta suv muhitiga
yashashga moslashgan sutemizuvchilar uchragan
27. Meyozning birinchi bo‘linishidan so‘ng hosil
bo‘lgan spermatotsitlardan bittasida to‘rtta ota
organizm xromosomasi bo‘lsa, ikkinchi
spermatotsitda nechta ota va ona organizm
xromosomasi bo‘ladi?
A) 19; 4
B) 10; 13
C) 42; 4
D) 23; 23
28. Alternativ (noallel) belgilarning soni noma’lum
bo‘lgan (hamma belgilari bir-biridan keskin farq
qilgan) ikki organizm chatishtirilganda 243 ta
genotipik sinf ajralsa, nechta fenotipik sinf hosil
bo‘lishini toping. (belgilar to‘liq dominant holatda
irsiylanadi).
A) 128
B) 32
C) 16
D) 64
29. Organizmlarning o‘zaro ijobiy bog‘lanishlari
keltirilgan javobni belgilang.
A) kommensalizm, sinoykiya
B) mutualizm, o‘zaro raqobat
C) hamsoyalik, hamtovoqlik, antogonizm
D) mutualizm, kommensalizm, neytralizm
30. Hujayra shirasi (a) va yadro shirasi (b) uchun
xos xususiyatlarni aniqlang.
1) endoplazmatik to‘rning g‘ovak membrana-
laridan hosil bo‘lgan organoid ichini to‘ldirib
turadi; 2) u rangsiz, tiniq, suyuq yoki shilimshiq
holda bo‘lib, doimo harakatlanib turadigan elastik
modda; 3) oraliqlarni to‘ldirib turuvchi gelsimon
massa; 4) mevalar ta’mini hosil qiladi; 5) oqsillar;
6) yog‘lar; 7) tuzlar; 8) erkin nukleotidlar va
aminokislotalar; 9) 70-95% suv; 10) yadrocha.
A) a-1, 4, 5, 6, 9; b-2, 3, 5, 8
B) a-4, 5, 6, 7, 9; b-1, 5, 8, 10
C) a-1, 5, 6, 7, 9; b-3, 5, 10
D) a-2, 4, 6, 7; b-3, 5, 6, 7, 8, 10
Tuzuvchi: Ravshan Meliqo‘ziyev
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan
tashkil etilgan "
Masofaviy ta’lim
" Telegram
kanali.
Kanalga ulanish:
https://t.me/masofatalim
Do'stlaringiz bilan baham: |