204
Bazaviy tarif stavka quyidagilarni o‗z ichiga oladi:
yagona tarif setkasi asosida aniqlangan tarif stavkasini;
qonun bilan belgilangan tarif stavkasiga o‗rnatilgan doimiy ustama va
qo‗shimchalarni;
pedagog va rahbar xodimlarning alohida toifalari ish haqiga
kompensatsion
to‗lovlarni.
Pedagog xodimlar bazaviy tarif stavkalari:
xodimning lavozimiga;
xodimning malaka toifasiga;
ta‘lim muassasasining tipiga bog‗liq ravishda tabaqalashtirilgan bo‗ladi.
Xalq ta‘limi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi,
Adliya vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi
tomonidan birgalikda tasdiqlangan ―Pedagogik va rahbar xodimlarni
attestatsiyadan o‗tkazish va malaka toifalarini berish tartibi to‗g‗risidagi Nizom‖ga
muvofiq, xalq ta‘limi xodimlariga quyidagi malaka toifalari berilishi mumkin:
o‗rta maxsus, kasbiy (pedagogik yoki bajarilayotgan lavozim vazifalariga
muvofiq bo‗lgan) ma‘lumotga ega bo‗lgan,
toifasiz xodim
;
bakalavr darajasiga yoki oliy ma‘lumot darajasi bo‗yicha akademik darajalar
joriy etilgunga qadar olingan oliy ma‘lumotga ega bo‗lgan
mutaxassis
;
bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy ma‘lumot darajasi bo‗yicha akademik
darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy ma‘lumotga ega bo‗lgan
ikkinchi toifali
mutaxassis
;
bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy ma‘lumot darajasi bo‗yicha akademik
darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy ma‘lumotga ega bo‗lgan
birinchi toifali
mutaxassis
;
bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy ma‘lumot darajasi bo‗yicha akademik
darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy ma‘lumotga ega bo‗lgan
oliy toifali
mutaxassis
.
Maktab pedagog xodimlari bazaviy tarif stavkalarining aniq miqdori
hukumatning maxsus qarorlari bilan tasdiqlanadigan xalq ta‘limi muassasalari
pedagog xodimlariga haq to‗lashning tarmoq tarif setkasi asosida o‗rnatiladi.
Pedagog xodimlar tarif stavkasiga qonun bilan o‗rnatilgan
doimiy ustama va
qo„shimchalar
quyidagilardan iborat:
sinfga rahbarlik qilganligi uchun;
daftar va yozma ishlarni tekshirganlik uchun.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―Xalq ta‘limi xodimlari
mehnatiga haq to‗lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‗g‗risida‖gi
2005-yil 21-dekabr 275-son Qaroriga muvofiq, mazkur ustamalar miqdori: sinf
rahbarligi uchun – eng kam ish haqining 100
foizi hajmida, daftar va yozma
ishlarni tekshirganlik uchun – eng kam ish haqining 50 foizi hajmida belgilangan
edi. Lekin O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―2013-yil uchun O‗zbekiston
Respublikasi asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlar prognozlari va davlat byudjeti
parametrlari to‗g‗risida‖gi PQ-1887-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 275-
205
son Qaroriga bu borada tegishli o‗zgarishlar kiritildi. Ushbu o‗zgarishlarga ko‗ra,
umumta‘lim muassasalari o‗qituvchilariga
eng kam ish haqiga nisbatan
o‗rnatiladigan quyidagi qo‗shimchalar belgilanadigan bo‗ldi:
a) sinf rahbarligi uchun sinfdagi o‗quvchilar soniga ko‗ra: 15 nafargacha
bo‗lsa – 50 foiz; 16 dan 20 nafargacha bo‗lsa – 60 foiz; 21 dan 25 nafargacha
bo‗lsa – 70 foiz; 26 dan 30 nafargacha bo‗lsa – 80 foiz; 31 va undan yuqori bo‗lsa
– 100 foiz;
b) daftar va yozma ishlarni tekshirganligi uchun – 50 foiz, sinflarda
o‗quvchilar soni 15 nafargacha bo‗lsa – 25 foiz.
Bu to‗lovlar shu maqsadlar uchun maxsus ajratiladigan byudjet mablag‗lari
hisobidan amalga oshiririladi.
Bundan
tashqari, pedagog xodimlar oylik lavozim okladiga (Vazirlar
mahkamasining 275-son qarori bilan tuzilgan) umumta‘lim muassasalarining
o‗rnak ko‗rsatgan xodimlarini rag‗batlantirishning Direktor jamg‗armasidan
to‗lanadigan ustamalar kiradi. Bu ustamalar xodimlarga:
o‗quvchilar bilan tarbiyaviy ishlar va sinfdan tashqari ishlarni olib
borishning yuksak darajasi uchun – tegishli malaka toifasidagi o‗qituvchining
bazaviy tarif stavkasiga nisbatan
15 foizgacha
bo‗lgan miqdorda;
kasbiy mahorati va ta‘lim jarayoniga qo‗shgan
aniq hissa, yuqori
samaradorlik va o‗qitish sifati uchun – tegishli malaka toifasidagi o‗qituvchining
bazaviy tarif stavkasiga nisbatan
25 foizgacha
bo‗lgan miqdorda belgilanadi.
Direktor jamg‗armasi hisobidan to‗lanadigan har oylik ustamalar va boshqa
rag‗batlantirish turlarini tayinlash hamda ustama va mukofotlar hajmini belgilash
tartibi, rag‗batlantirish va mukofotlash uchun xodimlar
faoliyatini baholash
mezonlari, o‗rnatilgan ustamalarning amal qilish muddatlari, jamg‗arma hisobidan
amalga oshiriladigan to‗lovlarni soliqqa tortish tartibi va Direktor jamg‗armasining
amal qilish shart-sharoitlarini belgilab beruvchi boshqa tartib-qoidalar O‗zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabr 275-son Qarori bilan
tasdiqlangan ―Umumta‘lim maktablarining o‗rnak ko‗rsatgan xodimlarini
rag‗batlantirishning Direktor jamg‗armasi to‗g‗risidagi Nizom‖da batafsil aks
ettirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: