2-Laboratoriya ishi. Loyihalashning avtomatlashtirilgan tizimini aniqlash. Ishning maqsadi



Download 35,08 Kb.
Sana24.04.2022
Hajmi35,08 Kb.
#579618

2-Laboratoriya ishi.
Loyihalashning avtomatlashtirilgan tizimini aniqlash.
Ishning maqsadi: Neft mahsuloti omborlari ikki guruhga bo‘linadilar. Birinchi guruh omborlariga mustaqil, ya’ni o‘zining boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan omborlar kiradi. Ikkinchi gurux omborlariga esa korxonalar qaramog‘idagi omborlar kiradi. Ular joylashgan korxona raxbariyati qaramog‘ida bo‘lib, o‘sha korxonani mahsulot bilan ta’minlash uchun xizmat qiladilar. Mustaqil neft omborlari istyemolchilarga yaqin bo‘lgan magistral temir, suv va avtomobil yo‘llari atrofida joylashgan bo‘ladilar. Ularning yer maydonlari rezervuarlar saroyining hajmiga (yuk aylanmasiga) ko‘ra turlicha bo‘ladi (1-jadvalga qarang). Taqsimlovchi neft omborlari mahsulotlarni olib keluvchi transport vositalarining turiga ko‘ra suv yo‘llik; temir yo‘llik va avtomobil yo‘llik bo‘linadilar. Suv yo‘llik mustaqil neft mahsuloti omborlari ishlab chiqarish korxonalari va boshqa obyektlardan, suv oqimi bo‘yicha kamida 100 m. pastroqda joylashadilar. Agar suv oqimining pastki qismida joylashtirish mumkin bo‘lmasa, u holda ombor suv oqimini bosh qismida, korxonalardan quyidagi uzoqlikda joylashadilar: 1 chi toifali omborlar-3000 m; 2 chi toifali omborlar-2000 m; 3 chi toifali omborlar -1500 m.
Neft omborlarini joylashgan maydonlari
1-jadval.

Temir va avtomobil yo‘llar omborlari esa, o‘zining o‘rab turgan (yaqin joylashgan) barcha obyektlar joylashgan maydoniga nisbatan, pastroq yer maydoniga joylashgan bo‘ladilar. Bulardan tashqari, bular aholi punktlari tomon esadigan shamol oqimining teskari, tomoniga joylashgan bo‘ladilar. Taqsimlovchi omborlar o‘z qaramog‘idagi barcha istyemolchilarni mahsulotlar bilan ta’minlash uchun hizmat qiladilar. Birinchi guruh neft omborlarining operativ bajaradigan ishiga ko‘ra, taqsimlovchi va uzatuvchilarga bo‘linadilar. Taqsimlovchi omborlar to‘g‘risida yuqorida so‘z yuritdik. Uzatuvchi omborlar mahsulotlarni bir transport orqali qabul qilib; ularni saqlab boshqa transport orqali korxona hamda taqsimlovchi omborlarga uzatadilar. Bunday omborlardan Respublikamizda ikkitasi mavjud: Angren (Toshkent viloyatida joylashgan) va Pop (Namangan viloyatida joylashgan) neft omborlari. Angren omborida temir yo‘l transporti orqali olib kelingan neft va gaz kondensatini qabul qilinib saqlanib, maxsulotlarni avtotransporti orqali Pop (Namangan viloyatida joylashgan) omboriga uzatiladi. Pop (Namangan viloyatida joylashgan) omborida mahsulotlarni qabul qilib, saqlab, keyin ularni temir yo‘l transporti orqali Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodiga uzatadi. Tayyor neft mahsulotlarini tegishlicha teskari jarayon bo‘yicha bir-birlariga uzatadilar. Neft mahsuloti omborlari umumiy rezervuarlar saroyining hajmiga ko‘ra, 3-toifaga (kategoriyaga) bo‘linadilar. Birinchi toifaga umumiy rezervuarlar saroyining hajmi 100-103 m3 dan katta bo‘lgan; ikkinchi toifaga umumiy hajmi 20-103 m3 dan 100-103 m3 gacha bo‘lgan va uchunchi toifaga umumiy hajmi 20-103 m3 gacha bo‘lgan omborlar kiradi. Uzatuvchi omborlar birinchi toifali omborlarni tashkil etib, taqsimlovchi omborlar esa, asosan ikkinchi va uchunchi toifali omborlarni tashkil qiladilar .
Nazorat savallari:

  1. Neft mahsuloti omborlari umumiy rezervuarlar saroyining hajmiga ko‘ra nechi toifaga bo’linadi?

  2. Neft mahsuloti omborlari ikki guruhga bo‘linadi?

  3. Mustaqil neft omborlari istyemolchilarga yaqin bo‘lgan qanday yo‘llari atrofida joylashgan bo‘ladilar?

Download 35,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish