9.4. Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar auditi
Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni tekshirishning
umumiy qismi - qoldiqlar haqqoniyligini baholash va bajariladigan
uslubiy amallar mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-
kitoblarni tekshirishga o‘xshash.
21-sonli BHMS ga muvofiq, «Jo‘natilgan mahsulot, bajarilgan ish
va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun xaridor va buyurtmachilar bilan olib
boriladigan hisob-kitoblar, 4010 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan
olinadigan schyotlar», 4020 «Olingan veksellar», 6310 - «Xaridorlar na
buyurtmachilardan olingan bo‘naklar», 9010 - «Mahsulotlar sotishdan
olingan daromadlar», 9020 - «Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar»,
9030 - «Bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan
daromadlar», 9110 - «Sotilgan mahsulotlar tannarxi», 9120 - «Sotilgan
166
tovarlar tannarxi», 9130 - «Sotilgan ishlar va xizmatlar tannarxi»
schyotlarida hisobga olinadi. Auditor 4010 - «Xaridorlar va
buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», 4020 - «Olingan veksellar» va
6310 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar» schyotlari
bo‘yicha hisob yuritish va nazoratning holati hamda qoldiqlarning
haqqoniyligini baholash natijasida xaridor va buyurtmachilar bilan
hisob-kitoblar bo‘yicha muomalalarning ishonchliligini tekshiradi. Bu
schyot bo‘yicha oborotlarni tekshirishning muhimligi korxona
faoliyatini baholaydigan asosiy ko‘rsatkich- tovarlar, mahsulotlar, ish va
xizmatlarni sotishdan olinadigan daromad ko‘rsatkichi bo‘yicha
axborotlarni shakllantirishi bilan izohlanadi.
Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarning auditi mol
yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarning auditiga
o‘xshash ravishda amalga oshiriladi. Xaridorlar bilan hisob-kitoblarning
auditi jarayonida mol yetkazib berish uchun shartnomalar tuzilganligi,
Xaridor tomonidan qabul qilingan mahsulotlar uchun korxonaga tegishli
bo‘lgan summalar (sotish muddatlari, mahsulot sifati va boshqa
omillarni hisobga olgan holda) to‘g‘ri hisoblanganligi, 15 % miqdorida
oldindan to‘lov amalga oshirilmasdan turib mahsulot berilganligi, 4010 -
«Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan schyotlar», 6230 - «Boshqa
kechiktirilgan daromadlar», 6310 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan
olingan bo‘naklar» schyotlarda ko‘rsatilgan Xaridorlar qarzi haqiqiyligi
aniqlanadi. Sotilgan mahsulot (ish, xizmat) lar bo‘yicha qarzlarning
haqiqiyligi, qonuniyligi va ishonchliligi dastlabki hisob-kitob-to‘lov
hujjatlari, hisob-kitoblarni inventarlash dalolatnomalari va hisob
registrlaridagi ko‘rsatkichlar asosida tekshiriladi.
Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarga doir
muomalalarni tekshirishda 4010, 4020 va 6310 schyotlar bo‘yicha hisob
registrlari ma’lumotlarining Bosh daftar hamda o‘zaro aloqador hisob
registrlari ma’lumotlari bilan tengligi aniqlanadi. Bunda asosan 4010
schyot debeti bo‘yicha yozuvlar 9010 -, 9020, 9030, 9210, 9220
schyotlarning krediti bo‘yicha yozuvlar bilan solishtiriladi. Agar qonun
yoki oldi-sotti shartnomasida tovarga mulkchilik huquqining maxsus
tartibi ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, u holda umumiy qoida bo‘yicha mulkiy
huquq mol yetkazib beruvchidan Xaridorga tovarni jo‘natish vaqtida
o‘tadi va quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan aks ettiriladi:
Debet 4010 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan
schyotlar»,
167
Kredit 9010 - «Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan
daromadlar».
Bunday yozuv soliqqa tortish maqsadi uchun qanday hisob tartibi
to‘lov bo‘yicha yoki jo‘natish bo‘yicha qabul qilinganidan qattiy nazar
amalga oshiriladi.
Muomalalarning
hujjat
bilan
asoslanganligini
tekshirish
mobaynida tovar (ish, xizmat) lar bahosi shakllanishining shartnoma
shartlariga muvofiqligi hamda QQS summasi va Xaridorlarga taqdim
qilingan schyotlar boshqa elementlarining to‘g‘riligi aniqlanadi.
Xaridorlar tomonidan schyotlarni to‘lashning o‘z vaqtidaligi va to‘liqligi
5110, 5210, 5220, 6310, 7310 schyotlar bilan bog‘lanadigan
ma’lumotlarni taqqoslash va analitik hisob registrlaridagi yozuvlarni
ko‘rib chiqish yo‘li bilan aniqlanadi.
Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob - kitoblarni tekshirishni
boshlashdan oldin saldo (qoldiq) reestrlarida ko‘rsatilgan qoldiqlarning
Bosh daftardagi 4010 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan
schyotlar», 4020 - «Olingan veksellar», 6310 - «Xaridor va
buyurtmachilardan olingan bo‘naklar» schyotlari bo‘yicha qoldiqlarga
teng kelishini aniqlash zarur. Shunindek, reestrlarning o‘z vaqtida
to‘ldirilishi, buxgalteriyaga topshirilishi va Xo‘jalikning kassasiga yoki
hisob-kitob schyotiga tushgan to‘lovlar haqida belgilar (yozuvlar)
mavjudligi tekshiriladi. Mahsulot (ish, xizmat) lar realizatsiyasi bo‘yicha
to‘lov talabnomalarining o‘z vaqtida to‘ldirilishi va inkassaga qo‘yilishi
tekshiriladi. Qarzlarning vujudga kelish sanalari va to‘lov muddati o‘tib
ketgan summalarini saldo (qoldiq) reestrlari bo‘yicha aniqlash zarur.
Ushbu to‘lov hujjatlari bo‘yicha qarzlar nihoyatda puxta tekshiriladi.
Chunki, amaliyotda Xaridorlar va buyurtmachilarning qarzlari 4010 -
«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» va 4020 -
«Olingan veksellar» schyotlarining debetida, to‘lovlarning kelib tushishi
esa 6310 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar»
schyotining kreditida aks ettiriladi, shuningdek mahsulot va materiallar
bir Xo‘jalik yoki tashkilotga jo‘natilib, schyot esa adashib boshqasiga
taqdim etilishi hollari ham uchraydi. Buning natijasida haqiqiy
bo‘lmagan debitor va kreditor qarzlar vujudga keladi.
Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni tekshirishda
korxona rahbari va bosh buxgalteri tomonidan muddati o‘tib ketgan
debitor qarzlarni undirish choralari ko‘rilayotganligi aniqlanadi, hisob-
kitoblarni o‘zaro taqqoslash va aniqlangan tafovutlarni taqqoslash
dalolatnomasi tuzib to‘g‘rilash, qarzlarni o‘zaro surishishga doir
168
ishlarning amalga oshirilayotganligi tekshiriladi. Shuningdek, audit
jarayonida Xaridorlarning muddatlari chiqib ketgan debitor qarzlari
talab qilinganligi va talab qilinmaganligini aniqlab tahlil qilinadi.
Debitor qarzlarni hisobdan o‘chirish faktlari bo‘yicha auditor ushbu
faktlarning asoslanganligi va to‘g‘ri aks ettirilganligini aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |