Bajardi: Azizova Gulruh Tekshirdi: Xojiyev M Haridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni tek- shirishning umumiy qismi - qoldiqlar haqqoniyligini baholash va bajariladigan uslubiy amallar mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni tekshirishga o'xshash.
«Jo'natilgan mahsulot, bajaril-
gan ish va ko'rsatilgan xizmatlar uchun haridor va buyurt-
machilar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar
4010 - «Xaridor-
lar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»
4020 «Olingan
veksellaf»
6310 - «Xaridorlar na buyurtmachilardan olingan
bo' naklar»
9010 - «Mahsulotlar sotishdan olingan daromadlar»
9130 - «Sotilgan ishlar va xizmatlar tannarxi»
schyotlarida hisobga olinadi
9120 - «Sotilgan tovar-
lar tannarxi»
9110 - «Sotilgan mahsulotlar tannarxi»
9030 - «Ba-
jarilgan ishlar va ko'rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlaf»
9020 - «Tovarlarni sotishdan olingan daromadlaf»
Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarning auditi mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarning auditiga o`xshash ravishda amalga oshiriladi.
Sotilgan mahsulot (ish, xizmat) lar bo`yicha qarzlarning haqiqiyligi, qonuniyligi va ishonchliligi dastlabki hisob-kitob-to`lov hujjatlari, hisob-kitoblarni inventarlash dalolatnomalari va hisob registrlaridagi ko`rsatkichlar asosida tekshiriladi.
Xaridorlar bilan hisob-kitoblarning auditi jarayonida mol yetkazib berish uchun shartnomalar tuzilganligi, Xaridor tomonidan qabul qilingan mahsulotlar uchun korxonaga tegishli bo`lgan summalar (sotish muddatlari, mahsulot sifati va boshqa omillarni hisobga olgan holda) to`g`ri hisoblanganligi, 15 % miqdorida oldindan to`lov amalga oshirilmasdan turib mahsulot berilganligi, 4010 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan schyotlar», 6230 - «Boshqa kechiktirilgan daromadlar», 6310 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo`naklar» schyotlarda ko`rsatilgan Xaridorlar qarzi haqiqiyligi aniqlanadi.
- Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarga doir muomalalarni tekshirishda 4010, 4020 va 6310 schyotlar bo`yicha hisob registrlari ma'lumotlarining Bosh daftar hamda o`zaro aloqador hisob registrlari ma'lumotlari bilan tengligi aniqlanadi.
- Bunda asosan 4010 schyot debeti bo`yicha yozuvlar 9010 -, 9020, 9030, 9210, 9220 schyotlarning krediti bo`yicha yozuvlar bilan solishtiriladi. Agar qonun yoki oldi-sotti shartnomasida tovarga mulkchilik huquqining maxsus tartibi ko`zda tutilmagan bo`lsa, u holda umumiy qoida bo`yicha mulkiy huquq mol yetkazib beruvchidan Xaridorga tovarni jo`natish vaqtida o`tadi va quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan aks ettiriladi: Debet 4010 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», Kredit 9010 - «Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar».
Muomalalarning hujjat bilan asoslanganligini tekshirish mobaynida tovar (ish, xizmat) lar bahosi shakllanishining shartnoma shartlariga muvofiqligi hamda QQS summasi va Xaridorlarga taqdim qilingan schyotlar boshqa elementlarining to`g`riligi aniqlanadi. Xaridorlar tomonidan schyotlarni to`lashning o`z vaqtidaligi va to`liqligi 5110, 5210, 5220, 6310, 7310 schyotlar bilan bog`lanadigan ma'lumotlarni taqqoslash va analitik hisob registrlaridagi yozuvlarni ko`rib chiqish yo`li bilan aniqlanadi
Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob - kitoblarni tekshirishni boshlashdan oldin saldo (qoldiq) reestrlarida ko`rsatilgan qoldiqlarning
Bosh daftardagi
4010 -«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»
4020 - «Olingan veksellar»,
6310 - «Xaridor va buyurtmachilardan olingan bo`naklar» schyotlari bo`yicha qoldiqlarga teng kelishini aniqlash zarur.
Mahsulot (ish, xizmat) lar realizatsiyasi bo`yicha to`lov talabnomalarining o`z vaqtida to`ldirilishi va inkassaga qo`yilishi tekshiriladi. Qarzlarning vujudga kelish sanalari va to`lov muddati o`tib ketgan summalarini saldo (qoldiq) reestrlari bo`yicha aniqlash zarur. Ushbu to`lov hujjatlari bo`yicha qarzlar nihoyatda puxta tekshiriladi. Chunki, amaliyotda Xaridorlar va buyurtmachilarning qarzlari 4010 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» va 4020 - «Olingan veksellar» schyotlarining debetida, to`lovlarning kelib tushishi esa 6310 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo`naklar» schyotining kreditida aks ettiriladi, shuningdek mahsulot va materiallar bir xojalik yoki tashkilotga jo`natilib, schyot esa adashib boshqasiga taqdim etilishi hollari ham uchraydi. Buning natijasida haqiqiy bo`lmagan debitor va kreditor qarzlar vujudga keladi.
Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni tekshirishda korxona rahbari va bosh buxgalteri tomonidan muddati o`tib ketgan debitor qarzlarni undirish choralari ko`rilayotganligi aniqlanadi, hisob-kitoblarni o`zaro taqqoslash va aniqlangan tafovutlarni taqqoslash dalolatnomasi tuzib to`g`rilash, qarzlarni o`zaro surishishga doir ishlarning amalga oshirilayotganligi tekshiriladi. Shuningdek, audit jarayonida Xaridorlarning muddatlari chiqib ketgan debitor qarzlari talab qilinganligi 352 va talab qilinmaganligini aniqlab tahlil qilinadi. Debitor qarzlarni hisobdan o`chirish faktlari bo`yicha auditor ushbu faktlarning asoslanganligi va to`g`ri aks ettirilganligini aniqlaydi
E’tiboringiz uchun raxmat
Do'stlaringiz bilan baham: |