169
muddatlari;
- kreditni qoplash tartibi va boshqalar.
Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha hisob-kitoblar holati 4700 -
“Xodimning boshqa operatsiyalar bo‘yicha qarzi hisobi schyoti”
schyotlar guruhi bo‘yicha, shuningdek, 4710 - “Kreditga sotilgan
tovarlar bo‘yicha xodimning qarzi” schyot ko‘rsatkichlari asosida
o‘rganiladi. Eng muhimi, Xaridorlarning muddati o‘tgan qarzlari
bo‘yicha hisob-kitoblar o‘rganib chiqiladi va muddati o‘tgan
qarzlar
paydo bo‘lishi sabablari aniqlanadi. Ularning asosiylari quyidagilardan
iborat:
- kredit berish qoidalariga rioya qilmaslik;
- ijro varaqalari bo‘yicha boshqa korxonalar yoki jismoniy shaxslar
foydasiga summalar to‘g‘ri va asosli ushlab qolinganligi, shuningdek,
ushlab qolingan summalar oluvchilarga o‘z vaqtida o‘tkazilmaganligi;
- korxona ixtiyoridagi xonadonlarda istiqomat qiluvchilar va
yotoqxonalarda, mehmonxonalarda yashovchi shaxslar bilan korxona
hisobidagi
xonadonlardan
foydalanganligi
va
maishiy
xizmat
ko‘rsatilganligi uchun hisob-kitoblar to‘g‘ri hisoblanmaganligi.
Turli debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar auditi bo‘yicha
4800 - «Turli debitorlar qarzlarini hisobga oluvchi schyotlar», 6900 -
«Turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar»
schyotlarning hisob registrlari va hisobotlardagi
buxgalteriya yozuvlari
hamda ulardagi hisobda turgan qarzlar tekshiriladi. Turli debitor va
kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tekshirish uslubiyoti va ketma-ketligi
boshqa barcha hisob-kitob muomalalarini tekshirishga o‘xshash.
Yuqorida
keltirilgan
schyotlarda
hisobga
olinadigan
muomalalarning xilma-xilligini etiborga olgan holda, auditor hisob-
kitoblar ahvolini tahlil qilish mobaynida ushbu schyotlar qo‘llanishining
qonuniyligini aniqlaydi. (Ya’ni, 4800, 6900 schyotlarida aks
ettiriladigan muomalalar boshqa schyotlarda
aks ettirilmayotganligini
aniqlaydi yoki aksincha).
Auditor yil oxirida to‘lanmagan, deponentlanmagan summalar
bo‘yicha haqiqatda to‘langan ish haqi summalaridan hisoblanishi lozim
bo‘lgan daromad solig‘ining qayta hisoblanganligini aniqlash zarur.
Ijro varaqasi bo‘yicha boshqa korxonalar foydasiga ushlanadigan
summalar (alimentlar, jarimalar, moddiy zararni undirish va h.k.)
to‘g‘riligi va asoslanganligi hisob yozuvlarini hisoblashuv-to‘lov
vedomostlari va ushlash uchun asos bo‘lgan boshqa hujjatlar bilan
solishtirish orqali tekshiriladi. Bunday summalarni o‘tkazishning o‘z
170
vaqtidaligi va to‘liqligi shaxslar bo‘yicha
qarzlarning ahvoli va
harakatini tahlil qilishda va summalarning xodimlardan ushlangan
hamda o‘tkazilgan sanasi bilan taqqoslash orqali aniqlanadi.
Budjet
tashkilotlari
bilan
hisob-kitoblarni
tekshirishda
shartnomalar mavjuddigi, ish (xizmat) bajarilishining hujjat bilan
tasdiqlanishi, ularning xususiyatlari, ishlab chiqarish yoki noishlab
chiqarishga taalluqli ekanligi aniqlanadi. Bular sarflarni moliyalashtirish
manbalarini
aniqlashning
to‘g‘riligini
tasdiqlash
uchun
zarur.
Chunonchi, o‘qitish, malaka oshirish bilan bog‘liq
va ishlab chiqarish
maqsadlari uchun zarur bo‘lsa, O‘quv uchun to‘lovlar xarajatlar tarkibi
to‘g‘risidagi nizomga muvofiq tannarxga qo‘shilishi mumkin.
Ayrim hollarda hisob-kitoblarni debitor qarz summasi katta
bo‘lgan tashkilotlardagi tegishli hujjatlar bilan taqqoslab ko‘rish tavsiya
qilinadi. Bunday qarama-qarshi tekshiruvlar birinchi navbatda, savdo va
ta’minot tashkilotlarida o‘tkaziladi.
Debitor va kreditor qarzlarining da’vo muddatlari hamda debitor
qarzlarni undirish bo‘yicha Xo‘jalik sudiga murojat qilish tartibi
tekshiriladi.
Shunindek,
debitor
va
kreditor
qarzlarining
inventarizatsiyasi va uning natijalari tahlil qilinadi. Buning uchun
auditor turli debitor va kreditorlar bilan
hisob-kitob muomalalarini
auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishni yakunlashda ishchi hujjatlardagi
malumotlarni umumlashtiradi va 4800, 6900 – schyotlar bo‘yicha hisob
hamda hisobot ma’lumotlarining ishonchliligi, hisobni yuritish
to‘g‘riligini baholaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: