Toshkent moliya instituti hamdamov baxrom kasimovich ilxomov shavkat islomovich



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/136
Sana17.07.2022
Hajmi2,59 Mb.
#817673
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   136
Bog'liq
Амалий аудит Дарслик

 
9.3-jadval 
Bank kreditlari auditining obyektlari 
 
Ko‘rsatkichlar 
Ko‘rsatkichlar keltirilgan 
moliyaviy hisobot shakllari 
Nomi 
Schyotlar 1-shakl 2- shakl 4- shakl 
Satr 
Satr 
Satr 





Uzoq muddatli bank kreditlari 
7810 
570 
Uzoq muddatli qarzlar 
7820 
580 
Qisqa muddatli qarzlar 
6820 
740 
Foizlar shaklidagi xarajatlar 
180 
Valyuta kursi farqidan daromadlar 
150 
Olingan va to‘langan foizlar 
110 
Uzoq va qisqa muddatli kredit va 
qarzlar bo‘yicha pul tushumlari va 
to‘lovlari 
150 
Investitsion faoliyatning sof pul 
kirimi va chiqimi 
100 
Bularni tekshirish uchun auditorga korxonada qo‘llanilayotgan 
buxgalteriya hisobi shakliga xos quyidagi sintetik va analitik hisob 
registrlari taqdim qilinadi: 
- agar jurnal-order shakli qo‘llanilsa, 4 va 12 jurnal-orderlar; 
- agar hisob ishlari komputerlashtirilgan bo‘lsa, 6810, 6840, 7810, 
7820, 7830 va 7840 - schyotlar bo‘yicha komputer shakllari, analitik 
vedomostlar va bosh daftar. 
Tekshiruvning ushbu sohasiga kirishishdan oldin auditor kredit va 
qarz shartnomalari o‘rtasidagi asosiy farqlarni bilishi lozim. 
21–son BHMS ga muvofiq, kredit va qarzlardan foydalanganlik 
uchun to‘lanadigan foiz to‘lovlari moliyaviy faoliyatga doir chiqimlar 


176 
tarkibida hisobga olinishi, ya’ni moliyaviy natijalarga - 9610 - «Foiz 
ko‘rinishidagi xarajatlar» schyotining debetiga olib borilishi, soliqqa 
tortish maqsadida esa foyda solig‘i bo‘yicha qonunchilik talablariga 
muvofiq hisobga olinishi lozim. 
Foizlarni hisobga olishning shunga o‘xshash tartibi ishlab 
chiqarish zaxiralari sotib olish uchun olingan qarz mablag‘lari bo‘yicha 
ham qo‘llaniladi. 4-son «Tovar-moddiy zaxiralari» nomli BHMS ga 
muvofiq, korxonalar kredit uchun to‘lovlarga doir xarajatlarni, agar 
bular sotib olish bilan bog‘liq bo‘lsa, moddiy ishlab chiqarish 
zaxiralarining haqiqiy tannarxiga qo‘shiladi. Bu tartibga sotib olingan 
tovar moddiy zaxiralarni omborga kirim qilinishiga qadar rioya qilishi, 
so‘ng esa foizlar odatdagi tartibda hisobga olinadi. 
Kredit va qarzlarni hisobga olishning tashkil etilishini tekshirishda 
auditor olingan kreditlar bo‘yicha qoldiqlar qanday baholanayotganligini 
ham aniqlashi zarur. Auditor kreditlarning maqsadga muvofiq 
sarflanishini va ssuda qarzlarini qaytarish tartibini (pul mablag‘lari 
ko‘rinishida, veksel berish yo‘li bilan, o‘zaro qarz surishish orqali) 
aniqlashi kerak. Kreditlarni qaytarishning to‘liqligi va o‘z vaqtidaligini 
auditor bank ko‘chirmalari bo‘yicha tekshiradi. 
7810 - «Uzoq muddatli bank kreditlari» schyoti bo‘yicha uzoq 
muddatli kreditlarning qaytarilishigacha 12 oy to‘lmasdan, hisobot 
tuzishda qaytarilmagan qoldiq qisqa muddatli qarz tarkibida ko‘rsatiladi. 
Auditor kreditlar bo‘yicha muddati o‘tib ketgan qarzlar 
mavjudligini tekshiradi, o‘z vaqtida qaytarilmaslik sabablarini va ularni 
qaytarish uchun qanday choralar ko‘rilayotganligini aniqlaydi. Bunda 
bank ssudalari bo‘yicha muddati o‘tib ketgan qarzlar mavjud bo‘lganida 
kreditlar uchun foiz stavkalarining qanday ko‘tarilib borganini aniqlashi 
zarur. Chunki bu korxona daromadlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 6810 - 
«Qisqa muddatli bank kreditlari» yoki 7810 - «Uzoq muddatli bank 
kreditlari» schyotlari bo‘yicha 5110 - «Hisob-kitob schyoti» 5210 - 
«Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari» bilan bog‘langan debet 
yozuvlarini tahlil qilib, auditor olingan kreditlarning o‘z vaqtida 
qaytarilishini tekshiradi. 
Amaliyotda auditor ayrim kreditlarning muddati, bir yoki bir necha 
marta uzaytirilganligini uchratishi mumkin. Bunday hollarda auditor 
kreditlarni o‘z vaqtida qaytarish imkoniyati haqida va ko‘rilgan 
zararlarning hajmi to‘g‘risida fikr bildirishi lozim.
Auditor kreditlarning qaytarilishi ta’minlanganligi masalalariga 
ham e’tibor qaratishi zarur. Kafolat xati, qimmatli qog‘ozlar, tovarlar va 


177 
boshqa mulklarni garovga qo‘yish kredit ta’minotining asosiy turlaridir. 
Shulardan garov to‘g‘risidagi shartnomalar keng tarqalgan. Bunda 
quyidagilarni tekshirish zarur: garov to‘g‘risidagi shartnomaning 
haqqoniyligi, uning yuzaki tuzilmaganligi, unda garovga qo‘yilgan 
mulklarning qanchalik aniq ko‘rsatilganligi va hokazo. 
Kreditlar hisob-kitob schyoti yoki valyuta schyotidan pul 
o‘tkazish, hamda qimmatli qog‘ozlarni berish yuli bilan qaytarilishi 
mumkin. 
Auditor kreditlardan foydalanganlik uchun foiz summalarining 
qanday schyotlarda aks ettirilganligi yoki qaysi manbalar - moliyaviy 
natijalar yoki boshqa manbalar hisobidan qoplanganligini tekshiradi. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish