10.3. Ustav kapitali (fondi) auditi
Ustav kapitali shakllanishining tekshiruvi vaqtida Ustav kapitali
o‘z vaqtida, ya’ni uning belgilangan muddatlarda shakllanganligi, e’lon
qilingan kirim ulushi to‘liq kiritilganligi va shakllanish manbalari
(ta’sischilarning yoki ishtirokchilarning xususiy mablag‘lari hisobiga,
uchinchi shaxslar ulushlari hisobiga) aniqlanadi.
Ustav kapitali - bu Xo‘jalik yurituvchi subyektning Nizomida
ro‘yxatga olingan kapitalning eng kam miqdoridir.
Boshqacha qilib aytganda, Nizom kapitali (jamg‘armasi) bu
korxona tashkil etilishida, uning ta’sis hujjatlari bilan belgilangan
miqdorda faoliyatini amalga oshirish uchun ishtirokchilar (mulk egalari)
tomonidan mol-mulkka kiritilgan ulushlarining yig‘indisi hisoblanadi.
21-son BHMS
1
ga binoan, Korxona ustav kapitalining holati va
harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda
amalga oshiriladi:
8310 - «Oddiy Aksiyalar»;
8320 - «Imtiyozli aksiyalar»;
8330 - «Pay va ulushlar».
Bozor sharoitida Nizom kapitali, bir tomondan, korxona mol-mulki
qiymatini, ikkinchi tomondan esa - ta’sischilar, investorlar oldida
korxona majburiyatlari bo‘yicha summalarni ifoda etadi. Nizom kapitali
bo‘yicha moliyaviy-Xo‘jalik operatsiyalarni aks etish tartibi bo‘yicha
o‘zgarishlar respublikada hosil bo‘lgan zamonaviy bozor iqtisodiyoti
talablaridan kelib chiqqan. Nizom kapitalining shakllanishi amaldagi
qonunchilik va ta’sis hujjatlari bilan tartibga solinadi. Nizom
kapitalining shakllanishi Xo‘jalik subyektining mulkka egalik qilish
shaklidan kelib chiqqan holda: aksiyadorlik jamiyatlarida - aksiyadorlar
aksiyalarga yozilganligi hisobiga, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda -
har bir ishtirokchining bergan ulushi hisobiga, davlat korxonalarida-
mazkur iqtisodiy subyektga biriktirilgan davlat mulki hisobiga amalga
oshiriladi.
Nizom kapitalining tekshiruvida auditor uning summasi haqiqiy
ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak. U buxgalteriya balansi va xususiy
kapital to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladi. «Nizom kapitali hisobi
bo‘yicha schyotlar»ga oid qoldiq korxonaning ta’sis hujjatlarida aks
ettirilgan Nizom kapitali miqdoriga muvofiq bo‘lishi lozim.
1
21-son “Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni
qo’llash to’g’risida yo’riqnoma” O’zbekitson Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS), O’z R.
AV 2002-yil 23-oktabrda 1181-son bilan ro’yxatga olingan .
187
Auditor Xo‘jalik subyekti davlat ro‘yxatiga olingandan keyin
ushbu korxonaning buxgalteriyasida Nizom kapitali ta’sischilarning
Nizom kapitaliga ulushlarini kiritish bo‘yicha qarzlarini hisobga olish
schyotlarining debetlash va Nizom kapitalini hisobga olish bo‘yicha
schyotlarining kreditlashini hisobga olishlari kerakligini nazarda tutishi
lozim.
Agar, tekshirish vaqtida ushbu schyotlar bo‘yicha balansdagi
qoldiqlar teng bo‘lsa, bu ta’sischilar tomonidan Nizom kapitaliga o‘z
ulushlarini kiritilmaganligini ifodalaydi. Bunday korxonalar ta’sis
etilmagan (tashkil topmagan) deb hisoblanadi va tugatilishi lozim.
Korxonaning Nizom kapitaliga ulush sifatida binolar, inshootlar,
jihozlar va boshqa moddiy qiymatliklar, nomoddiy aktivlar, qo‘shma
korxona ishtirokchilari davlatlarining pul mablag‘lari ko‘rinishidagi
valyutalar va erkin konvertatsiya qilinadigan valyuta sifatida kiritilishi
mumkin.
Auditor ta’sischilar tomonidan kiritilgan ulushlarni dastlabki
hujjatlar asosida va asosiy vositalar va pul mablag‘lari, nomoddiy
aktivlar, ishlab chiqarish zaxiralari va boshqalarni hisobga olish
schyotlarining debeti bilan korrespondentlangan Nizom kapitali ulushlar
bo‘yicha ta’sischilarning qarzi schyotning kreditidagi yozuvlari asosida
tekshiradi.
Masalan, kirim kassa orderlari, asoslovchi hujjatlar ilova qilingan
bankning hisob-kitob va valyuta schyotlaridan ko‘chirmalar asosida
ta’sischilar ulushi hisob-kitob va valyuta schyotlariga to‘liq va o‘z
vaqtida kirim qilinganligi tekshiriladi.
Ta’sis hujjatlarida qayd etilgan va Nizom kapitaliga ulush sifatida
kirim qilingan moddiy qiymatliklar, nomoddiy aktivlar ta’sischilar
kelishuvi bo‘yicha aniqlanadi va baholanadi. Valyutalar va valyuta
qiymatliklari jamiyat ro‘yxatdan o‘tkazilgan kuniga amalda bo‘lgan
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining kursi bo‘yicha
baholanadi. Nizom kapitaliga ulush sifatida kiritilgan qimmatli
qog‘ozlar va boshqa moliyaviy aktivlar ta’sischilarning kelishuviga
asosan baholanadi.
Ustav kapitaliga yoki aksiyalarni to‘lash uchun haqiqatda kiritilgan
moddiy qiymatliklar, nomoddiy aktivlar jamiyat aktiviga o‘tkazish
davrida amalda bo‘lgan bozor narxlari bilan baholanadi. Bozor
narxlariga ega bo‘lmagan nomoddiy aktivlar ta’sis hujjatlarida qayd
etilgan yoki tomonlar kelishuvi bilan belgilangan narxlar bilan
baholanadi. Ushbu obyektlarni baholash, odatda, yuqori malakali
188
mutaxassislarga topshiriladi.
Ustav kapitaliga ulush sifatida amalda kiritilgan valyuta va valyuta
qiymatliklari, jamiyatga kirim qilinishi vaqtida amalda bo‘lgan rasmiy
kurs bo‘yicha baholanadi. Qimmatli qog‘ozlar oxirgi birja kursi
bo‘yicha baholanadi.
Moliyaviy aktivlar va birjada kotirovkaga ega bo‘lmagan qimmatli
qog‘ozlar
tomonlar kelishuviga
asosan
baholanadi.
Murakkab
sharoitlarda hamda amaldagi qonunchilik talab qilganda, ustav
kapitaliga ulush sifatida kiritilgan aktivlarning to‘g‘ri baholanishi
mustaqil auditor xulosasi bilan tasdiqlanadi.
Ulush sifatida ustav kapitaliga amalda kiritilgan moddiy va valyuta
qiymatliklari, nomoddiy va moliyaviy aktivlarning baholanishi ularni
ta’sis hujjatlari va dastlabki kelishuvlardagi baholanishidan farq qilishi
mumkin.
Asosiy
vositalarni
qabul
qilish-topshirish
dalolatnomalari,
ma’lumotlar, nomoddiy aktivlar kelib tushishini tasdiqlovchi hujjatlar va
asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni hisobga olish schyotlarining
debet aylanmalariga asosida o‘tkazilgan uskunalar, binolar, inshootlar,
ma’naviy mol-mulkka egalik huquqlarining qiymati aniqlanadi.
Materiallarni qabul qilish dalolatnomalari, tovar-transport yuk xatlari,
ishlab chiqarish zaxiralarini hisobga olish bo‘yicha schyotlari
ma’lumotlariga ko‘ra kelib tushgan moddiy qiymatliklar qiymati
aniqlanadi.
Har bir qo‘yilma, Nizom kapitalini shakllantirish tartibiga izoh
qilingan hujjatlar bilan tasdiqlanishi lozim. Bundan tashqari, ustav
kapitaliga ulush sifatida kiritilayotgan mablag‘larning alohida turlari
ta’sischilar - jismoniy shaxslarning shaxsiy mulk egaligini tasdiqlovchi
hujjatlarga ega bo‘lishi lozim. Bularga, masalan, xususiylashtirilgan
xonadon, ma’naviy molk-mulk, transport vositalari va boshqalar kiradi.
Shunday qilib, auditor ta’sischilar kiritgan ulushlarga oid ularning har
biri bo‘yicha yuritiladigan varaqalar yoki qaydnomalarda aks etirilgan
ulushlar bo‘yicha qarzlar, to‘lash muddatlari, kiritilgan aktivlar summasi
va qarzlarni qoplanishi bo‘yicha tahliliy hisobni tekshiradi.
Ishtirokchilarning ustav kapitaliga kirim qilingan ulushlari hisobda
va balansda ular amalda kelib tushishi bo‘yicha aks ettiriladi.
Korxonaning ustav kapitaliga ulushning amalda kelib tushish vaqti
bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
- pul mablag‘lari uchun - pullar hisob-kitob (valyuta) schyotiga
kirim qilingan sanasi;
189
- moddiy va nomoddiy aktivlar uchun - moddiy va nomoddiy
aktivlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomalari va ushbu obyektlar
kelib tushganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar rasmiylashtirilgan
sanasi.
Korxona ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan kiritilgan
ulushlarning to‘liqligi uning ta’sis hujjatlarida qayd etilgan va Nizom
kapitali hisobining schyotlaridagi aks etilgan miqdorini Nizom kapitali
ulushlar bo‘yicha ta’sischilar qarzi schyotidagi miqdori bilan solishtirish
yo‘li bilan aniqlanadi.
Ustav kapitalini tekshirish vaqtida buxgalteriya hisobida to‘g‘ri
rasmiylashtirilganligi va 13-sonli jurnal-orderda Nizom kapitali hisobi
bo‘yicha schyotda qonuniy va to‘g‘ri aks etilganligi, ular amaldagi
qonunchilikka muvofiq ekanligi aniqlanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |