Toshkent moliya instituti hamdamov baxrom kasimovich ilxomov shavkat islomovich


 Subyektning moliyaviy hisobotini o‘rganish va u belgilangan



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/136
Sana17.07.2022
Hajmi2,59 Mb.
#817673
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   136
Bog'liq
Амалий аудит Дарслик

 
11.4. Subyektning moliyaviy hisobotini o‘rganish va u belgilangan 
muddatlarda topshirilishi ta’minlanishini tekshirish 
Korxonaning asosiy vazifasi – mahsulot (ishlarni bajarish yoki 
xizmatlarni ko‘rsatish) ishlab chiqarish va mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni 
sotilishidan istiqbolda ko‘zlangan natijalarni olish - ishlab chiqarish va 
iste’molchilarga sotuv bozorida tovarlarni, nomoddiy xizmatlarni sotish 
(loyiha-tadqiqot ishlarni bajarish, transport va bank xizmatlarini 
ko‘rsatish va boshqalar) va iste’molchilarga boshqa xizmatlarni bajarish 
jarayonida amalga oshiriladi. 
Ishlab chiqarish-Xo‘jalik faoliyati jarAyonida korxona ishlab-
chiqarish-Xo‘jalik jarayonining turli bosqichlarida vujudga keladigan 
schyotlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish qobiliyatiga ega bo‘lishi 
lozim. Bu korxonani faollik bilan moliyaviy faoliyatini amalga 


204 
oshirishga, investitsiya bozorlarida faoliyat ko‘rsatishga undaydi. 
Xodimlarni boshqarish va ma’muriy faoliyat ham ishlab chiqarishning 
bir qismi hisoblanadi, chunki u ishlab chiqarish jarayonini qo‘llab-
quvvatlaydi va uning rivojlanishiga imkon yaratadi. 
Korxona o‘zining ishlab chiqarish faoliyati bilan yagona tizim 
hisoblangan jamiyatning bir qismi hisoblanadi. Bu umumiy tizimning 
boshqa bo‘g‘inlaridan turli darajada qaram bo‘lgan ochiq bo‘g‘indir, o‘z 
navbatida, ular ushbu bo‘g‘inga bog‘liqdirlar. Korxona bilan o‘z 
manfaatlari va maqsadlari bilan bog‘liq bo‘lgan va, shu bois, unga 
qaram bo‘lgan shaxslar, guruhlar yoki uyushmalar korxonaning o‘zaro 
bog‘liq guruhlari deb ataladi. Bular: xususiy mulkdorlar, xodimlar, 
moliyachilar, ta’minotchilar, Xaridorlar va umuman jamiyatdir. O‘zaro 
bog‘liq guruhlar korxonaga qo‘yilmalarni amalga oshiradilar va buning 
uchun turli ko‘rinishdagi ulush to‘lovlarini oladilar. O‘zaro bog‘liq 
guruhlar ichida korxona faoliyati va uning natijalariga muayyan ta’sir 
ko‘rsatuvchi ayrim raqobatchilar ham bo‘lishi mumkin. 
Ishlab chiqarish jarayonlari va pul aylanishi u yoki bu darajada 
vaqt bilan bog‘liq. Ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan tarkibiy 
qismlarni sotib olish va ishlab chiqarishni o‘zini tashkil etish ishlab 
chiqarilgan mahsulotni sotishdan olingan daromadlardan oldin hosil 
bo‘lishi munosabati bilan korxona rahbariyati ishlab chiqarish jarayonini 
korxonaning moliyaviy imkoniyatlari bilan muvofiqligini ta’minlashi 
lozim. Bu korxonaning moliyaviy-Xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida haqqoniy 
xulosalar shakllantirish va uni takomillashtirish yuzasidan takliflar 
kiritish uchun korxonada audit o‘tkazishning eng muhim bosqichlaridan 
biri hisoblanadi. 
Korxonaning moliyaviy-Xo‘jalik faoliyatini o‘rganishda mahsulot 
(ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotilishining hajmi ko‘rib 
chiqiladi; ular hisobot davrida mo‘ljallangan ko‘rsatkichlar bilan 
solishtiriladi; mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotilishi 
dinamikasi, shartnomaviy majburiyatlar bajarilishi va hisobga olinishi
sifatsiz 
mahsulot 
(ishlar, 
xizmatlar) 
ishlab 
chiqarishdan 
nobudgarchiliklar va sifatsiz hamda butlanmagan mahsulot yetkazib 
berilganligi uchun to‘lovlar, mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish 
va sotish bo‘yicha xarajatlar, mahsulot ishlab chiqarish va sotish 
bo‘yicha hisobot ma’lumotlari dastlabki hujjatlar va buxgalteriya hisobi 
ma’lumotlariga muvofiqligi, korxonaning sanoat-ishlab chiqarish va 
barcha xodimlarining soni va korxonaning o‘ziga xos bo‘lgan 
xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa masalalar tahlil qilinadi. 


205 
Yuqorida qayd etilganidek, korxonaning moliyaviy-Xo‘jalik 
faoliyati 
to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarning asosiy hajmi korxona 
faoliyatining barcha jabhalarini pul ifodasida aks etuvchi va bir vaqtning 
o‘zida hisobot davri bo‘yicha hisob ishlarining yakuniy bosqichini 
ifodalovchi moliyaviy hisobotda mujassamlangan. 
Moliyaviy 
hisobotlarning 
namunaviy 
shakllari, 
tayyorlash 
qoidalari, taqdim etish muddatlari, ularni ko‘rib chiqish va tasdiqlash 
tartibi O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi 
qonuni (keyingi kiritilgan qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar bilan) va 
korxonalarning chorak va yillik moliyaviy hisoboti shakllarini to‘ldirish 
to‘g‘risida 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Moliya 
vazirligining 
yo‘riqnomalari bilan tartibga solinadi. 
Korxonalar tomonidan chorak va yillik moliyaviy hisobotlarni 
tayyorlashda quyidagi shartlarga rioya qilinishi lozim: hisobot davri 
bo‘yicha barcha Xo‘jalik operatsiyalar va ishlab chiqarish zaxiralari, 
tayyor mahsulot va hisob-kitoblarni inventarizatsiya natijalari to‘liq aks 
etilishi; sintetik va tahliliy hisob ma’lumotlari bir biriga mos kelishi; 
hisobot va balans ko‘rsatkichlari sintetik va tahliliy hisob ko‘rsatkichlari 
bilan tegishli ravishda rasmiylashtirilgan asos bo‘luvchi hujjatlar yoki 
ularga tenglashtirilgan ma’lumot texnikaviy saqlovchi manbalar asosida 
to‘ldirilishi va bir biriga to‘liq muvofiqligi; balans moddalari to‘g‘ri 
baholanishi. 
Balans ma’lumotlari yil boshi va oxiriga solishtirishligini 
ta’minlash uchun tasdiqlangan balansining yil boshiga moddalar 
nomenklaturasi balansning yil oxiriga belgilangan bo‘limlar va 
moddalar nomenklaturasi va guruhlanishi bilan muvofiq bo‘lishini 
ta’minlanishi lozim. 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2002-yil
27-dekabrda «Moliyaviy hisobot shakllarini tasdiqlash va ularni 
to‘ldirish qoidalari to‘g‘risida»gi 140-sonli buyrug‘i bilan yuridik 
shaxslar uchun (budjet muassasalari, sug‘urta tashkilotlari va banklar 
bundan istisno) yillik va chorak hisobotlari quyidagi shakl va hajmlarda 
tasdiqlagan: 
yillik hisobot: 
1-sonli shakl «Buxgalteriya balansi»; 
2-sonli shakl «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot»; 
2a-sonli shakl «Debitorlik va kreditorlik qarzlar bo‘yicha 
ma’lumotnoma»; 
3-sonli shakl «Asosiy vositalar harakati to‘g‘risida hisobot»; 


206 
4-sonli shakl «Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot»; 
5-sonli shakl «Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot». 
yarim yillik va chorak hisobot: 
1-sonli shakl «Buxgalteriya balansi»; 
2-sonli shakl «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot»; 
2a-sonli shakl «Debitorlik va kreditorlik qarzlar bo‘yicha 
ma’lumotnoma»; 
Korxonaning yillik moliyaviy hisobotiga hisobot yili davrida 
korxona faoliyati natijalariga ta’sir etgan omillarni yoritgan holda
korxonada yillik moliyaviy hisobot natijalari va sof foydani taqsimlash 
yuzasidan ko‘rib chiqib qabul qilingan qarorlarni aks ettiruvchi 
tushuntirish xati va buxgalteriya hisoboti tekshiruvi to‘g‘risida auditorlik 
xulosasi ilova qilinadi. 
Agar yil boshiga kirish balansi o‘zgartirilgan bo‘lsa, hisobotga 
ilova qilingan tushuntirish xatida buning sabablari ko‘rsatiladi. Bunda, 
shuningdek, korxonada qabul qilingan hisob siyosati, kelgusi yil uchun 
hisob siyosati, agar u hisobot yilida qabul qilingandan farq qilsa, 
keltiriladi. 
Chorak va yillik hisobotlarni tayyorlashda korxona egalari va 
davlat manfaatlariga rioya qilish, investorlar, kreditorlar, aksiyadorlar, 
soliq idoralari, ta’sischilar, banklar, xalqaro andozalar talablarini 
hisobga olish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, 
O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonun, 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi hamda buxgalteriya 
hisobini yuritish va hisobotlarni tayyorlashga oid amaldagi barcha 
yo‘riqnomalarga asoslanish lozim. 
Moliyaviy hisobot tuzish uchun sana bo‘lib hisobot yilining oxirgi 
taqvimiy kuni hisoblanadi. Tugatilgan yoki hisobot yilida davlat 
tasarrufidagi mulkchilikni jamoa mulkchiligiga aylantirib qayta tashkil 
etilgan korxona tomonidan yil boshidan tugatilgan (qayta tashkil etilgan) 
vaqtgacha bo‘lgan muddatga amaldagi yillik hisobot shakllari bo‘yicha 
hisobot taqdim etiladi. 
Yangi tashkil etilgan korxonalar hisobotda o‘z mablag‘lari va 
ularning manbalarini (sotib olingan, qabul qilingan qiymati bo‘yicha) 
belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan oyning 1 sanasidan hisobot 
yilining 31-dekabrigacha hisobotda ko‘rsatadilar, hisobot yiling
1-oktabridan keyin tashkil etilgan korxonalar esa - davlat ro‘yxatidan 
o‘tgan sanadan boshlab keyingi yilning 31-dekabrigacha hisobot 


207 
beradilar. Qayd etilgan tartib tugatilgan (qayta tashkil etilgan) 
korxonalar, ularning filiallari va tarkibiy bo‘linmalariga taalluqli emas. 
Korxona balansining bandlari aktivlar va passivlarning sinchkovlik 
bilan o‘tkazilgan inventarizatsiya bilan asoslanishi lozim. Bunda yillik 
hisobot taqdim etilgunga qadar, doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi 
inventarizatsiya 
komissiyasi 
tomonidan 
inventarizatsiya 
vaqtida 
qiymatliklarning amaldagi mavjudligi bilan buxgalteriya hisobidagi 
ma’lumotlar o‘rtasidagi farqlar tartibga keltirilishi lozim. Shuningdek, 
solishtirma dalolatnomalari yoki o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qoldiqni 
tasdiqlovchi xatlar bilan rasmiylashtirilgan debitorlik va kreditorlik 
qarzlari bo‘yicha inventarizatsiya amalga oshiriladi. O‘tkazilgan 
inventarizatsiyaning 
soni 
va 
natijalari, 
shuningdek, 
ular 
o‘tkazilmaganligi sabablari yillik hisobotga ilova qilinadigan 
tushuntirish xatida aks etilishi kerak. 
Moliyaviy, soliq idoralari va bank muassasalari bilan hisob-
kitoblar bo‘yicha balans moddalaridagi summalar ular bilan kelishgan va 
muvofiq bo‘lishi lozim. Balansda ushbu hisob-kitoblar bo‘yicha tartibga 
solinmagan summalarni qoldirish mumkin emas. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish