Toshkent moliya instituti hamdamov baxrom kasimovich ilxomov shavkat islomovich


 Balans to‘g‘ri tuzilganligini tekshirish



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/136
Sana17.07.2022
Hajmi2,59 Mb.
#817673
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   136
Bog'liq
Амалий аудит Дарслик

 
11.5. Balans to‘g‘ri tuzilganligini tekshirish 
Auditor korxona moliyaviy-Xo‘jalik faoliyati tekshiruvini amalga 
oshirishda Xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha mol-mulki va ular 
vujudga kelish manbalari to‘g‘risida hisob va hisobot ma’lumotlari to‘liq 
va ishonchli ekanligi nuqtainazaridan o‘z vaqtida amalga oshirilganligi, 
tahliliy hisob holatini o‘rganishga jiddiy diqqat e’tiborini qaratish lozim. 
Buxgalteriya hisobi nazariyasi va turli xil faoliyatlarni amalga 
oshirayotgan korxonalarda buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha 
nazariy adabiyotlar, o‘quv qo‘llanmalar va boshqa tadqiqotlarda shu 
vaqtgacha buxgalteriya hisobining nazariy va amaliy asoslari, 
tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy ta’minlashda tahliliy hisobga yetarli 
e’tibor berilmagan, va, buning natijasida, auditorlik xulosasi ishonchli 
tayyorlanishining ta’minlanishi murakkablashadi. 
Odatda tahliliy hisobni qo‘llash korxona mablag‘lari, ularning 
hosil bo‘lish manbalari, moliyaviy va Xo‘jalik jarayonlari hisobini 
batafsillashtirishdan kelib chiqadi. Lekin, buxgalteriya hisobining 
amaliyotida tahliliy schyotlar bo‘yicha iqtisodiy turdosh guruhlarning 
har biri nafaqat korxonaning umumiy mablag‘lari, ularning manbalari 
va moliyaviy-Xo‘jalik jarayonlarini aniq bir buxgalteriya schyotida 


208 
hisobga olingan pul va miqdoriy ko‘rinishda ifolashdan tashqari, 
buxgalteriya hisobotini tayyorlash, korxona faoliyatini tahlil qilish va 
audit o‘tkazish uchun asosiy negiz hisoblanib, umuman buxgalteriya 
hisobi holatini tavsiflaydi. 
Tahliliy hisob buxgalteriya hisobining tahliliy imkoniyatlarini 
chuqurlashtirish va kengaytirish maqsadida ma’lumotni umumlashtirish 
quroli hisoblanadi. 
Tahliliy 
schyotlarning 
tarkibi 
va 
mazmuni 
Xo‘jalik 
operatsiyalarining aniq tavsiflari, korxona moliyaviy-Xo‘jalik faoliyatini 
nazorat va tahlil qilish vazifalari bilan belgilanadi. Buxgalteriya hisobi 
bilan jamlanadigan Xo‘jalik operatsiyalarning yig‘indisi alohida tahliliy 
schyotlarda batafsillashtiriladi. Ular hisobot davrida amalga oshirilgan 
Xo‘jalik operatsiyalar, Xo‘jalik holatlari va operatsiyalar to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni joriy hisobda aks etish usullari, buxgalteriya hisobi bilan 
jamlangan ma’lumotlarni umumlashtirish va guruhlash bo‘yicha 
batafsillashtirilgan ma’lumotlarning guruhlangan belgilari sifatida 
nazarda tutish lozim. 
Tahliliy 
schyotlar 
tizimi 
korxona 
tomonidan 
xo‘jalik 
operatsiyalarini nafaqat pul o‘lchamlarida, balki sintetik buxgalteriya 
hisobining 
umumlashtirilgan 
ko‘rsatkichlariga 
nisbatan 
tahliliy 
hisobning batafsillashtirilgan ko‘rsatkichlari ma’lumotlilik darajasini 
oshiruvchi natural yoki mehnat o‘lchamlarida aks etish imkonini beradi. 
Agar korxonada tahliliy hisob yuritilmasa, unda amalda 
buxgalteriya hisobi yuritilmagani va hisob ma’lumotlari umuman 
mavjud emasligini amaliyotchi buxgalterlar yaxshi bilishadi. Lekin, bir 
qator holatlarda, ayniqsa tijorat tizimlarida, xususiy komputerlarni 
qo‘llash sharoitlarida, ushbu ish umuman olib borilmaydi yoki nihoyatda 
past darajada yuritiladi. Bu esa, o‘z navbatida, faoliyat ko‘rsatayotgan 
korxonada tahliliy buxgalteriya hisobini yuritish talablariga javob 
beradigan tegishli chop etilgan hujjatlar yo‘qligi sababli, sintetik 
buxgalteriya hisobi ko‘rsatkichlarining haqqoniyligi va balans 
moddalarining ishonchliligini aniqlash imkonini bermaydi. 
Tahliliy hisobning haqiqiy vazifasi sintetik buxgalteriya hisobi 
tizimida aks etilgan moliyaviy-Xo‘jalik operatsiyalarni to‘liq aks 
etishdan 
iboratdir. 
Busiz 
tahliliy 
hisobning 
umumlashtirilgan 
ko‘rsatkichlarini buxgalteriya hisoboti hisobot shakllarining asosi 
hisoblangan 
va 
faqat 
tahliliy 
hisob 
tizimida 
barcha 
ishlar 
yakunlanganidan keyingina tayyorlanishi mumkin bo‘lgan balansning 
tegishli schyotlar ko‘rsatkichlari va alohida moddalari bilan solishtirish 


209 
yo‘li orqali buxgalteriya hisobining tahliliy va sintetik ko‘rsatkichlari bir 
biriga mos kelishligini tekshirish imkoni bo‘lmaydi. Bu joriy oyning 
yoki hisobot davrining har bir sanasiga bir vaqtning o‘zida tahliliy hisob 
tizimi bo‘yicha batafsillashtirilgan ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda, 
sintetik 
buxgalteriya 
hisobida 
joy 
olgan 
umumlashtirilgan 
ko‘rsatkichlarga ham ega bo‘lish maqsadida, sintetik hisobni yuritish 
bilan bir vaqtning o‘zida tahliliy hisobni ham yuritishni taqozo etadi. 
Auditor korxona moliyaviy-Xo‘jalik faoliyatining tekshiruvida, uni 
amalga 
oshirishning 
dastlabki 
bosqichlarida, 
tahliliy 
hisob 
ko‘rsatkichlari 
Bosh 
kitobda 
umumlashtirilgan 
sintetik 
hisob 
ko‘rsatkichlariga, uning ko‘rsatkichlari esa, korxonada qo‘llaniladigan 
tahliliy hisob tizimida batafsilllashtirilganligini hisobga olgan holda
balans aktiv va passivining tegishli moddalarining ko‘rsatkichlari bilan 
muvofiqligini tekshirishi lozim. 
Ushbu ko‘rsatkichlarning bir-biriga mos kelmasligi, korxonada 
moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobini yuritish amaldagi 
qonunchilik bilan belgilangan tartibi jiddiy ravishda buzilganligi 
to‘g‘risida dalolat beradi, bu esa, auditorlik tekshiruvi dasturi va 
kelajakda 
tuziladigan 
auditorlik 
xulosasi 
tuzilishiga 
tegishli 
xususiyatlarni kiritishni taqozo etadi. Auditorlik tekshiruvi jarayonida 
korxonada tahliliy hisob yuritilmasligi aniqlansa, bu to‘g‘risida tegishli 
dalolatnoma tuzgan holda, tekshiruvni to‘xtatish maqsadga muvofiqdir
korxona bilan esa, agar u mustaqil ravishda tahliliy hisobni tashkil eta 
olmasa, auditorlik tashkiloti kuchi bilan tahliliy hisobni tiklash 
to‘g‘risida shartnoma tuzilishi lozim. 
Moliyaviy hisobotni buzib ko‘rsatish turlari. Auditorlik tekshiruvi 
jarayonida auditor moliyaviy hisobot mijozning moliyaviy holatini 
to‘g‘ri aks etishiga kafolat olish maqsadida, muayyan muolajalarni 
amalga oshiradi. Shuning bilan bir qatorda, hisobotda bir qator buzib 
ko‘rsatishlar aniqlanmasdan qolib ketish xafvi borligini inkor qilib 
bo‘lmaydi. 
Auditorning moliyaviy hisobotda ahamiyatli darajada buzib 
ko‘rsatishlar mavjud bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risidagi har bir shubhasi
o‘z shubhalaridan kechish yoki ularni tasdiqlash uchun, undan 
muolajalarni kengaytirishni talab qiladi. Moliyaviy hisobotdagi buzib 
ko‘rsatishlar, ya’ni buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish 
bo‘yicha belgilangan qoidalarga rioya qilmaslik natijasida buxgalteriya 
ma’lumotlarini noto‘g‘ri aks ettirish va taqdim etishni ikki turi mavjud: 
ataylab qilingan va bilmasdan sodir etilgan. 


210 
Moliyaviy hisobotda ataylab qilingan buzib ko‘rsatishlarni sodir 
etish tekshirilayotgan iqtisodiy subyekt xodimlarining oldindan bilgan 
holda harakat qilishi (yoki harakat qilmasligi) natijasidir. Ular moliyaviy 
hisobotdan 
foydalanuvchilarni 
chalg‘itish 
uchun 
g‘arazgo‘ylik 
maqsadida amalga oshiriladi. Shuning bilan bir qatorda, auditor 
moliyaviy hisobot ma’lumotlarida buzib ko‘rsatishlarga olib keladigan 
iqtisodiy subyektining xodimi tomonidan oldindan bilgan holda qilgan 
harakatlari (yoki harakat qilmasligi) to‘g‘risida xulosa faqat bunga 
vakolatga ega bo‘lgan idora tomonidan chiqarilishi mumkinligini 
unutmasligi lozim. 
Moliyaviy 
hisobotda bilmagan holda 
buzib 
ko‘rsatishlar 
tekshirilayotgan subyekt xodimlari tomonidan bilmasdan turib harakat 
qilishi (yoki harakat qilmasligi) natijasidir. Ular hisob yozuvlari va 
hisob-kitoblardagi xatolar, hisob to‘liqligi yuzasidan nazorat yetarli 
bo‘lmaganligi, hisobda Xo‘jalik faoliyatiga oid voqealar, mol-mulkning 
mavjudligi va holati noto‘g‘ri aks etilishi natijasida hosil bo‘lishi 
mumkin. 
Moliyaviy hisobotni ataylab va bilmagan holda buzib ko‘rsatish 
ahamiyatli (ya’ni, ular moliyaviy hisobot ishonchliligiga shunday 
darajada ta’sir etadiki, natijada yuqori malakali foydalanuvchi uning 
asosida noto‘g‘ri xulosalarga kelishi yoki noto‘g‘ri qarorlar qabul qilishi 
mumkin) yoki ahamiyatsiz bo‘lishi mumkin. 
Moliyaviy hisobotni buzib ko‘rsatish tavakkalchiligini oshirishga 
ta’sir etuvchi omillar. Audit o‘tkazish jarayonida auditorlik tashkiloti 
moliyaviy hisobotni buzib ko‘rsatish tavakkalchiligini baholashi lozim. 
Bunda ataylab va bilmagan holda ham buzib ko‘rsatish paydo bo‘lishiga 
ta’sir etuvchi muayyan omillar mavjudligini nazarda tutish kerak. 
Buzib ko‘rsatishlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan iqtisodiy 
subyektning ichki Xo‘jalik yuritish faoliyatiga mansub omillar 
quyidagilardir: 
- iqtisodning inqiroziy tarmoqlariga katta miqdorda moliyaviy 
qo‘yilmalarni amalga oshirish; 
- iqtisodiy subyekt sotuvlari (ishlab chiqarish) hajmining tez 
o‘sishiga yoki foydaning ko‘p miqdorda kamayishiga aylanma
mablag‘larning nomuvofiqligi; 
- ma’lum bir vaqt mobaynida iqtisodiy subyektning bir yoki bir 
nechta buyurtmachilar yoki mol yetkazib beruvchilarga qaram 
bo‘lishligi; 


211 
- foydaning katta miqdorda o‘zgartirishga olib keluvchi 
shartnomaviy 
munosabatlar amaliyotida 
yoki 
hisob 
siyosatida 
o‘zgarishlar; 
- iqtisodiy subyekt tomonidan, ayniqsa yil oxirida, moliyaviy 
natijalar miqdoriga ahamiyatli ta’sir ko‘rsatuvchi odatdan tashqari 
kelushuvlarni amalga oshirish; 
- bajarilgan xizmatlarga ochiqdan-ochiq nomuvofiq to‘lovlar 
mavjudligi; 
- iqtisodiy subyekt tashkiliy-boshqaruv tizimi xususiyatlari, ushbu 
tizimda kamchiliklar mavjudligi; 
- kapital tarkibi va foydani tasdiqlash xususiyatlari; 
- buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni 
tayyorlashda belgilangan qoidalardan chetga chiqish. 
Buzib ko‘rsatishlar hosil bo‘lishiga sabab bo‘luvchi iqtisodiy 
subyekt moliyaviy-Xo‘jalik faoliyatini amalga oshiruvchi aniq bir 
tarmoq va umuman mamlakat iqtisodiyotini xususiyatlari holatini aks 
etuvchi omillar quyidagilardan iborat: 
- iqtisodiyot tarmog‘i va umuman mamlakat iqtisodiyoti holati, 
inqiroz, depressiya yoki yuksalish; 
- tarmoq inqiroz holatida bo‘lishi munosabati bilan iqtisodiy 
subyekt inqiroz holatiga tushib qolish ehtimolining oshishi; 
- iqtisodiy subyektning ishlab chiqarish faoliyati, ishlab chiqarish 
texnologik xususiyatlari. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish