Toshkent moliya instituti hamdamov baxrom kasimovich ilxomov shavkat islomovich


Dastlabki hujjatlar va hisob registrlari



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/136
Sana17.07.2022
Hajmi2,59 Mb.
#817673
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   136
Bog'liq
Амалий аудит Дарслик

Dastlabki hujjatlar va hisob registrlari 
Dastlabki hujjatlar 
1.
Buxgalteriya balansi (1-son shakl) 
2.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl) 
3.
Asosiy vositalar harakati to‘g‘risida hisobot (3-son shakl) 
4.
Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot (4-son shakl) 
5.
Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot (5-son shakl) 
6.
Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida ma’lumotnoma 
(2a-shakl) 
7.
Jurnal-orderlar va hisob-kitob schyotlari bo‘yicha hisob 
qaydnomalari 
Agar asosiy fondlarni qayta baholash hisobot yilining birinchi 
sanasi holatiga o‘tkazilsa, qayta baholash natijalarining ko‘rsatkichlari
hisobot yilining boshiga shakllanadigan moliyaviy hisobotga qabul 
qilinadi. Bunda o‘tgan yilning oxiridagi ko‘rsatkich hisobot yilining 
boshidagi ko‘rsatkichga mos kelmasligi, asosiy vositalarni hisobot 
yilining birinchi sanasiga o‘tkazilgan qayta baholashning natijasi deb 
tushuniladi va joriy davrning moliyaviy hisobotidagi tushuntirish xatida 
bayon etiladi (O‘zR AV 12.11.2003 y. 1209-1-son bilan ro‘yxatga 
olingan O‘zR MV Buyrug‘i taxriridagi xat boshi). 
O‘zbekiston Respublikasi “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida” 
qonunning 10-moddasida ko‘rsatilgan yuridik shaxslar soliq organlariga 
auditorlik tekshiruvi o‘tkazilganidan keyin 15 kun davomida, lekin 
hisobot yilidan keyingi yilning 15-mayidan kechiktirmay, moliyaviy 
hisobotning to‘g‘riligi to‘g‘risida auditorlik xulosasi nusxasini taqdim 
etadilar. 


196 
Tashabbusli auditorlik tekshiruvi o‘tkazilgan taqdirda korxona 
moliyaviy hisobotining to‘g‘riligi to‘g‘risida auditorlik xulosasining 
nusxasi soliq organlariga auditorlik tekshiruvi o‘tkazilganidan keyin 15 
kun davomida taqdim etiladi. 
Moliyaviy hisobot shakllarida barcha rekvizitlar va nazarda 
tutilgan ko‘rsatkichlar to‘ldirilishi kerak. Korxonada tegishli aktivlar, 
passivlar, operatsiyalar mavjud emasligi sababli biror-bir modda (satrlar, 
ustunlar) to‘ldirilmagan taqdirda, ushbu modda (satr, ustun) ustiga 
chizib qo‘yiladi. 
Auditor moliyaviy hisobot shakllarining manzil qismi quyidagi 
tartibda to‘ldirilishiga e’tibor berishi kerak: 
a) “Korxona, tashkilot” rekviziti - korxonaning to‘liq nomi 
(belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan ta’sis hujjatlariga muvofiq) 
va KTUT ga ko‘ra uning kodi ko‘rsatiladi; 
b) “Tarmoq” rekviziti - korxona tarmog‘i va XXTUTga ko‘ra 
tarmoq kodi ko‘rsatiladi; 
v) “Tashkiliy-huquqiy shakl” rekviziti - korxonaning tashkiliy-
huquqiy shakli va THTga ko‘ra tashkiliy-huquqiy shaklning kodi 
ko‘rsatiladi; 
g) “Mulkchilik shakli” rekviziti - korxonaning mulkchilik shakli va 
MShTga ko‘ra mulkchilik shaklining kodi ko‘rsatiladi; 
d) “Vazirliklar, idoralar va boshqalar” rekviziti - ixtiyorida 
korxona turgan (agar u mavjud bo‘lsa) va unga moliyaviy hisobot 
yo‘naltiriladigan organning nomi hamda DBPBTga ko‘ra ushbu 
organning kodi ko‘rsatiladi; 
e) “Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami” rekviziti - STIR 
bo‘yicha korxonaning identifikatsiya raqami ko‘rsatiladi; 
j) “Hudud” rekviziti - MHOBT bo‘yicha kod ko‘rsatiladi; 
z) “Manzil” rekviziti - korxonaning to‘liq yuridik manzili 
ko‘rsatiladi. 
Moliyaviy hisobotni tuzish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasining 
“Buxgalteriya 
hisobi 
to‘g‘risida”gi 
qonuni, 
O‘zbekiston 
Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Buxgalteriya hisobi milliy 
standartlariga, shuningdek buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy 
hisobotni tuzish masalalari bo‘yicha boshqa me’yoriy-huquqiy 
hujjatlarga asoslanish lozim. 
Korxona va tashkilotlar barcha alohida mustaqil balansga 
ajratilmagan bo‘linmalarining faoliyat ko‘rsatkichlari moliyaviy hisobot 
shakllarining ko‘rsatkichlariga kiritilishi kerak. 


197 
Korxona balansining moddalari aktivlar va majburiyatlarning 
puxta o‘tkazilgan inventarizatsiyasi bilan asoslangan bo‘lishi kerak. 
Inventarizatsiya O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 
1999-yil 
19-oktabrda 
EGF17-19-2075-son 
bilan 
tasdiqlangan 
O‘zbekiston Respublikasi 19-son “Inventarizatsiyani tashkil etish va 
o‘tkazish” nomli Buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) (ro‘yxat 
raqami 833, 1999-yil 2-noyabr) da belgilagan tartibda o‘tkaziladi. Bunda 
yillik moliyaviy hisobotni taqdim etishga qadar doimiy ishlab turgan 
inventarizatsiya komissiyalari tomonidan inventarizatsiya davomida 
aniqlangan, boyliklar haqiqiy mavjudligining buxgalteriya hisobi 
ma’lumotlariga qaraganda tafovutlari tartibga solinishi kerak. Debitorlik 
va kreditorlik qarzlarini inventarizatsiyalashlar ham o‘tkazilishi kerak, 
ular o‘zaro hisob-kitoblar 
saldosini 
tasdiqlaydigan 
solishtirish 
dalolatnomalari yoki xatlar bilan rasmiylashtiriladi. O‘tkazilgan 
inventarizatsiyalar soni va natijalari, shuningdek ularni o‘tkazmaslik 
sabablari yillik moliyaviy hisobotga ilova qilinadigan tushuntirish xatida 
aks ettirilishi kerak. 
Moliyaviy hisobot shakllariga rahbar va bosh buxgalter imzo 
chekadi, imzolar muhr bilan tasdiqlanadi. 
Moliyaviy hisobotda o‘chirish va ustiga yozishlar bo‘lmasligi 
kerak. Xatolar tuzatilgan taqdirda tegishli qaydlar qilinadi, ularni 
moliyaviy hisobotlarga imzo chekkan shaxslar tasdiqlab, tuzatish 
sanasini ko‘rsatadilar. 
Joriy 
hamda 
o‘tgan yil hisobot ma’lumotlaridagi (ular 
tasdiqlanganidan keyin) tuzatishlar uning ma’lumotlarini buzishlar 
aniqlangan hisobot davri uchun tuzilgan hisobotda amalga oshiriladi, 
bunda tuzatishlar hisobot davri (chorak, yil boshidan) uchun 
ma’lumotlarga kiritiladi. 
Yillik moliyaviy hisobotni tekshirish chog‘ida daromadlarni 
yashirish yoki ular bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlarni davr 
xarajatlariga (yoki muomala chiqimlariga) kiritish natijasida moliyaviy 
natijalarni kamaytirib ko‘rsatish aniqlangan holda buxgalteriya hisobi va 
o‘tgan yil uchun moliyaviy hisobotga tuzatishlar kiritilmaydi, balki joriy 
yilda hisobot davrida aniqlangan o‘tgan yillar foydasi sifatida aks 
ettiriladi. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish