Toshkent moliya instituti hamdamov baxrom kasimovich ilxomov shavkat islomovich


 Budjet bilan hisob-kitoblar auditi



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/136
Sana17.07.2022
Hajmi2,59 Mb.
#817673
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   136
Bog'liq
Амалий аудит Дарслик

 
9.6. Budjet bilan hisob-kitoblar auditi 
O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligiga muvofiq ko‘pchilik 
korxonalar budjetga umumdavlat va mahalliy soliqlar hamda yig‘imlar 
to‘laydilar. 
Soliqlar va boshqa to‘lovlar bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblarni 
auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning maqsadi - tekshiriladigan Xo‘jalik 
yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotining soliqlar va boshqa majburiy 
to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikni aks ettirish qismida, hamda soliqqa 
tortishdagi tartibga solinmagan masalalar bilan bog‘liq sezilarli 
holatlarni aks ettirishdan iborat. 
«Korxonada budjet bilan hisob-kitoblar auditining asosiy maqsadi 
soliq va yig‘imlarning barcha turlari bo‘yicha hisoblar to‘g‘ri tashkil 
etilishi, ular to‘liq va o‘z vaqtida budjetga o‘tkazilishi, soliq 


171 
to‘lovlarining kechiktirish sabablari va boqimandalar qaysi schyotlarga 
o‘tkazilganligi, mablag‘lar o‘z vaqtida o‘tkazilmaganligiga aybdor 
shaxslarga nisbatan va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni oldini olish uchun 
qanday choralar ko‘rilganligini aniqlashdan iboratdir. Budjet bilan 
hisob-kitoblarni tekshirishda auditor Xo‘jalik yurituvchi subyektga soliq 
va yig‘imlar noto‘g‘ri hisoblanishi hamda ular o‘z vaqtida budjetga 
o‘tkazilmaganligi uchun soliq idoralari tomonidan ko‘riladigan jarima 
va boshqa choralari bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy yo‘qotishlarni 
oldini olishga yordam berishi lozim. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning budjet bilan hisob-kitob 
muomalalari bo‘yicha tekshiruvining asosiy manbalari quyidagilar 
hisoblanadi: 
- to‘lovlar va yig‘imlar alohida turlari bo‘yicha ma’lumotnomalar 
va hisoblar; 
- tegishli summalar budjetga o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi dastlabki 
hujjatlar ilova qilingan bank ko‘chirmalari; 
- soliq idoralari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar bo‘yicha 
dalolatnomalar; 
- buxgalteriya hisobi schyotlari bo‘yicha yozuvlar; 
- jurnal-orderlar va hisob registrlarining boshqa turlari; 
- Bosh kitob, moliyaviy hisobot va boshqalar. 
Budjet bilan olib boriladigan hisob - kitoblar auditor jiddiy e’tibor 
berishi lozim bo‘lgan murakkab obyekt hisoblanadi. Birinchidan, 
budjetga to‘lanadigan soliqlarning noto‘g‘ri hisoblanganligi va 
to‘langanligi uchun korxonaga nisbatan moliyaviy jazo choralari 
qo‘llaniladi. Bu esa uning moliyaviy ahvoliga sezilarli darajada ta’sir 
qiladi. 
Ikkinchidan, 
hisob-kitoblarning 
to‘g‘riligini 
tasdiqlovchi 
auditorlik xulosalari soliq inspektsiyasi tomonidan qabul qilinishi ayrim 
hollarda shubha ostiga olinib, qabul qilinmasligi ham mumkin. So‘ngi 
holatda soliq organi taqdim qilingan auditorlik xulosasini qaytadan 
tekshirib chiqishga haqlidir. Agar auditor xulosasi davlat budjeti 
manfaatlariga zid, amaldagi qonunchilikka va me’yoriy hujjatlarga rioya 
qilinmasdan, sifatsiz tuzilganligi aniqlansa, amaldagi qonunchilikka 
muvofiq sanksiyalar kuchga kiradi. Bunday hollarda auditorlik firmasi 
aditorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga huquq beradigan litsenziyadan 
mahrum qilinishi mumkin. Soliqlar to‘lanishini tekshirishdan oldin 
soliqqa tortiladigan obyekt bo‘yicha ko‘rsatkichlarning to‘g‘riligi, 
soliqqa tortiladigan baza va soliq stavkalariga rioya qilinishi tekshirilishi 


172 
kerak»
1

Bozor iqtisodiyoti sharoitida turli xil mulkchilikka asoslangan 
korxonalarning budjet bilan o‘zaro munosabatlari kengaymoqda. 
Respublikamizning 
barcha 
hududlarida 
budjetga 
to‘lanadigan 
to‘lovlarning to‘g‘riligini aniqlaydigan va ularning o‘z vaqtida 
o‘tkazilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatadigan soliq xizmatlari tashkil 
etilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida Davlat soliq qo‘mitasiga, 
xususan, Respublika Soliq qo‘mitasi hamda viloyatlar, tumanlar va 
shaharlardagi soliq organlariga quyidagi huquqlar berilgan: foyda va 
boshqa soliqqa tortiladigan obyektlarni yashirganligi yoki kamaytirib 
ko‘rsatganligi uchun barcha yashirgan yoki pasaytirilgan summalarni va 
shu summa miqdorida jarima undirish uchun korxonalarga nisbatan 
moliyaviy sanksiyalar qo‘llash. Bunday xato 
ikkinchi marta 
takrorlanganida esa ikki baravar jarima solish, shuningdek budjetga 
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash hamda to‘lash uchun 
zarur bo‘lgan soliq deklaratsiyalari, hisobotlar, hisob-kitoblar va boshqa 
hujjatlarni taqdim qilmaganliklari, kechiktirilganligi, foydaning hisobga 
olinmaganligi yoki bu hisobning belgilangan tartibni buzib yuritilganligi 
uchun tegishli soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasidan foizi 
undiriladi. Bunda mansabdor shaxslarga eng kam oylik ish haqining 
besh barobaridan etti barobariga ma’muriy jarima solinadi. 
Auditor budjet bilan hisob-kitoblarni tekshirishda malakali 
maslahatchi va ushbu hisob-kitoblar to‘liq hamda o‘z vaqtida bo‘lishi 
lozim. Budjet bilan hisob-kitoblarda korxona buxgalterlari tomonidan 
yo‘l qo‘yilgan xatolarni ko‘rsatish bilan auditor ushbu korxonaga soliq 
inspektsiyasi tomonidan qo‘llaniladigan moliyaviy jazo choralari bilan 
bog‘liq bo‘lgan zararlardan qutilib olishga yordam beradi. Shuning 
uchun u budjet to‘lovlariga doir hisob-kitoblarning to‘g‘riligi va 
ularning O‘zbekiston Respublikasidagi mavjud qonunchilikka muvofiq 
o‘z vaqtida o‘tkazib berilishini sinchiklab tekshirishi lozim. 
Budjetga 
to‘lanadigan 
to‘lovlarning 
ro‘yxati 
O‘zbekiston 
Respublikasining soliq Kodeksi bilan, ayrim to‘lovlar bo‘yicha budjet 
bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi esa Davlat soliq qo‘mitasi 
va Moliya vazirligining tegishli yo‘riqnomalari bilan tartibga solinadi. 
Soliqlar bo‘yicha qarzlar yuridik shaxslarning budjet oldidagi 
majburiyati bo‘lib hisoblanadi va odatda, ma’lum sanada to‘lanadi. Soliq 
1
Do’smuratov R. Audit asoslari. Darslik.-T.: 2003.


173 
qonunchiligining tez-tez o‘zgarishi va me’yoriy hujjatlar ayrim 
qoidalaridagi ziddiyatlar soliqlarga doir hisob-kitoblarda tasodifiy 
xatolarni keltirib chiqarishi mumkin. Soliqlar bo‘yicha qarzlar 
sinchiklab tekshiruvdan o‘tkazilganida quyidagi xatolar aniqlanishi 
mumkin: 
- soliqlarni hisob-kitob qilishda buxgalteriya hisobi tamoyillari, 
qonun hujjatlari va yo‘riqnomalarning noto‘g‘ri qo‘llanilishi; 
- soliq stavkalarining noto‘g‘ri qo‘llanilishi; 
- soliqqa tortiladigan bazaning noto‘g‘ri aniqlanishi; 
- penya va jarimalarning noaniq hisobga olinishi; 
Kreditorlik qarzlari va butun buxgalteriya hisobotini baholashga 
quyidagilar ta’sir ko‘rsatadi: 
- soliqqa tortish bo‘yicha imtiyoz olish uchun xato axborotlarni 
taqdim etish; 
- soliq organlariga taqdim qinadigan ma’lumotlarning buzib 
ko‘rsatilishi yoki yashirilishi; 
- budjetga qarzdorliklarni aniqlashda, soliqqa tortishdan ozod 
etilganlar sifatida soliqqa tortishda hisobga olinadigan daromadlarni 
noto‘g‘ri turkumlash yoki hisob-kitob qilish; 
- soliqqa tortish bo‘yicha imtiyoz olish uchun bosh va shuba 
korxonalar o‘rtasidagi hisob-kitoblar bo‘yicha hisobda qalbaki 
muomalalarni aks ettirish. 
Har bir soliqqa oid qonunchilik hujjatida soliq stavkalarini 
qo‘llash, soliq solinadigan bazani aniqlash, soliqlarni to‘lash muddatlari, 
hisobotlarni tayyorlash va hokazo talablar aks ettiriladi. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish