Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/329
Sana12.01.2022
Hajmi3,22 Mb.
#338719
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   329
Bog'liq
marketing

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

VIII bob. BOZOR SEGMENTATSIYASI VA XARIDORLAR  

TURLARI  

 

 

8.1.



 

Bozor segmentatsiyasining mohiyati va ahamiyati  

  

 

Segment  so‘zi  “



segmentum”

  lotin  so‘zidan  olingan  bo‘lib,  bo‘lak, 

qism,  bo‘g‘inlarga  bo‘lish,  yo‘lak,  biror  narsaning  qismi  ma’nolarini 

bildiradi.  




 

175 


 

 

 



Bozor  segmenti  -  marketing  termini  bo‘lib,  tovarlar  yoki  xizmatlar 

bozorining  bo‘lagi  sifatida  tariflanadi.  Aniqroq  qilib  aytadigan  bo‘lsak, 

tovar  yoki  xizmatlarni  muvaffaqiyatli  sotish  uchun  muhim  ahamiyatga 

ega  bo‘lgan,  umumlashtiruvchi  belgilar  bo‘yicha  guruhlangan 

iste’molchilar  yig‘indisiga  aytiladi.  Umumiy  belgilar  sifatida,  masalan, 

umumiy  moyilliklar,  ehtiyojlar,  madaniy  va  milliy  xususiyatlar  va  h.k. 

o‘rin egallaydi.   

Bozor segmenti, deganda, aynan iste’molchilar guruhi ko‘zda tutiladi 

va  o‘z  navbatida  alohida  tovarlar  turlari  bozor  segmentini  tashkil  eta 

olmaydi.  

Bozor  segmenti  bir  qancha  mezon  talablariga  mos  bo‘lishi  lozim. 

Bozor  segmentining  kerakli  belgisi  bu  uning  unsuridagi  bir  xillik, 

o‘xshashlikdir. Shunga ko‘ra, sotish xarajatlarini sezilarli qisqarishiga va 

ushbu bozor segmentiga xizmat qiluvchi marketing kompleksining yuqori 

darajadagi ixtisoslashuviga erishish mumkin. Bozor segmenti mahsulotni 

ishlab  chiqarish  va  sotish  xarajatlarini  minimallashtirish  uchun 

kompaniya  imkoniyatlariga  mos  keluvchi  sig‘imga  ega  bo‘lishi  lozim. 

Shu  bilan  birga  qisqarib  borayotgan  bozor  sig‘imi  sharoitida  sotish 

hajmlarini oshirishni oldini olish uchun bozor sig‘imidagi o‘zgarishlarni 

muntazam kuzatib borish muhim.  

Bozor  segmenti  mahsulotni  qulay  sotish  kanallarini,  iste’molchilar 

bilan  ikki  tomonlama  aloqani  ta’minlovchi  kommunikatsion  vositalarni 

o‘zida  jamlaydi.  Aks  holda,  kompaniyaning  sotuv  hajmlari  qisqarib 

boradi.  Bozor  segmentini  to‘g‘ri  tanlash  uchun  iste’molchilarning 

kompaniya  mahsulotiga  bo‘lgan  munosabatini  aniqlash,  mahsulotga 

nisbatan o‘xshash talabdagi iste’molchilar guruhini shakllantirish, aynan 

mazkur  tovarni  ishlab  chiqarish  imkoniyatlarini  aniqlash,  uning 

raqobatbardoshligi  va  iqtisodiy  samaradorligini  baholash,  marketing 

dasturini 

yaratish 

lozim. 

Buning 


uchun 

maxsus 


tadbirlar, 

anketaso‘rovnomalar va boshqa marketing tadqiqotlari amalga oshiriladi, 

natijalar  tahlil  qilinib,  iste’molchilarning  o‘xshashligi  va  farqli  jihatlari 

asosida  u  yoki  bu  bozor  segmenti  tanlanadi.  Shuni  ta’kidlash  lozimki, 

bozor segmenti bu har doim ham bozorning kichik bir bo‘lagi emas, balki 

bir  vaqtning  o‘zida  bir  qancha  raqobatchi  kompaniyalar  faoliyat  olib 

borayotgan bozorning anchagina katta qismidir.   



 

176 


 

 

 



Bozor segmenti – bu bozorning bir bo‘lagi bo‘lib, u o‘zining iqtisodiy 

intizomi bo‘yicha tavsiflanuvchi bir xildagi xaridorlar guruhini ko‘rsatadi. 

Iste’molchilar  talabini  qondirishda  tovarlarning  turi,  modellari,  sifat  va 

miqdoriga ko‘ra tabaqalangan holda yondashuv bo‘lib, ularni guruhlarga 

ajratishda turli xil mezonlar qo‘llashga asoslanadi. Bozor bir jinsli hodisa 

tarzida  emas,  balki  ayrim-ayrim  segmentlar  majmuyi  tarzida,  har  bir 

segment doirasida alohida o‘ziga xos bir talab namoyon bo‘ladigan hodisa 

tarzida  olib  qaraladi.  Segmentlarga  ajratish  mezonlarini  tanlash  ko‘p 

jihatlardan  tovar  yoki  xizmatning  turiga,  shuningdek,  korxona  bozor 

faoliyatida hal qilmoqchi bo‘lgan masalaga bog‘liq. Shu sababli bozorni 

segmentlarga  ajratishning  universal  mezonlari  yo‘q.  Qishloq  xo‘jaligi 

mahsulotlari,  sanoat  tovarlari  va  keng  iste’mol  mollari  uchun  tanlov 

mezonlari bir-biridan juda keskin farq qiladi. Rejalashtirish ehtiyojlariga 

juda  mos  keladigan  maqbul  mezon  tovarni  bozorda  joylashtirish 

masalalariga  umuman  to‘g‘ri  kelmasligi  mumkin.  Segmentlarni 

aniqlashning  ko‘p  usullari  bor.  Mazkur  usullardan  biri  –  iste’molchilar 

talabiga  ko‘ra  bozorni  bo‘lish.  Faraz  qilamiz,  muzqaymoq  sotib 

olganlarga 2 ta markaning qaysi birining ta’mi sifatli va konsistensiyasi 

yaxshi.  Olingan  javoblardan  tanlashning  aniq  strukturasi  hosil  bo‘ladi. 

Mabodo  muayyan  mezon  xaridorlar  o‘rtasida  paydo  bo‘lgan  farqlarni 

izohlab berishga imkon bermasa, unda boshqa mezonni kiritish va to bu 

farqlarni  ravshan  aniqlashga  qadar  tadqiqotlarni  davom  ettirish  lozim. 

Masalan,  Kodak  yillar  davomida  35  mmli  kameralarni  ishlatib  keldi. 

Texnik  jihatdan  tavsirlari  juda  sifatli.  Ranglarni  yorqin  ko‘rsatadi. 

Tanlash  uchun  kamera  turlari  juda  ko‘p.  Lekin,  bu  bilan  ko‘pchilik 

professional  tasvirchilarni  qoniqtirish  qiyin  edi.  Ular  uchun  bir  kamera 

boshqasi bilan bir xil edi. Odatda, tasvirlar chiqarilgach nuqsonlari borligi 

bilinardi. Ba’zida obyekt tasvirga to‘la sig‘magan, nur tushib qolgan yoki 

ko‘z qizil rangda bo‘lishi va hokazo.  Kodak 1996–yilga kelib yuqoridagi 

muammolarni  hal  etish  uchun  kodak  APS  (Advanced  Photo  Sistem)  ni 

yaratdi.  Tasvirga  olish  oson  va  3  xil  formatda  amalga  oshirilar 

edi.Tasvirlar kartrijda saqlanar, uni qayta chiqarish mumkin edi. DSLR – 

digital single lens reflex, 2005-yillardan boshlab Sony, Nikon, Olimpus, 

Pentax DSLR kameralarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.  

Mahsulot nima?  

Mijozlar  “qanoatlanish”  yoki  “rohatlanish”ni  sotib  oladi,  detallarni 

emas.  



 

177 


 

 

 



Mahsulot  (GM  -  Malibu)  Xizmat  (Uzairways)  GM  va  Uzairways 

faqatgina  mahsulot  yoki  xizmat  sotmaydi,  balki  “rohatlanishni”  sotadi. 

Shuning  uchun  iste’molchilarni  to‘laqonli  guruhlarga  bo‘lib  o‘rganish 

zarur.  


Bozor segmentlarining aniq bir turi yo‘q, bozorning holatiga yaxshi 

moslashish  uchun  bozorni  segmentga  ajratishning  bir  necha  usullarini 

birdaniga  yoki  alohida-alohida  qo‘llash  mumkin.  Bozorni  jo‘g‘rofiy, 

demografik  va  psixografik  xususiyatlariga  ko‘ra  segmentlarga  ajratish 

mumkin.   


Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish