175
Bozor segmenti - marketing termini bo‘lib, tovarlar yoki xizmatlar
bozorining bo‘lagi sifatida tariflanadi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak,
tovar yoki xizmatlarni muvaffaqiyatli sotish uchun muhim ahamiyatga
ega bo‘lgan, umumlashtiruvchi belgilar bo‘yicha guruhlangan
iste’molchilar yig‘indisiga aytiladi. Umumiy belgilar sifatida, masalan,
umumiy moyilliklar, ehtiyojlar, madaniy va milliy xususiyatlar va h.k.
o‘rin egallaydi.
Bozor segmenti, deganda, aynan iste’molchilar guruhi ko‘zda tutiladi
va o‘z navbatida alohida tovarlar turlari bozor segmentini tashkil eta
olmaydi.
Bozor segmenti bir qancha mezon talablariga mos bo‘lishi lozim.
Bozor segmentining kerakli belgisi bu uning unsuridagi bir xillik,
o‘xshashlikdir. Shunga ko‘ra, sotish xarajatlarini sezilarli qisqarishiga va
ushbu bozor segmentiga xizmat qiluvchi marketing kompleksining yuqori
darajadagi ixtisoslashuviga erishish mumkin. Bozor segmenti mahsulotni
ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini minimallashtirish uchun
kompaniya imkoniyatlariga mos keluvchi sig‘imga ega bo‘lishi lozim.
Shu bilan birga qisqarib borayotgan bozor sig‘imi sharoitida sotish
hajmlarini oshirishni oldini olish uchun bozor sig‘imidagi o‘zgarishlarni
muntazam kuzatib borish muhim.
Bozor segmenti mahsulotni qulay sotish kanallarini, iste’molchilar
bilan ikki tomonlama aloqani ta’minlovchi kommunikatsion vositalarni
o‘zida jamlaydi. Aks holda, kompaniyaning sotuv hajmlari qisqarib
boradi. Bozor segmentini to‘g‘ri tanlash uchun iste’molchilarning
kompaniya mahsulotiga bo‘lgan munosabatini aniqlash, mahsulotga
nisbatan o‘xshash talabdagi iste’molchilar guruhini shakllantirish, aynan
mazkur tovarni ishlab chiqarish imkoniyatlarini aniqlash, uning
raqobatbardoshligi va iqtisodiy samaradorligini baholash, marketing
dasturini
yaratish
lozim.
Buning
uchun
maxsus
tadbirlar,
anketaso‘rovnomalar va boshqa marketing tadqiqotlari amalga oshiriladi,
natijalar tahlil qilinib, iste’molchilarning o‘xshashligi va farqli jihatlari
asosida u yoki bu bozor segmenti tanlanadi. Shuni ta’kidlash lozimki,
bozor segmenti bu har doim ham bozorning kichik bir bo‘lagi emas, balki
bir vaqtning o‘zida bir qancha raqobatchi kompaniyalar faoliyat olib
borayotgan bozorning anchagina katta qismidir.
176
Bozor segmenti – bu bozorning bir bo‘lagi bo‘lib, u o‘zining iqtisodiy
intizomi bo‘yicha tavsiflanuvchi bir xildagi xaridorlar guruhini ko‘rsatadi.
Iste’molchilar talabini qondirishda tovarlarning turi, modellari, sifat va
miqdoriga ko‘ra tabaqalangan holda yondashuv bo‘lib, ularni guruhlarga
ajratishda turli xil mezonlar qo‘llashga asoslanadi. Bozor bir jinsli hodisa
tarzida emas, balki ayrim-ayrim segmentlar majmuyi tarzida, har bir
segment doirasida alohida o‘ziga xos bir talab namoyon bo‘ladigan hodisa
tarzida olib qaraladi. Segmentlarga ajratish mezonlarini tanlash ko‘p
jihatlardan tovar yoki xizmatning turiga, shuningdek, korxona bozor
faoliyatida hal qilmoqchi bo‘lgan masalaga bog‘liq. Shu sababli bozorni
segmentlarga ajratishning universal mezonlari yo‘q. Qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari, sanoat tovarlari va keng iste’mol mollari uchun tanlov
mezonlari bir-biridan juda keskin farq qiladi. Rejalashtirish ehtiyojlariga
juda mos keladigan maqbul mezon tovarni bozorda joylashtirish
masalalariga umuman to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Segmentlarni
aniqlashning ko‘p usullari bor. Mazkur usullardan biri – iste’molchilar
talabiga ko‘ra bozorni bo‘lish. Faraz qilamiz, muzqaymoq sotib
olganlarga 2 ta markaning qaysi birining ta’mi sifatli va konsistensiyasi
yaxshi. Olingan javoblardan tanlashning aniq strukturasi hosil bo‘ladi.
Mabodo muayyan mezon xaridorlar o‘rtasida paydo bo‘lgan farqlarni
izohlab berishga imkon bermasa, unda boshqa mezonni kiritish va to bu
farqlarni ravshan aniqlashga qadar tadqiqotlarni davom ettirish lozim.
Masalan, Kodak yillar davomida 35 mmli kameralarni ishlatib keldi.
Texnik jihatdan tavsirlari juda sifatli. Ranglarni yorqin ko‘rsatadi.
Tanlash uchun kamera turlari juda ko‘p. Lekin, bu bilan ko‘pchilik
professional tasvirchilarni qoniqtirish qiyin edi. Ular uchun bir kamera
boshqasi bilan bir xil edi. Odatda, tasvirlar chiqarilgach nuqsonlari borligi
bilinardi. Ba’zida obyekt tasvirga to‘la sig‘magan, nur tushib qolgan yoki
ko‘z qizil rangda bo‘lishi va hokazo. Kodak 1996–yilga kelib yuqoridagi
muammolarni hal etish uchun kodak APS (Advanced Photo Sistem) ni
yaratdi. Tasvirga olish oson va 3 xil formatda amalga oshirilar
edi.Tasvirlar kartrijda saqlanar, uni qayta chiqarish mumkin edi. DSLR –
digital single lens reflex, 2005-yillardan boshlab Sony, Nikon, Olimpus,
Pentax DSLR kameralarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.
Mahsulot nima?
Mijozlar “qanoatlanish” yoki “rohatlanish”ni sotib oladi, detallarni
emas.
177
Mahsulot (GM - Malibu) Xizmat (Uzairways) GM va Uzairways
faqatgina mahsulot yoki xizmat sotmaydi, balki “rohatlanishni” sotadi.
Shuning uchun iste’molchilarni to‘laqonli guruhlarga bo‘lib o‘rganish
zarur.
Bozor segmentlarining aniq bir turi yo‘q, bozorning holatiga yaxshi
moslashish uchun bozorni segmentga ajratishning bir necha usullarini
birdaniga yoki alohida-alohida qo‘llash mumkin. Bozorni jo‘g‘rofiy,
demografik va psixografik xususiyatlariga ko‘ra segmentlarga ajratish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: