7.3. Bozor konyunkturasini bashorat qilish uslublari
Bozor istiqboli eksport yoki import mahsulotlari, bozordagi baholar
va boshqalar shaklida ishlab chiqilishi mumkin. Ular 3-5 yilgacha va uzoq
muddatlarga aniqlanishi mumkin. Istiqbolni aniqlash usuli uning
maqsadiga, istiqbolni ko‘rish darajasini o‘rganishga, axborot ta’minotiga
va boshqa shartlarga bog‘liq. Istiqbolni aniqlash uchun statistik
ma’lumotlar bilan ta’minlanadi.
Istiqbolni belgilash usullari turli mezonlar bo‘yicha tavsiflanadi.
Natijalarni berish shakliga qarab istiqbol ko‘rsatkichlari miqdoriy va
sifat ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Muddatiga qarab qisqa muddatli, o‘rta muddatli, uzoq muddatli
istiqbol ko‘rsatkichlari bo‘ladi.
Istiqboli belgilanayotgan obyekt hajmiga qarab umumiy (respublika
iqtisodiyotining asosiy ko‘rsatkichlari) va xususiy (alohida bir tarmoq,
infrastruktura, yirik kompaniya uchun).
Istiqbolni belgilash usullari qo‘llanilishining amaldagi samaradorligi
- bozor hajmini aniqlash, tashqi omillarning turli ko‘rsatkichlarga ta’sirini
belgilash, bu omillarning bozor holatiga va dinamikasiga, konyunkturaga
ta’sirini o‘rganish istiqbol ko‘rsatkichlarini alternativ tahlil qilishga
imkon beradi. Iqtisodiy bashoratlashda ko‘pincha, ekspert baholash usuli
masalan, Delfi usuli qo‘llaniladi. Bu usulning mohiyati shundan iboratki,
ekspertlar guruhi o‘z kuzatishlari, tahlillari asosida u yoki bu muammo
bo‘yicha istiqbol ko‘rsatkichlarini isbot - dalil (argumentli fakt) larga
asoslanib baholaydilar. Umumiy fikrlar- bozor, uning holati, rivojlanishi,
raqobatning kuchayishi, yangi bozor segmentlarining paydo bo‘lishi
kabilar haqida ekspert xulosalari qilinadi. So‘ngra ekspertlar xulosalari
natijalari yana maxsus standart dastur (kompyuter dasturi) yordamida
tahlil qilinadi. Natijalar qaror qabul qiluvchi mas’ul shaxsga topshiriladi.
Bozor holatining kelajagini bashoratlashda ekspert usuli qo‘llanilib,
unda quyidagi vazifalar hal qilinishi mumkin.
−
Talabning o‘rta va uzoq muddatga mo‘ljallangan hajmini aniqlash.
170
−
Keng assortimentdagi mahsulotlar uchun qisqa muddatga
mo‘ljallangan talab hajmi.
−
Yangi tovarlarga talabning shakllanishini baholash.
−
Iste’molchilarning yangi tovarlarga bo‘lgan munosabatining
bo‘lishi mumkin bo‘lgan talab hajmini aniqlash.
−
Bozordagi raqobatni baholash.
−
Firmaning bozordagi holatini aniqlash va boshqalar.
Ekspert usuli nisbatan sodda va to‘liq axborot bazasi bo‘lmaganda
ham undan foydalanish mumkin. Bu usulning yana bir yaxshi tomoni u
orqali bozorga tegishli sifat ko‘rsatkichlari ham aniqlanishi mumkin,
masalan, bozorda ijtimoiy –siyosiy holatning o‘zgarishi, ekologiyaning
ishlab chiqarishga va mahsulotlarni iste’mol qilishga ta’siri kabilarni
aniqlash mumkin. Bu usulning afzalliklari bilan birga kamchiliklari ham
mavjud, ya’ni ekspertlar fikrining subyektivligi, ular fikr–
mulohazalarining cheklanganligi. Delfi usulida ekspertlar xulosasi yozma
ravishda har bir ekspertdan bir necha bosqichda olinib, keyin bir xulosaga
kelinadi. 1-3 yil va uzoq muddatga mo‘ljallangan prognozlarda bu usul
bilan qilingan natijalar o‘zini oqlagan. Bu tadqiqotda 10 dan 150 tagacha
ekspert qatnashishi mumkin. Bu albatta, masalaning qo‘yilishiga,
muammoning katta–kichikligiga bog‘liq.
Ekspert baholash usulida keng qo‘llaniladigan uslubiyot bu-«aqliy
hujum» hisoblanadi. Buning mohiyati shundaki, muammo ekspertlarning
bahs–munozarasi, muhokamasi asosida olib borilib, muammoning u yoki
bu yechimi ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. Diskussiya oldindan
tuzilgan ssenariy asosida olib boriladi. Ekspertlash orqali istiqbolni
baholashni tashkil etishning yangicha sxemasi «sinektika» usulini 1960-
yilda U.Gordon taklif etdi. Uning «aqliy hujumdan» farqi shundan
iboratki, ma’lum tarkibdagi ekspertlar guruhi (miqdor jihatdan stabil)
«hujumdan» «hujumgacha» ma’lum tajriba to‘plab boradilar.
Konyunktura prognozi bozordagi holatni ma’lum davr ichida
oldindan ko‘rish va uning asosiy parametrlarini aniqlashni o‘z ichiga
oladi. Bunda konyunkturaga ta’sir o‘tkazuvchi omillarning yaqin
kelajakdagi xususiyatlarini aniqlashga e’tibor qaratiladi.
Tovarlar va ehtiyojlar raqobatining tahlili asosan konyunktura
prognozida amalga oshiriladi hamda raqobatchi tovarlar, o‘rnini bosuvchi
171
tovarlar va to‘ldiruvchi tovarlarning o‘zaro muvozanatini aniqlashga
qaratiladi. Bunday raqobatni baholash uchun marketingning bozorni
o‘rganish usullaridan keng foydalaniladi.
Bozor konyunkturasini o‘rganishning sotuvchi va ishlab
chiqaruvchilar uchun zarurligi kelajakda ishlab chiqarish quvvatlarini
qaysi yo‘nalishda rivojlantirish va qanday sotish siyosatini qo‘llash
bo‘yicha aniq va ishonchli axborotga ega bo‘lishda namoyon bo‘ladi.
Konyunkturani shuning uchun o‘rganish va bashoratlash kerakki, uni
bilish mahsulotlarini eng foydali narxlarda sotish va sotib olish, mavjud
resurslarni oqilona joylashtirish (manevrlashtirish), bozorda kutilayotgan
holat bilan mos holda tovar ishlab chiqarishni kengaytirish yoki
qisqartirish imkonini beradi. Tovar bozori konyunkturasining tahlili
quyidagi jihatlar bo‘yicha o‘tkaziladi. Birinchi navbatda, mamlakat
iqtisodiyoti siklining qanday bosqichdaligini aniqlash va unga kompleks
tavsif berish zarur.
Keyin ishlab chiqarish tahlil qilinadi. Aniq bir tovarni yaxlitligicha
jahon bozori asosiy ishlab chiqaruvchi mamlakatlar bo‘yicha ishlab
chiqarish dinamikasi ko‘rib chiqiladi, bu tovarni chiqarishdagi
o‘zgarishning asosiy sababi o‘rganiladi. Asosiy e’tibor ilmiy-texnika
taraqqiyotining tarmoq va tadqiq etilayotgan tovar bozoridagi ta’siriga
qaratiladi.
Talab va iste’mol dinamikasining tahlili yaxlit holda va iste’molchi
mamlakatlar bo‘yicha bo‘laklangan holda o‘tkaziladi. Shuningdek, bozor
sig‘imiga ta’sir etuvchi asosiy omillar ham o‘rganiladi, bu tovar iste’moli
sohasidagi ahvol tadqiq etiladi va bozorning monopollashtirish darajasi,
savdoning shakli va metodlari ularning dinamikasi aniqlanadi. Ilmiy-
texnika taraqqiyotini tovarning iste’moli darajasiga ta’siri albatta
o‘rganiladi.
Zaxiralarni tahlil qilish ishlab chiqaruvchilar va savdoda ham,
iste’molchilarda ham zaxiralar sohasi siyosatini tadqiq etishni, ularning
harakatlarini o‘rganishni ko‘zda tutadi.
Tovarlarning yaxlit va alohida mamlakatlar bo‘yicha jahon eksporti
va importini tahlil qilishda savdoning yangi shakllari, bojxona tarif va
valuta tizimi masalalari ko‘rib chiqiladi. Tovarlar eksporti va importining
rivojlanish bashorati tuziladi.
Narxlar – konyunkturaviy tahlilning eng muhim elementi
hisoblanadi. Narx dinamikasi ko‘rib chiqiladi. Narxlar o‘zgarishining
172
asosiy sabablari, ularning yangi texnologiyalar paydo bo‘lishi,
xomashyolar va yarim fabrikatlar narxining o‘zgarishiga, mehnat
unumdorligining oshishi, inqirozning oldini olish, valuta kursining
o‘zgarishi, savdo metodlari va shakliga ta’siri hamda aloqalari tahlil
qilinadi. Raqobatchilarning narx sohasidagi, davlatning narxni
shakllantirishidagi siyosatlari ta’minlanadi.
Bozor sig‘imi – bozorni tadqiq etishning asosiy tomonlaridan biridir.
Bu ko‘rsatkich prinsipial ravishda tovar savdosining imkoni bo‘lgan
hajmini namoyish qiladi va bir yil yoki qandaydir vaqt davomida unda
realizatsiya qilinadigan (jismoniy birliklarda yoki qiymat ifodasida) hajmi
bilan belgilanadi.
Bozorning sig‘imi turli xil usullar bilan baholanadi. Birinchi holatda
quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |