B= M x T x N
bunda
B-
bozorning sig‘imi,
M
– aniq bozorda mahsulotning ushbu
turini sotib oluvchi mijozlar soni;
T-
tadqiq etilayotgan vaqt davomida
xaridorlar tomonidan ushbu tovarning xarid qilinish soni;
N -
mahsulotning o‘rtacha narxi.
Ikkinchi holatda formula quyidagicha:
B= MICh+ Z + I – E
Bunda
B-
bozorning sig‘imi,
MICh
- milliy ishlab chiqarish,
Z-
tayyorlovchi korxona omborlaridagi tovar zaxiralari qoldiqlari,
I-
import,
E-
eksport.
Firma natijalarini o‘zaro nazorat qilish va tuzatish uchun odatda, bu
usullarning ikkalasidan ham foydalaniladi. Biroq bozor sig‘imini
aniqlashning ushbu formulalari o‘ta sodda va yanada aniqroq, reallika
yaqinlashgan ko‘rsatkichlarni olish uchun aholi xarid qobiliyatiga, xarid
tarkibi va odatlariga, hayot tarzi stereotiplariga va yana ko‘plab omillarga
tuzatishlar kiritish kerak, ya’ni ko‘p omilli iqtisodiy modellardan
foydalanish zarur bo‘ladi.
2009 – yilda Rossiya kiyim bozorlarining sig‘imi – 12-14 mlrd.
doll., oyoq kiyim bozorlariniki – 180-200 mln. juft (4-5 mlrd. doll.),
bolalar kiyimi bozori sig‘imi – 3-4 mlrd. doll.ga baholandi.
Bozor sig‘imini aniqlay borib, ushbu bozorga kiruvchi korxonalar
bozordagi raqobatchi firmalarning ishtiroki va ishini e’tiborga olib, uning
to‘liq miqdorini egallab olishni hisob-kitob qilishga haqli emasmiz.
173
Shuning uchun ushbu bozordagi xususiy ulushi haqidagi ma’lumotlarga
ega bo‘lish ham (agar korxonalar unda ishtirok etayotgan bo‘lsa) yoki
kelgusida bozordagi imkoniyati bo‘lishi mumkin bo‘lgan ulushining
hisob-kitobini qilish yangi bozorga kirishda yoki o‘zining kelgusi
faoliyati natijalarini hisob-kitob qilishda muhim hisoblanadi.
Bozorning kompaniyaga tegishli ulushi ko‘rsatkichi raqobat
kurashida u ushbu bozordagi raqobat kurashida qanday rol o‘ynashini
tushunishiga va bu bozorda muomalaning to‘g‘ri liniyasini, raqobat
strategiyasini ishlab chiqishga imkon beradi.
Bozordagi ulush quyidagi formula bo‘yicha hisob-kitob qilinadi:
Bu = BSh:U x 100%,
bunda
Bu
- korxonaning bozordagi ulushi;
BSh
– korxonaning
bozordagi sotilish hajmi,
U
- ushbu tovarning ushbu bozordagi umumiy
sotilish hajmi.
Masalan, 2009 – yilda mobil telefonlarining jahon bo‘yicha sotilishi
990,8 mln. donani tashkil etdi. Unda Nokianing ulushi – 36,2%,
Motorolaniki – 21,1%, Samsung – 11,8%, Sony Ericson -7,4%, LG –
6,3%, BenQ – 2,4%ni, qolganlari esa 14,8% ni tashkil etdi.
Olingan hamma ma’lumotlar asosida bozor rivojlanishining
konyunkturaviy bashorati tuziladi, uning yakuniy vazifasi esa ehtimol
tutilgan kelajak manzarasini yaratish: foydalanib qolish kerak bo‘lgan
imkoniyatlarni va qochish zarur bo‘lgan xavflarni aniqlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |