Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Davlat  tashkilotlari  bozori



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/329
Sana12.01.2022
Hajmi3,22 Mb.
#338719
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   329
Bog'liq
marketing

Davlat  tashkilotlari  bozori,

  deganda  esa  o‘z  faoliyatlarini  yuritish 

uchun tovarlar va xizmatlarni sotib oluvchi yoki ijaraga  oluvchi hamma 

bo‘g‘indagi davlat tashkilotlari tushuniladi.  

Bozorni  topish,  tanlash,  ularning  talablarini  bilish  uchun  bozor 

tushunchalari mohiyatini yaxshi bilish zarur. «Bozor» tushunchasi baho 

yordamida  resurslar  taqsimlanishini  tahlil  qilishda  markaziy  o‘rinda 

turadi.  

Bozor  –  tovarlarni  realizatsiya  qilish,  ayirboshlash  sohasidagi 

ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir.   

Tovar  munosabatlari  tizimida  markaziy  elementlardan  biri  bo‘lgan 

bozor  ijtimoiy  mehnat  taqsimoti  asosida  mustaqil  ishlab  chiqaruvchilar 

o‘rtasidagi  aloqalarni  belgilashning  hal  qiluvchi  vositasi  bo‘lib  yuzaga 

keladi. Bozor iqtisodiyoti yaqinda paydo bo‘lgan bo‘lsa, bozor esa undan 

ancha ilgari yuzaga kelgan.   

Bozor  –  xaridor  va  sotuvchilar  savdo  bitimlarini  amalga  oshirish 

uchun to‘planadigan maxsus joy. Fond birjalari ham bozor hisoblanadi va 

vositachilar  yoki  makler  (dallol)lar  orqali  harakat  qiladi.  Xaridor  bilan 

sotuvchilarning  uchrashish  yo‘llari,  shakllari  ko‘p.  Ularning 

uchrashishida  yoki  bozor  munosabatlarida  baho  mexanizmi  markaziy 

o‘rinda  turadi,  u  talab  va  taklifni  muvozanatga  keltiradi.  Talab  va 

taklifning o‘zaro ta’siri, iste’molchilarning talab va ehtiyojlarini qondirish 




 

161 


 

 

 



bu  uzluksiz  jarayondir.  Bu  jarayonda  ishtirok  etuvchi  iqtisodiy 

kategoriyalarning asosiysi quyidagilardir.  

EHTIYOJ – inson tomonidan biror–bir narsaning yetishmovchiligini 

his etish tuyg‘usidir.  

ZARURAT – insonning ijtimoiy – iqtisodiy kelib chiqishi, madaniy, 

milliy, estetik, geografik joylashuvi va boshqa omillarning ta’siri asosida 

shakllanuvchi  xohishidir.  Xohish  cheksiz  bo‘lishi  mumkin,  lekin  bu 

xohishni qondirish uchun pul mablag‘lari zarur. Shuning uchun inson o‘zi 

uchun eng muhim bo‘lgan xohishini qondirishga intiladi.  

TALAB – iste’molchining konkret tovar yoki xizmat turiga bo‘lgan 

ehtiyojini pul bilan ta’minlab qondirilishidir.  

XARID – bozorda ma’lum tovar yoki xizmatni sotib olish jarayoni. 

Bu jarayonda ayirboshlash va bitim operatsiyalari amalga oshiriladi.  

BITIM  –  ikki  tomon  o‘rtasida  ular  uchun  zarur  bo‘lgan  tovar  va 

xizmatni sotish va sotib olish operatsiyasidir.  

AYIRBOSHLASH – ikki tomon o‘rtasida ular uchun kerak bo‘lgan 

narsani  ikkinchi  tomonga  boshqa  bir  narsani  taklif  etib  savdo 

operatsiyasini o‘tkazishga aytiladi. Masalan, bir tonna shakarga 10 tonna 

kartoshkani ayirboshlash.  

Bozorning  umumiy  holatini  o‘rganish  zamonaviy  marketing 

tamoyillaridan  biridir.  Bozorni  o‘rganishdan  asosiy  maqsad  mavjud 

vaziyatda  uning  holatiga  (konyunkturasiga)  baho  berish  va  bozorning 

rivojlanish  istiqbolini,  prognozini  ishlab  chiqishdan  iborat.  Marketing 

faoliyatida  bozorni  o‘rganishning  asosiy  elementlaridan  biri  bozor 

konyunkturasini o‘rganish bilan bog‘liq bo‘ladi.  

XVIII  asr  oxiri  va  XIX  asr  boshlarida  talab  va  taklif  o‘rtasidagi 

muvozanat  masalasini,  ijtimoiy  mahsulotni  bozor  konyunkturasiga 

bog‘liqligini birinchi bor  klassik maktabini rivojlantirgan iqtisodchi olim  

Jan  Batist  Sey  o‘rgangan  edi.  Bozorni  kompleks  o‘rganish  bozor 

konyunkturasini  tahlil  qilish,  bozor  sig‘imini  aniqlash  va  uni  bozor 

“ishtirokchilari” (o‘yinchilari) orasidagi ulushlarga bo‘lishni, ehtiyojlar, 

xarid talabini tahlil qilishni va xaridorlar muomalasini modellashtirishni, 

aniq muhitni o‘rganishni, marketing kompleksini (tovar, narx, savdo va 

ilgariga harakatlantirish) tahlil qilishni ko‘zda tutadi.  




Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish