Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/329
Sana12.01.2022
Hajmi3,22 Mb.
#338719
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   329
Bog'liq
marketing

6.4.

 

Marketing nazorati va uning turlari  

 

 

Marketingning  murakkab  masalalaridan  biri  nazorat  hisoblanadi. 



Nazorat–marketing sohasida holatlar va jarayonlarni doimiy, muntazam, 

uzluksiz  tekshirish  va  baholashdir.  O‘z  mohiyatiga  ko‘ra  nazorat 

me’yorlarni  va  haqiqiy  holatni  taqqoslashni  bildiradi.  Muhit 

sharoitlarining  tez  o‘zgarishi,  bozor  vaziyatlariga  tez  e’tibor  berish 

zarurligi marketing nazoratini muhim ahamiyat kasb etishiga olib keldi.  

Marketing nazoratining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:  

-

 

maqsadlarga erishish darajasini belgilash;  



-

 

yaxshilanish imkoniyatini aniqlash;  




 

156 


 

 

 



-

 

korxona  moslashuvchanligini  talab  qilingan  atrof-muhit 



o‘zgarishlariga qanchalik mos kelishini aniqlash.  

Mamlakatimiz 

korxonalari, 

assotsiatsiyalarida 

marketing 

xizmatlarini  tashkil  qilish  marketingga  tayangan  boshqaruv  tizimini 

yaratishga imkon beradi.  

Marketing faoliyatining nazorati mahsulotlarni sotish ustidan nazorat 

qilish,  sotish  imkoniyatlarini  tahlil  qilish,  tadbirkorlik  faoliyatining 

foydaliligini nazorat qilish, marketing xarajatlarini tahlil qilish, texnik va 

strategik nazorat va marketing taftishini nazarda tutadi.  

Marketingning  nazorati  va  taftishining  asosiy  vazifasi  korxonalar, 

assotsiatsiyalarning  ishlab  chiqarish,  sotish  va  ilmiy-texnik  faoliyati 

samaradorligini oshirishdan iborat.  

Qoidaga  ko‘ra  marketing  faoliyatining  nazorati  o‘z  ichiga 

quyidagilarni oladi:  

- sotishni amalga oshirish va uning imkoniyatlari ustidan nazorat; 

- foydalilikning nazorati va marketing xarajatlari tahlili; - 

strategik nazorat va marketingning taftishi.  

Sotish faoliyatini nazorat qilish haqiqiy sotish va ular tendensiyalarini 

rejalashtirilgan ko‘rsatkichlari bilan taqqoslashda hisobga olish yo‘li bilan 

amalga oshiriladi.  

Foydalilikni  nazorat  qilish  va  marketing  xarajatlarini  tahlil  qilish 

alohida  tovarlar,  ularning  assortiment  guruhlari,  bozor  segmentlari, 

hududlari,  savdo  kanallari,  reklama  vositalari,  savdo  xodimlari  va 

boshqalar bo‘yicha amalga oshiriladi.  

Marketingning strategik nazorati va tahlili korxona ishlab chiqarish, 

sotish  va  ilmiy-texnik  faoliyati  rivojlanishining  asosiy  muammolari  va 

istiqbolini  aniqlash  maqsadida  asosiy  vazifalar,  strategiyalar,  marketing 

tezkor tadbirlari va marketing tashkilotlari baholarini belgilaydi.  

Marketingning taftishi qoidaga ko‘ra o‘z ichiga marketingning makro 

va mikro muhiti, marketing xizmatlarining faoliyat yuritish samaradorligi 

tahlilini hamda marketing siyosati: tovar, narx, reklama, xodimlarni o‘z 

ichiga oladi.  

Nazoratni  tashkil  qilish  korxonaning  kattaligi,  xodimlarning 

malakasi, nazorat vazifalarining murakkabligiga bog‘liq bo‘ladi.  

Korxonada  marketingning  tashkil  qilinishi  o‘sishi  bilan  uning 

ixtisoslashuviga  va  marketing  nazoratining  alohida  birligini  yaratishga 

ehtiyoj ortib boradi.  



 

157 


 

 

 



Marketingning rejasini hayotga tatbiq qilishda ko‘pgina kutilmagan 

hodisalar  bo‘lishi  mumkin.  Firma  o‘zining  tadbirlarini  nazorat  qilishi 

shart,  o‘zining  maqsadlariga  erishish  uchun  marketing  nazoratini  uch 

turga bo‘lish mumkin:  

1.

 

Yillik rejalarining bajarilishi ustidan nazorat.  



2.

 

Daromad nazorati.  



3.

 

Strategik rejalar ustidan nazorat.  



 Yillik rejalarning bajarilishini nazorat qilish masalasi - bu firmaning 

hamma ko‘rsatkichlarga chiqishiga ishonch hosil qilish.   

Daromad  nazorati  -  bu  har  xil  tovarlardan  keladigan  daromadlar, 

iste’molchilar bozori tahlilini o‘zida aks ettiradi.   

Strategik  rejalar  ustidan  nazorat  -  bu  «orqaga  chekinish»,  firmani 

bozorga yondashtirishni tanqidiy baholash uchun kerak bo‘ladi.  




Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish