Iste’mol bozori
- bu tovarlarni va xizmatlarni o‘zining shaxsiy
ehtiyoji uchun sotib oladigan yakka shaxslar va oilalar majmuyidan iborat
bo‘lib, ommaviy iste’molchilarga egaligi, raqobatning xilmaxilligi va
markazlashmagan strukturaga ega ekanligi bilan xarakterlanadi.
Korxonalar (tashkilotlar) bozori esa o‘z navbatida, ishlab chiqarish -
texnik maqsadlarda foydalaniladigan mahsulotlar bozori va davlat
tashkilotlari bozoriga bo‘linadi.
Ishlab chiqarish - texnik maqsadlarda foydalaniladigan
mahsulotlar bozori,
deganda boshqa tovarlar ishlab chiqarishda
qo‘llaniladigan tovarlar va xizmatlarni sotib oluvchi korxonalar va
shaxslarning majmuyi tushuniladi. Ishlab chiqarish – texnik maqsadlarda
foydalaniladigan mahsulotlar bozori kam sonli xaridorlarga egaligi, lekin
tovarlarning katta miqdorda sotilishi bilan xarakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |