158
VII bob. BOZOR KONYUNKTURASINI TADQIQ ETISH VA
BASHORAT QILISH
7.1. Bozor konyunkturasi haqida tushuncha
Bozor nima? Bozor - iste’molchi va sotuvchilarning xohish va
istaklari mos kelib o‘zaro tovar va xizmatlarni ma’lum bir qiymat evaziga
ayirboshlaydigan joy. Bozor (market) - keng ma’noda muomala sohasi
bo‘lib, tovar ayirboshlash munosabatlari va jarayonlari majmuyidir.
Bunda tovar bilan oldi-sotdi munosabatlari tovar ishlab chiqarish, tovar
ayirboshlash va pul muomalasi qonunlari asosida amalga oshadi.
159
Ko‘pincha, marketingda bozor deganda ma’lum tarmoq tovarlariga
ehtiyoj sezuvchi va uni qondirish imkoniyatiga ega bo‘lgan potensial
iste’molchilarning
majmuyi
tushuniladi.
Marketingda
“bozor”
tushunchasi tovar yoki xizmatlarni sotib oluvchilarning mavjud va
potensial yig‘indisi (jamlanmasi)ni bildiradi. Bu ibora qandaydir umumiy
belgilarga ko‘ra birlashgan iste’molchilar guruhini anglatadi (masalan,
yuqori sifatli tovarlar xaridorlari bozori). Ma’lum ehtiyojlar
(iste’molchilar) bozori, demografik bozor (uni, masalan, o‘smirlar yoki
katta yoshli odamlar tashkil etadi), geografik bozor (masalan, O‘zbekiston
bozori, Rossiya bozori yoki G‘arbiy Yevropa bozorlari) haqida gapirish
mumkin. Marketingda bozor hamisha to‘liq aniq holat. Har bir tashkilot
aniq bozorda (bozorlarda) ishlaydi. Masalan, Koreyaning Samsung
firmasi jahon bozori uchun ishlaydi, “Gloriya Jins” – Rossiya kiyim
bozorida ishlaydi.
Bozor - tovarni xarid qiluvchi va sotuvchilarni har qanday kelishuvlar
(shartnomalar) yordamida shu tovarni oldi-sotdi qilish bo‘yicha
munosabatda bo‘lishidir. Bozor (market) – tovar xo‘jaligining iqtisodiy
kategoriyasi bo‘lib, tovar ishlab chiqarish va tovar muomalasi qonunlari
asosida tashkil etilgan ayirboshlashdir. Boshqacha qilib aytganda, bozor -
sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) va xaridor (iste’molchi) lar o‘rtasida sodir
bo‘ladigan barcha iqtisodiy munosabatlar yig‘indisini o‘z ichiga oladi.
Bozor aloqalari va munosabatlari oldi-sotdi akti sifatida oddiy tovar
ayirboshlashdan tubdan farq qiladi. Bu avvalambor, tovar-pul
munosabatlarining takror ishlab chiqarishning mumkinligi va zarurligi
hamda tovar xo‘jaligini yuritishning sharoitlarida ko‘rinadi. Bozor
mexanizmi xaridor talabini qondirishga, ishlab chiqarish harakatlarini
qoplay olishga, barqaror ishlayotgan har bir korxonaning foydaliligini
ta’minlashga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga,
manfaatdorligini paydo qilishga va mahsulot sifatini oshirishga qodir
xo‘jalik yuritish qurolidir.
Bozor iqtisodiyotning aniq sohalarida yoki ma’lum joylarda talab va
taklifning rivojlanish holatidir. Masalan, metall bozorida bahoning
pasayishi yoki mehnat bozorida ishchilarning yetishmasligi va hokazo.
Bozor ma’lum bir qiymatga ega bo‘lgan turli xil obyektlar bo‘yicha
tashkil etilishi mumkin. Masalan, iste’mol tovarlari bozori, qimmatli
qog‘ozlar bozori, mehnat bozori, kapital bozori, intellektual bozor,
160
shoubiznes bozori va boshqalar shular jumlasidandir. Iste’molchilarning
turiga qarab bozorlar iste’mol bozori va korxonalar (tashkilotlar) bozoriga
bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: