150
Bozorda egallab turgan raqobatli o‘rni va firmaning o‘z
imkoniyatlariga bog‘liq holda rahbariyat raqobatning birorta
strategiyasini afzal ko‘radi.
Turli raqobat pozitsiyalarida turgan holda firmalar, agar ular
o‘sishning aynan bir xil strategiyalarida, masalan, o‘sishning jamlangan
strategiyasida bo‘lishsa ham raqobatning turli xil strategiyasini tanlashadi.
O‘sishning jamlangan strategiyasida turgan bozor yetakchisining
strategiyasi himoya (mudofaa) va bozor ulushini oshirish muammolari
bilan bog‘liq.
O‘zining bozordagi yetakchilik pozitsiyasini mudofaa qila borib,
yetakchi:
–
jami mavjud tovarlar eskiradi, raqobatchilar o‘z tovarlarini
yangilash harakatiga tushgunga qadar o‘z tovarlarini ma’nan eskirgan,
deb bilib, avvalroq uni yangilashga o‘tish asosida innovatsiyalar
strategiyasini qo‘llay boshlashi;
–
imkoniyatli narxlarni asrab qolish va mahsulotlarni yangi
o‘lchamlar, dizayn va markalar hisobiga yangilash yo‘li bilan bozordagi
yetakchilik holatini saqlab qolishga imkon beruvchi mustahkamlash
strategiyasidan foydalanishi;
–
tashlangan undov (chaqiriq)ga nisbatan tez javob harakatlarini
ko‘zda tutuvchi qarama-qarshi zarbalar strategiyasini realizatsiya qilishi:
narxlarni sezilarli pasaytirishi, o‘z mahsulotini ilgari surish siyosatini
kuchaytirish, raqobatchilarni tanqid qilishni tashkil etish, uning asosiy
ta’minotchilariga ta’sir o‘tkazishga urinib ko‘rish, uning asosiy
xodimlarini o‘ziga og‘dirishni boshlashi mumkin.
Bozor ulushini oshirish uchun kurash olib borish bilan yetakchi bozor
muhitiga undov (chaqiriq) tashlovchi strategiyani tanlaydi.
Yetakchilikka da’vogarlik strategiyasini o‘ziga yarasha kuchli, lekin
yetakchi pozitsiyasini egallamaydigan firmalar tanlaydilar. Bozor
muhitiga undov (chaqiriq) tashlay borib, bunday firmalar masalan,
jamlangan o‘sish strategiyasini qo‘llay borib, asosiy strategik maqsadi
boshqa firmalardan “jang bilan” yutib olish hisobiga bozorning
qo‘shimcha qismini “bosib olish” (bozor ulushini oshirish)ga intiladi. Bu
kurashni u yetakchi yoki ancha sustroq va mayda raqobatchilari bilan olib
boradi. Yetakchiga hujumni firma o‘zida aniq raqobat ustuvorligi mavjud
bo‘lsa, yetakchida esa firma raqobat kurashida foydalanishi mumkin
151
bo‘lgan kamchiliklar bo‘lgandagina boshlashi mumkin. Hujumning
beshta strategiyasi bo‘lishi mumkin.
1.Yetakchiga ro‘paradan hujum “kuch-kuchga qarshi” prinsipi
bo‘yicha boradi, bunda yetakchilikka da’vogar yetakchining ojiz emas,
kuchli tomoniga hujum qiladi, bu bilan u o‘zini kuchli deb hisoblaydigan
va yetakchilik qiladiganni kutilmaganda yengishga urinadi. Bu “jang”da
odatda, kimning resurslari ko‘p bo‘lsa va kim kuchli ustuvorlikka ega
bo‘lsa, o‘sha g‘alaba qozonadi.
2.Yetakchiga yon tomonidan hujum uning ojiz yo‘nalishiga: yoki
yetakchi kuchli pozitsiyaga ega bo‘lmagan regionga yoki yetakchining
mahsuloti qoplay olmaydigan talabga nisbatan qilinadi.
3.
Hamma yo‘nalish bo‘yicha hujum qilayotgan firmaning
yetakchi ishtirok etadigan hamma bozorlar va yetakchi chiqaradigan
mahsulotlarning hamma turlari bo‘yicha harakatlanishini ko‘zda tutadi.
4.
Hujumkor firma yetakchiga aylanib o‘tib, bevosita hujumni
ko‘zda tutmaydi. Firma yangi bozor yaratadi, keyin unga yetakchini
“aldab” kiritadi va bu bozordagi ustuvorlikka ega bo‘lgach, uning ustidan
g‘alaba qozonadi. Masalan, o‘rnini bosuvchi mahsulot yaratish yoki yangi
geografik bozorlarni ochish.
5.
Do'stlaringiz bilan baham: