Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/329
Sana12.01.2022
Hajmi3,22 Mb.
#338719
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   329
Bog'liq
marketing

Bozor  konyunkturasi

  –  bu  aniq  vaqt  davomida  bozorda  yuzaga 

keladigan  iqtisodiy  vaziyat  bo‘lib,  u  talab  va  taklif  orasidagi  nisbatni, 

narxlar  darajasini,  tovar  zaxiralari  va  boshqa  iqtisodiy  ko‘rsatkichlarni 

tavsiflaydi.  

Marketingda  esa  bozor  konyunkturasi,  deganda  belgilangan  vaqtda 

maqsadli bozorda vujudga keladigan iqtisodiy shart-sharoitlar majmuasi 

tushuniladi.  Bozor  konyunkturasini  o‘rganish  zarurati  quyidagilarga 

bog‘liq bo‘ladi:  

a)

 



odatda, bozorning sig‘imi, segmentlanishi va talab 

qayishqoqligi o‘zgarib boradi, shu sababli ularning monitoringini 

amalga oshirish lozim;  

b)

 



bozordagi omillar kompleks ravishda ta’sir o‘tkazishi sababli  

ularni alohida o‘rganish tegishli samara bermaydi;  

c)

 

bozor to‘g‘risidagi ma’lumotlar odatda, retrospektiv 



xarakterga  

ega, shu sababli rejalashtirish uchun maxsus usullar talab qilinadi.  

Bozorni har tomonlama o‘rganishda quyidagilarga asoslaniladi:  

Tovarni  o‘rganish.  Raqiblar  tovarlariga  qaraganda  tovarning 

sifatliligi,  raqobatbardoshligi,  yangiligi,  hozirgi  va  bo‘lajak  xaridorlar 

ehtiyojlarini  qondira  olish  qobiliyati,  xaridorlar  talabi,  uning  mahalliy 

qonunchilik  tartib  va  qoidalar  talabiga  to‘g‘ri  kelishi,  davlat  hujjatlari 

asosida modifikatsiyalash va hokazo.  

Xaridorlarni o‘rganish. Tovarning asosiy xaridorlari va uni ishlatish 

usullari,  tovarning  qaysi  belgilari  uni  sotib  olishga  majbur  qilmoqda  va 

h.k.  

  

Raqiblarni  o‘rganish.  Raqiblarning  savdo  belgilari,  bozorda  katta 



ulushga  erishgan  raqiblar  tovarlarining  muhim  sifatlari,  sotuvni 

rag‘batlantirish  usullari,  narx  siyosati,  tovar  o‘ramasi,  ITTKI,  sotish 

usullari, foyda va zarar sabablari va h.k.lar o‘rganiladi.  



 

163 


 

 

 



Bozorning umumiy holatini o‘rganishda tovarlar va firmalar tarkibi, 

raqobat  ustunligi,  uning  hajmi,  geografik  joylashuvi  va  h.k.larga  etibor 

beriladi.  

Bozorda kim yetakchilik qilishiga qarab bozorlar «sotuvchi bozori» 

va «xaridor bozori»ga bo‘linadi.  

«Sotuvchi bozori» - talab taklifdan ko‘p bo‘lgan holatda kuzatiladi. 

Bunday  bozorda  sotuvchi  hukmronlik  qiladi,  xaridorning  esa  faol 

ishtirokchi bo‘lishiga to‘g‘ri keladi. Bunday holatda «pul tovar orqasidan 

yuguradi». Sotuvchi bozori –bunday sharoitda albatta firma o‘z tovarini 

sotish  uchun  ko‘p  kuch  sarflamasligi,  o‘z  ishlab  chiqarish  hajmlarini 

o‘zgartirmasligi,  mahsulot  sifat  ko‘rsatkichlariga,  dizayniga  e’tibor 

qaratmasligi  mumkin.  Taklifning  talabdan  orqada  qolishi  bozorda 

raqobatning sustligini ko‘rsatadi.  

«Xaridor  bozori»  –bunday  bozorda  taklif  talabdan  ko‘p,  shuning 

uchun xaridorlar (iste’molchilar) taklif etilayotgan tovarlar va xizmatlar 

orasidan  xohlaganini  tanlash  imkoniyatiga  ega.  Bunday  bozorda 

xaridorlar  ustunlikka  ega  bo‘lib  (xaridortovar  narxiga,  uning  sifatiga, 

dizayni,  foydaliligiga  alohida  talablar  qo‘yadi),  ishlab  chiqaruvchi  va 

sotuvchilar  bozorning  eng  faol  ishtirokchilariga  aylanadilar.  Bunday 

holatda «tovar pul orqasidan yuguradi, ya’ni raqobatning mavjudligi bilan 

xarakterlanadi.  Bunday  vaziyatda  firma  iste’molchilarni  chuqur 

o‘rganishi,  marketing  vosita  (instrument)laridan  keng  foydalanib 

bozorning  ichki  muhitini,  tovarlar  assortimentini,  narx-navoni  o‘rganib 

raqobat  muhitida  yangi  tovarlar  va  xizmat  turlarini  ishlab  chiqishlari, 

sotuvni rag‘batlantiruvchi choralar qo‘llanishi zarur.  

Talab  va  taklifning  miqdori  va  tarkibi  jihatidan  bir-biriga  muvofiq 

kelishini  «muvozanatli  bozor»  deb  yuritiladi.  Muvozanatli  bozorni 

ta’minlashning asosiy yo‘llari quyidagilar hisoblanadi: ishlab chiqarishni 

talab  darajasiga  yetkazish  orqali  bozorni  to‘yintirish,  yetarli  darajada 

mahsulotlar zaxirasini barpo etish, xaridorgir mahsulotlar narxini oshirish 

va  aksincha,  talab  uncha  mavjud  bo‘lmagan  mahsulotlar  narxini 

pasaytirish va boshqalar. Talab va taklifning har doim mos bo‘lishi, ya’ni 

bozor  muvozanti holati  bu  real  emas.  Bozor  muvozanati  ro‘y  berganda 

firma  o‘z  mahsulotlarining  sifat  ko‘rsatkichlarini  ushlab  turishi, 

mahsulotning  raqobatbardoshligini  o‘rganishi  va  shular  asosida  o‘z 

strategiyasini  ishlab  chiqishi,  muntazam  ravishda  innovatsion  siyosat 

bilan shug‘ullanishi lozim.  



 

164 


 

 

 



Bozor  konyunkturasi  talab  oshishi  bilan  xarakterlansa,  u  sotuvchi 

uchun qulay, chunki u tovarni qimmatga sotib, ortiqcha daromad ko‘radi. 

Agar bozorda taklif ortiqlik qiladigan bo‘lsa, konyunktura xaridor uchun 

qulay  bo‘ladi,  tovarni  arzonga  olib,  bundan  naf  ko‘radi.  Bozor 

konyunkturasi  ayrim  tovarlarga  nisbatan  ham  sodir  bo‘lishi  mumkin. 

Bozor  konyunkturasi  ayrim  tovar  ishlab  chiqarilishiga  va  sotib 

oluvchilarning  xarid  qobiliyatiga,  narx-navoga,  modaning  o‘zgarishiga 

qarab har xil bo‘ladi.   

Butun  yig‘ilgan  axborotlar  uch  qismga  bo‘linadi.  Birinchisiga 

konyunkturaning  oldingi  davrda  tasvirlangan  ma’lumotlari  kirib,  hozir 

ularning  hech  qanday  aloqasi  yo‘q.  Ikkinchisi  konyunkturaning  hozirgi 

ahvolini bildiradi, ammo u istiqbolga ta’sir ko‘rsata olmaydi. Uchinchisi 

konyunkturaning  kelajakdagi  o‘zgarishini  aniqlaydi.  Konyunkturaning 

tahlili  bozorning  ayrim  tomonini  ifodalovchi  ko‘rsatkichlarigina  emas, 

balki uning kompleks holatini tasvirlovchi barcha axborotlar va statistika 

ma’lumotlariga asoslanishi kerak.  

Bozor konyunkturasini o‘rganish mazmuni va tartibi firma tomonidan 

ko‘zlangan maqsadga bog‘liq bo‘ladi va uch turga bo‘linadi: konyunktura 

axborotnomasi, konyunktura tahlili va konyunktura prognozi.  

Konyunktura  axborotnomasi  –  konyunkturaning  tahliliy  shakli 

hisoblanadi.  Bu  hujjat  bozorning  holatiga  ta’sir  etuvchi  barcha  omillar 

to‘g‘risidagi, ularning o‘zaro aloqalari hamda konyunkturaning umumiy 

o‘zgarishini ifodalovchi qonuniyatlarini o‘zida mujassamlashtiradi.   

Konyunktura  tahlili  -  konyunkturani  mavjud  holatga  keltirgan 

omillarning tahlilini o‘z ichiga oladigan hujjat hisoblanadi. Amalda tahlil 

bozor konyunkturasinig maxsus izlanishlarini aks ettiradi va omillarning 

ta’sir doirasini aniqlashga xizmat qiladi.  

Umuman  istiqbolni  aniqlash  -  ma’lum  obyektning  bo‘lajak  holatini 

ilmiy  asosda  obrazini  yaratish  demakdir.  Har  qanday  mamlakat  ichki 

iqtisodiy  holatini  va  ishlab  chiqarish  istiqbolini  belgilashda  jahon 

bozoridagi  o‘zgarishlarni  aniq  tassavur  qilish  va  baholay  olish,  uning 

progressiv  tendensiyalariga  mos  ilmiy  ishlab  chiqarish  omillarini  ishga 

solish obyektiv zaruriyat hisoblanadi.   

Bozor istiqbolini aniqlashda quyidagi talablar e’tiborga olinishi shart:  

 

kelajakda bozor konyunkturasiga ta’sir etuvchi omillarni hisobga 



olishda ilmiy asoslangan, ishonchli va tizimli yondashish;  


 

165 


 

 

 



 

istiqbolni  aniqlashning  bir  nechta  usullaridan  foydalanish  zarur, 



ularning natijalari bir xil yoki yaqin bo‘lishi lozim;  

 



ishlatilgan uslublarning ilmiy asosi yetarli bo‘lishi;  

 



xulosalarning  aniq  va  ravon  tilda,  ayniqsa,  qaror  qabul 

qiluvchilarga tushunarli ishlanganligi;  

 

bozor  konyunkturasi  istiqboli  o‘z  vaqtida  aniqlanishi  hamda 



korxona,  assotsiatsiya,  kompaniya  va  vazirliklar  ishini  boshqarishda 

qo‘llanilishi.  

Bozorni o‘rganish tovar turlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Agar har 

bir  iste’mol  tovarlari  bo‘yicha  tovarlarning  sotilish  vaqti,  aholining 

tabaqalanishi  o‘rganilsa,  kundalik  va  ma’lum  davrlarda  foydalanadigan 

yoki  iste’mol  qilinadigan  tovarlar  turlariga  qarab,  shuningdek,  shu 

tovarlarni  saqlash  bilan  bog‘liq  masalalarni  hal  etish  asosiy  vazifa 

hisoblanadi.  Ishlab  chiqarish  vositalari  bozorida  ularning  sotilishi  bilan 

bog‘liq  barcha  shart-sharoitlarni  chuqur  o‘rganish  zaruriyati  yotadi.  Bu 

shartlar jumlasiga ishlab chiqarish vositalarning birdaniga ko‘p iste’mol 

qilinishi,  xaridorning  nisbatan  kam  bo‘lishi,  asosan  bir  manzilga  ko‘p 

tovar yetkazib berilishi, sotishda ulgurji shaklning ko‘p qo‘llanilishi, tovar 

yetkazib  berishda  transport  aloqasi  va  turlarining  ahamiyati  kattaligi  va 

boshqalar  kiradi.  Shartlarni  to‘g‘ri  baholash  esa  bozor  sharoitini 

o‘rganishda  qo‘llaniladigan  uslublar  turkumining  mukammaligiga 

bog‘liq.   

Bozorni o‘rganish shu bozorda faoliyat yurgizish bilan bog‘liq shart-

sharoitlarni  o‘rganishni  nazarda  tutadi.  Bu  o‘rganish  bozorning  asosiy 

talablari:  sifat,  narx-navo  va  servis  xizmati  ko‘rsatish  bo‘yicha 

imkoniyatlarni baholashni taqozo etadi. Bozor sharoiti bozorda tovar-pul 

munosabatlari  va  oldi-sotdi  jarayoni  holatidir,  tovar-pul  munosabatlari 

tovar  turlari,  ularning  miqdori,  raqobatchi  korxonalarning  bozordagi 

mavqeyi,  ularning  imkoniyatlari,  tovarlar  ayirboshlash  yo‘llari  kabi 

jarayonlarni chuqur o‘rganishni nazarda tutadi. Shuni alohida ta’kidlash 

lozimki,  muayyan  bozorda  iqtisodiy  aloqalarning  mavjudligi,  ularning 

rivojlanish  yo‘nalishlari  hamda  shunday  aloqalar  o‘rnatish  uchun 

shartsharoitlar yaratish tovar-pul munosabatlari negizini tashkil etadi.  

  


Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish