Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/329
Sana12.01.2022
Hajmi3,22 Mb.
#338719
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   329
Bog'liq
marketing

 

 

 

 

 

 

 

 



 

158 


 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

VII bob. BOZOR KONYUNKTURASINI TADQIQ ETISH VA  

BASHORAT QILISH  

 

 

7.1. Bozor konyunkturasi haqida tushuncha  



 

 

Bozor  nima?  Bozor  -  iste’molchi  va  sotuvchilarning  xohish  va 



istaklari mos kelib o‘zaro tovar va xizmatlarni ma’lum bir qiymat evaziga 

ayirboshlaydigan  joy.  Bozor  (market)  -  keng  ma’noda  muomala  sohasi 

bo‘lib,  tovar  ayirboshlash  munosabatlari  va  jarayonlari  majmuyidir. 

Bunda tovar bilan oldi-sotdi munosabatlari tovar ishlab chiqarish, tovar 

ayirboshlash  va  pul  muomalasi  qonunlari  asosida  amalga  oshadi. 



 

159 


 

 

 



Ko‘pincha,  marketingda  bozor  deganda  ma’lum  tarmoq  tovarlariga 

ehtiyoj  sezuvchi  va  uni  qondirish  imkoniyatiga  ega  bo‘lgan  potensial 

iste’molchilarning 

majmuyi 


tushuniladi. 

Marketingda 

“bozor” 

tushunchasi  tovar  yoki  xizmatlarni  sotib  oluvchilarning  mavjud  va 

potensial yig‘indisi (jamlanmasi)ni bildiradi. Bu ibora qandaydir umumiy 

belgilarga  ko‘ra  birlashgan  iste’molchilar  guruhini  anglatadi  (masalan, 

yuqori  sifatli  tovarlar  xaridorlari  bozori).  Ma’lum  ehtiyojlar 

(iste’molchilar)  bozori,  demografik  bozor  (uni,  masalan,  o‘smirlar  yoki 

katta yoshli odamlar tashkil etadi), geografik bozor (masalan, O‘zbekiston 

bozori, Rossiya bozori yoki G‘arbiy Yevropa bozorlari) haqida gapirish 

mumkin. Marketingda bozor hamisha to‘liq aniq holat. Har bir tashkilot 

aniq  bozorda  (bozorlarda)  ishlaydi.  Masalan,  Koreyaning  Samsung 

firmasi  jahon  bozori  uchun  ishlaydi,  “Gloriya  Jins”  –  Rossiya  kiyim 

bozorida ishlaydi.  

Bozor - tovarni xarid qiluvchi va sotuvchilarni har qanday kelishuvlar 

(shartnomalar)  yordamida  shu  tovarni  oldi-sotdi  qilish  bo‘yicha 

munosabatda bo‘lishidir. Bozor (market)  –  tovar xo‘jaligining iqtisodiy 

kategoriyasi bo‘lib, tovar ishlab chiqarish va tovar muomalasi qonunlari 

asosida tashkil etilgan ayirboshlashdir. Boshqacha qilib aytganda, bozor - 

sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) va xaridor (iste’molchi) lar o‘rtasida sodir 

bo‘ladigan barcha iqtisodiy munosabatlar yig‘indisini o‘z ichiga oladi.  

Bozor aloqalari va munosabatlari oldi-sotdi akti sifatida oddiy tovar 

ayirboshlashdan tubdan farq qiladi. Bu avvalambor, tovar-pul 

munosabatlarining takror ishlab chiqarishning mumkinligi va zarurligi 

hamda tovar xo‘jaligini yuritishning sharoitlarida ko‘rinadi. Bozor 

mexanizmi xaridor talabini qondirishga, ishlab chiqarish harakatlarini 

qoplay olishga, barqaror ishlayotgan har bir korxonaning foydaliligini 

ta’minlashga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga

manfaatdorligini paydo qilishga va mahsulot sifatini oshirishga qodir 

xo‘jalik yuritish qurolidir.  

Bozor iqtisodiyotning aniq sohalarida yoki ma’lum joylarda talab va 

taklifning  rivojlanish  holatidir.  Masalan,  metall  bozorida  bahoning 

pasayishi yoki mehnat bozorida ishchilarning yetishmasligi va hokazo.  

 Bozor ma’lum bir qiymatga ega bo‘lgan turli xil obyektlar bo‘yicha 

tashkil  etilishi  mumkin.  Masalan,  iste’mol  tovarlari  bozori,  qimmatli 

qog‘ozlar  bozori,  mehnat  bozori,  kapital  bozori,  intellektual  bozor, 




 

160 


 

 

 



shoubiznes bozori va boshqalar shular jumlasidandir. Iste’molchilarning 

turiga qarab bozorlar iste’mol bozori va korxonalar (tashkilotlar) bozoriga 

bo‘linadi.  


Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish