156
-
korxona moslashuvchanligini talab qilingan atrof-muhit
o‘zgarishlariga qanchalik mos kelishini aniqlash.
Mamlakatimiz
korxonalari,
assotsiatsiyalarida
marketing
xizmatlarini tashkil qilish marketingga tayangan boshqaruv tizimini
yaratishga imkon beradi.
Marketing faoliyatining nazorati mahsulotlarni sotish ustidan nazorat
qilish, sotish imkoniyatlarini tahlil qilish, tadbirkorlik faoliyatining
foydaliligini nazorat qilish, marketing xarajatlarini tahlil qilish, texnik va
strategik nazorat va marketing taftishini nazarda tutadi.
Marketingning nazorati va taftishining asosiy vazifasi korxonalar,
assotsiatsiyalarning ishlab chiqarish, sotish va ilmiy-texnik faoliyati
samaradorligini oshirishdan iborat.
Qoidaga ko‘ra marketing faoliyatining nazorati o‘z ichiga
quyidagilarni oladi:
- sotishni amalga oshirish va uning imkoniyatlari ustidan nazorat;
- foydalilikning nazorati va marketing xarajatlari tahlili; -
strategik nazorat va marketingning taftishi.
Sotish faoliyatini nazorat qilish haqiqiy sotish va ular tendensiyalarini
rejalashtirilgan ko‘rsatkichlari bilan taqqoslashda hisobga olish yo‘li bilan
amalga oshiriladi.
Foydalilikni nazorat qilish va marketing xarajatlarini tahlil qilish
alohida tovarlar, ularning assortiment guruhlari, bozor segmentlari,
hududlari, savdo kanallari, reklama vositalari, savdo xodimlari va
boshqalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Marketingning strategik nazorati va tahlili korxona ishlab chiqarish,
sotish va ilmiy-texnik faoliyati rivojlanishining asosiy muammolari va
istiqbolini aniqlash maqsadida asosiy vazifalar, strategiyalar, marketing
tezkor tadbirlari va marketing tashkilotlari baholarini belgilaydi.
Marketingning taftishi qoidaga ko‘ra o‘z ichiga marketingning makro
va mikro muhiti, marketing xizmatlarining faoliyat yuritish samaradorligi
tahlilini hamda marketing siyosati: tovar, narx, reklama, xodimlarni o‘z
ichiga oladi.
Nazoratni tashkil qilish korxonaning kattaligi, xodimlarning
malakasi, nazorat vazifalarining murakkabligiga bog‘liq bo‘ladi.
Korxonada marketingning tashkil qilinishi o‘sishi bilan uning
ixtisoslashuviga va marketing nazoratining alohida birligini yaratishga
ehtiyoj ortib boradi.
157
Marketingning rejasini hayotga tatbiq qilishda ko‘pgina kutilmagan
hodisalar bo‘lishi mumkin. Firma o‘zining tadbirlarini nazorat qilishi
shart, o‘zining maqsadlariga erishish uchun marketing nazoratini uch
turga bo‘lish mumkin:
1.
Yillik rejalarining bajarilishi ustidan nazorat.
2.
Daromad nazorati.
3.
Strategik rejalar ustidan nazorat.
Yillik rejalarning bajarilishini nazorat qilish masalasi - bu firmaning
hamma ko‘rsatkichlarga chiqishiga ishonch hosil qilish.
Daromad nazorati - bu har xil tovarlardan keladigan daromadlar,
iste’molchilar bozori tahlilini o‘zida aks ettiradi.
Strategik rejalar ustidan nazorat - bu «orqaga chekinish», firmani
bozorga yondashtirishni tanqidiy baholash uchun kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: