Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Raqobatli marketing strategiyalari



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/329
Sana12.01.2022
Hajmi3,22 Mb.
#338719
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   329
Bog'liq
marketing

 

 

Raqobatli marketing strategiyalari 

 

 

 

Firma  rahbariyati  mijozlar  talabini  hisobga  olib  faqat  raqobat 



ustuvorligini ta’minlashga mo‘ljallangan marketing strategiyasini qo‘llab 

qo‘ya  qolmaydi.  Raqobatchilar  strategiyasi  haqida  olingan  hamda 

o‘zining  raqobat  muhitidagi  holati  haqidagi  ma’lumotlarga  asoslanib, 

firmaning raqobatli marketing strategiyasi ishlab chiqiladi.  

Bozordagi  raqobat  muhitida  firma  to‘rtta  roldan  birini  o‘ynashi 

mumkin:  

 

bozor yetakchisi;  



 

yetakchilikka da’vogar;  



 

lider;   



 

ma’lum bozor qismiga ixtisoslashuv (mutaxassis nisher).  




 

150 


 

 

 



Bozorda  egallab  turgan  raqobatli  o‘rni  va  firmaning  o‘z 

imkoniyatlariga  bog‘liq  holda  rahbariyat  raqobatning  birorta 

strategiyasini afzal ko‘radi.  

Turli  raqobat  pozitsiyalarida  turgan  holda  firmalar,  agar  ular 

o‘sishning aynan bir xil strategiyalarida, masalan, o‘sishning jamlangan 

strategiyasida bo‘lishsa ham raqobatning turli xil strategiyasini tanlashadi.  

O‘sishning  jamlangan  strategiyasida  turgan  bozor  yetakchisining 

strategiyasi  himoya  (mudofaa)  va  bozor  ulushini  oshirish  muammolari 

bilan bog‘liq.  

O‘zining  bozordagi  yetakchilik  pozitsiyasini  mudofaa  qila  borib, 

yetakchi:  

 



jami  mavjud  tovarlar  eskiradi,  raqobatchilar  o‘z  tovarlarini 

yangilash  harakatiga  tushgunga  qadar  o‘z  tovarlarini  ma’nan  eskirgan, 

deb  bilib,  avvalroq  uni  yangilashga  o‘tish  asosida  innovatsiyalar 

strategiyasini qo‘llay boshlashi;  

 

imkoniyatli  narxlarni  asrab  qolish  va  mahsulotlarni  yangi 



o‘lchamlar, dizayn va markalar hisobiga yangilash yo‘li bilan bozordagi 

yetakchilik  holatini  saqlab  qolishga  imkon  beruvchi  mustahkamlash 

strategiyasidan foydalanishi;  

 



tashlangan undov (chaqiriq)ga nisbatan tez javob harakatlarini 

ko‘zda tutuvchi qarama-qarshi zarbalar strategiyasini realizatsiya qilishi: 

narxlarni  sezilarli  pasaytirishi,  o‘z  mahsulotini  ilgari  surish  siyosatini 

kuchaytirish,  raqobatchilarni  tanqid  qilishni  tashkil  etish,  uning  asosiy 

ta’minotchilariga  ta’sir  o‘tkazishga  urinib  ko‘rish,  uning  asosiy 

xodimlarini o‘ziga og‘dirishni boshlashi mumkin.  

Bozor ulushini oshirish uchun kurash olib borish bilan yetakchi bozor 

muhitiga undov (chaqiriq) tashlovchi strategiyani tanlaydi.  

Yetakchilikka da’vogarlik strategiyasini o‘ziga yarasha kuchli, lekin 

yetakchi  pozitsiyasini  egallamaydigan  firmalar  tanlaydilar.  Bozor 

muhitiga  undov  (chaqiriq)  tashlay  borib,  bunday  firmalar  masalan, 

jamlangan  o‘sish  strategiyasini  qo‘llay  borib,  asosiy  strategik  maqsadi 

boshqa  firmalardan  “jang  bilan”  yutib  olish  hisobiga  bozorning 

qo‘shimcha qismini “bosib olish” (bozor ulushini oshirish)ga intiladi. Bu 

kurashni u yetakchi yoki ancha sustroq va mayda raqobatchilari bilan olib 

boradi. Yetakchiga hujumni firma o‘zida aniq raqobat ustuvorligi mavjud 

bo‘lsa,  yetakchida  esa  firma  raqobat  kurashida  foydalanishi  mumkin 



 

151 


 

 

 



bo‘lgan  kamchiliklar  bo‘lgandagina  boshlashi  mumkin.  Hujumning 

beshta strategiyasi bo‘lishi mumkin.  

1.Yetakchiga  ro‘paradan  hujum  “kuch-kuchga  qarshi”  prinsipi 

bo‘yicha  boradi,  bunda  yetakchilikka  da’vogar  yetakchining  ojiz  emas, 

kuchli tomoniga hujum qiladi, bu bilan u o‘zini kuchli deb hisoblaydigan 

va yetakchilik qiladiganni kutilmaganda yengishga urinadi. Bu “jang”da 

odatda,  kimning  resurslari  ko‘p  bo‘lsa  va  kim  kuchli  ustuvorlikka  ega 

bo‘lsa, o‘sha g‘alaba qozonadi.  

2.Yetakchiga  yon  tomonidan  hujum  uning  ojiz  yo‘nalishiga:  yoki 

yetakchi  kuchli  pozitsiyaga  ega  bo‘lmagan  regionga  yoki  yetakchining 

mahsuloti qoplay olmaydigan talabga nisbatan qilinadi.  

3.

 



Hamma  yo‘nalish  bo‘yicha  hujum  qilayotgan  firmaning 

yetakchi  ishtirok  etadigan  hamma  bozorlar  va  yetakchi  chiqaradigan 

mahsulotlarning hamma turlari bo‘yicha harakatlanishini ko‘zda tutadi.  

4.

 



Hujumkor  firma  yetakchiga  aylanib  o‘tib,  bevosita  hujumni 

ko‘zda  tutmaydi.  Firma  yangi  bozor  yaratadi,  keyin  unga  yetakchini 

“aldab” kiritadi va bu bozordagi ustuvorlikka ega bo‘lgach, uning ustidan 

g‘alaba qozonadi. Masalan, o‘rnini bosuvchi mahsulot yaratish yoki yangi 

geografik bozorlarni ochish.  

5.

 



Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish