Marketing muhiti
— korxona (firma, kompaniya) marketing va
boshqa xo‘jalik faoliyatini amalga oshiradigan muhit. Tashqi va ichki
atrof-muhit marketingi farqlanar ekan, muhitning nazorat qilinadigan va
nazorat qilinmaydigan omillari alohida ajratib ko‘rsatiladi. Har qanday
korxona (firma, kompaniya) o‘z tovarlarini yetkazib bergan va
xaridorlarni tegishli axborotlar bilan ta’minlagan holda bozor bilan
aloqada bo‘lib faoliyatini amalga oshiradi. O‘z navbatida, firma
(kompaniya) bozordan realizatsiya qilingan tovarlar va xizmatlarning
puldagi ekvivalenti va yana o‘zga axborotlarni ham oladi. Bir butun
yaxlitlik sifatida berk tizim vujudga keladi. Uning barobarida yana bir
yopiq tizim mavjud bo‘lib, unda kompaniya (firma) xomashyo, yarim
tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar yetkazib beruvchilarga, hukumat
organlarining turli xildagi normativ hujjatlariga, banklar hujjatlariga
nisbatan qabul qilib oluvchi bo‘g‘in sifatida ish ko‘radi. Bunga javoban
korxona (firma, kompaniya) ham tegishli axborotlar va pulni yo‘naltiradi.
Natijada esa korxona (firma, kompaniya) marketingda
tashqi muhit
bilan
chambarchas bog‘lanadi. Tashqi muhit tashkilot maqsadlariga erishish
uchun zarur bo‘lgan darajadagi ichki potensialni saqlab turish uchun zarur
bo‘lgan resurslar bilan ta’minlovchi manbalar hisoblanadi. Demografik,
iqtisodiy, ekologik, ilmiy-texnikaviy, siyosiy va madaniy omillar ana
104
shular sirasiga kiradi.Tashqi marketing muhiti - firma tashqarisida
harakatlanadigan subyektlar jamlanmasi bo‘lib, ular hamda firma
o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlar, rahbariyat va marketing xizmati
imkoniyatlari, xaridorlar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik munosabatlarini
o‘rnatish va uni saqlab qolishda ta’sir qiluvchi holatlardir. Marketing
muhitini hosil qiluvchi asosiy omillar 4.3-rasmda keltirilgan.
4.3-rasm. Marketing muhitini tashkil etuvchi omillar
Tashqi marketing muhiti mikromuhit va makromuhitdan tashkil
topadi.
Makromuhit
(ingl.
Macroenvironment)
— umumiyligicha
mikromuhitga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy tashqi omillar (demografik
omillar, madaniy muhit omillari, siyosiy omillar, ilmiy-texnik omillar,
tabiiy omillar, iqtisodiy omillar). Marketing tizimi ma’lum muhitda
ishlagani uchun unga turli omillar ta’sir ko‘rsatadi:
1.
Demografik omillar.
2.
Iqtisodiy omillar.
3.
Tabiiy omillar.
4.
Ilmiy-texnik omillar.
5.
Siyosiy omillar.
Do'stlaringiz bilan baham: |