FIRMA
MAKROMUHIT
MAKROMUHIT
Demografik
omillar
Iqtisodiy omillar
Tabiiy
omillar
Ilmiy-texnik
omillar
Siyosiy
omillar
Madaniy muhit
omillari
Xaridorlar
Ta’minot-
chilar
Bog‘lanish
auditori
y
alari
Vositachilar
Raqobat-
chilar
105
6.
Ma’naviy muhit omillari.
Sanab o‘tilgan tashqi omillar firma natijaviy ko‘rsatkichlariga
turlicha ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
4.4-jadval
Marketing tizimi tashqi muhit omillarining xarakteristikasi
OMILLAR
ASOSIY TAVSIFLARI
Tabiiy
Resurslarning rivojlanish darajasi, ekologik normativ va
ko‘rsatkichlar, davlat tomonidan atrof-muhitning muhofaza
qilinishi, energiya, yoqilg‘i va boshqa resurslardan
foydalanishni tartibga solish
Demografik
Aholi soni, strukturasi, zichligi, tug‘ilish koeffitsiyenti, o‘lim,
migratsiya ko‘rsatkichlari
Iqtisodiy
Iste’molchilarning moliyaviy ahvoli, sotib olish qobiliyati,
moliya - kredit ko‘rsatkichlari, iqtisodiy konyunktura va
inflatsiya darajasi.
Soliq tizimining mukammalligi, narx- navo siyosati.
Huquqiysiyosiy
omillar
Qonunchilikning rivojlanish darajasi, aholini ijtimoiy himoya
qilishning qonunlari, tadbirkorlikni qo‘llab–quvvatlash, bozor
mexanizmlarining qonuniy asosda joriy etilishi v a h.k.
Ilmiytexnikaviy
Iqtisodiyot asosiy tarmoqlarida fan - texnika taraqqiyotining
rivoji va moddiy - texnika bazasining holati, xususiylashtirish
va innovatsiyajarayonlarining rivojlanganligi. Iqtisodiy va
texnik xavfsizlikko‘rsatkichlari.
Ijtimoiymadaniy
Aholining bozor ko‘nikmalariga va mentalitetiga ega ekanligi,
iste’molchilarning madaniyati va milliy axloqiy darajasi,
tashkiliy va iste’mol madaniyatining shakllanganligi
Demografik omillarni o‘rgana borib, marketing aholi orasidagi
tug‘ilish, yosh strukturalari malakalarini ko‘rib chiqishi zarur. Bu
iste’molchilarga mo‘ljallangan ishlab chiqaruvchi qancha va qanday
tovarlar ishlab chiqarishni bilishi bilan bog‘liq. Masalan, tug‘ilishning
nisbatan pasayishi aholining keksayishiga olib keladi, bundan bolalar
uchun tovarlarga talab kamayadi va katta yoshli aholi uchun esa mos
tovarlarga ehtiyoj ortadi. Demografik va ziyatlarni tadqiq qiluvchilar
uchun zamonaviy oilalar tendensiyalarini, ya’ni nikohga kiruvchilarning
106
o‘rtacha yoshini, oilada bolalarning o‘rtacha yoshi, ajrashishlar sonini
bilish muhim. Oilaning har bir guruhi uchun turli tovarlar va xizmatlar
talab qilinadi. Migratsiya masalalarini o‘rganish firmaning bo‘linmalari
va filiallarini joylashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Odamlarning
ma’lumotlilik darajasining o‘zgarishi, u qancha yuqori bo‘lsa, yuqori
sifatli va aniq mahsulotlarga, matbuot nashrlariga va intellectual mehnat
mahsulotlariga talab ham shuncha yuqori bo‘lishini ko‘rsatadi.
Iqtisodiy omillarning ham o‘ziga yarasha ahamiyati yuqori.
Firmaning potensial xaridori qanchaligini, ular qancha Tovar sotib
olishlarini ham bilish – aniqlay olishi muhim. Aholining to‘lovga qodirlik
talablariga ko‘plab omillar, jumladan, mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi
darajasi, ish haqi miqdori, inqiroz va ishsizlik kabilar ham ta’sir etadi.
Shuningdek, daromadlarning aholining turli xil guruhlari orasida
taqsimlanish strukturasini bilish ham muhim. Bunday taqsimlanishning
bir tekisda bo‘lmasligi – obyektiv holat. Shuning uchun firma xizmat
ko‘rsatish uchun bozorning ma’lum bir segmentini tanlashda o‘z
xaridorlarining moddiy ahvolidan kelib chiqishi kerak.
Tabiiy omillar har qanday tashkilot faoliyatida, ayniqsa, tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish global
masalaga aylanganda o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Ayniqsa, ishlab
chiqaruvchilar oldida xomashyolar, energetik resurslar yetishmasligi bois
juda katta muammolar kelib chiqadi, shuning uchun ular ilmiytadqiqot va
qidiruv ishlari bilan shug‘ullanuvchi firmalar faoliyatini o‘rganishga katta
e’tibor qaratadilar. Binobarin, marketing xizmati firma faoliyati uchun
zarur resurslarni qidirib topish bilan bog‘liq muammolar tadqiqotlari bilan
shug‘ullanishlari zarur, chunki tadqiqotdan foydalanish tobora davlat
nazorati ostiga o‘tmoqda va firmalar o‘z faoliyatlarida bu omilni hisobga
olishlari zarur.
Ilmiy-texnika taraqqiyoti omillari hamisha marketingning diqqat
markazida bo‘lishi lozim. Har qanday yangilik eskirgan namunalarini
siqib chiqarishi bilan tahdid soladi, bu esa, agar tadqiqotlar va ishlab
chiqarishlar jarayoniga yetarlicha e’tibor qaratilmasa, ko‘ngilsiz
oqibatlarga olib kelishi mumkin. Marketing xizmati firma faoliyatining
ishlanmalari yo‘nalishlarini aniqlash va muqobillarini qidirib topish
bo‘yicha barcha kuchlarni ishga solishi kerak. ITTKI sharoitida ayniqsa,
107
turli xil malakalar va ratsionalizatorlik takliflarini joriy etishning
ahamiyati ortadi.
Siyosiy omillarga avvalo, davlat organlari tomonidan qabul
qilinadigan normativ (me’yoriy) hujjatlar, davlat tomonidan ularga rioya
qilinishining nazorati mamlakatda barqarorlik qobiliyatning xarakteri va
shuningdek, turli xil jamoatchilik tashkilotlari kiradi. Qonunlarni bilish
firma uchun bozorni to‘g‘ri mo‘ljallay olish, investitsiyalash
yo‘nalishlarini tanlash, joriy qonunchilik doirasida ishlab chiqarish
samaradorligini oshirish (maksimallashtirish) imkoniyatlarini qidirishga
yordam beradi. Davlat tomonidan qonunlarga rioya qilinishini nazorat
qilish bir tomondan, qonunga bevosita amal qilinishini, ikkinchi
tomondan tadbirkorlarga ularni ixtiyoriy bajarish maqsadga muvofiqligini
anglab yetishlariga yordam berishdir.
Madaniy muhit omillari ko‘p tomondan jamiyat a’zolarining
muomalasi (xulq-atvori, fe’lini) belgilaydi. Jamiyat tomonidan qabul
qilingan me’yorlar bu jihatdan juda katta kuchga ega (dinlar, an’analar,
qonunlar). Marketing ikkilamchi madaniy qimmatlik (qadriyat) largagina
ta’sir etishga qodir. Marketingning vazifasi madaniy muhitda
tendensiyalarni aniqlash va firma faoliyatini unga yo‘naltirishdan iborat.
Firmaning mikro muhiti bevosita firmaning o‘ziga va uning
mijozlarga ta’sir o‘tkaza olish imkoniyatlariga bevosita munosabatda
bo‘ladigan kuchlardan iborat. Marketing xizmati rahbarlari faqat
iste’molchilarning ehtiyojlari bilan band bo‘lib qolmasliklari lozim. Ular
mikro muhitning hamma omillarini hisobga olishlari lozim. Firmaning
makro muhiti uning mikromuhitining keng (hamma) elementlari
(unsurlari) ga ta’sir etuvchi ijtimoiy kuchlari bilan ifodalanadi.
Firmaning mikromuhitiga ta’sir etuvchi makromuhiti 6 ta asosiy
kuchlardan shakllanadi.
1.Aksariyat mol yetkazib beruvchilar.
2.
Firma.
3.
Marketing bo‘yicha vositachilar.
4.
Mijozlar.
5.
Raqobatchilar.
6.
Firmada aloqada bo‘lgan auditoriyalar.
108
Do'stlaringiz bilan baham: |