4.3-jadval
Marketing xizmat bo‘limlari faoliyatining asosiy turlari
Bo‘limlar
Faoliyat turi
Bozorni tadqiq qilish
bo‘limi
Bozorning asosiy ko‘rsatkichlarini aniqlash. Bozorning
rivojlanish istiqbolini bashoratlash. Iste’molchilarni o‘rganish.
«Muvaffaqiyatning asosiy omillari»ni aniqlash. Raqobatchilar
faoliyatini tahlil qilish.
Mahsulot
assortimentini
rejalashtirish bo‘limi
Ishlab chiqarishning assortiment tarkibini ishlab chiqish.
Tovarning iste’mol va texnik kattaliklari o‘rtasida o‘zaro
bog‘liqlikni o‘rnatish.
Realizatsiya bo‘limi
Sotish va tovar harakati kanallarini tanlash. Mahsulot
assortimenti bo‘yicha tovar aylanishini rejalashtirish.
Mahsulotni realizatsiya qilishning optimal sharoitlarini
aniqlash. Sotishni bashoratlash.
Firma do‘konlari
Xaridorlar talabini o‘rganish. Xaridorlarni rag‘batlantirish.
Sotish kanallari ishlovchilarini rag‘batlantirish. Korxona obro‘-
e’tiborini shakllantirish.
Reklama byurosi
Mahsulotni reklama qilish. Korxona obro‘- e’tiborini
shakllantirish. Axborot almashuvchanlikni rivojlantirish.
100
Korxonalarda marketing xizmatini tashkil etishda bosqichmabosqich
yondashish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Mamlakatimiz korxonalari, assotsiatsiyalari faoliyatining marketing
xizmatlari bo‘yicha tahlili shuni ko‘rsatadiki, bajarilayotgan vazifalarning
asosiy qismi tijorat xizmatlari bo‘linmalari zimmasiga yuklatilgan. Shu
sababli marketing xizmatini tijorat bloki asosida tashkil qilish maqsadga
muvofiqdir.
Bozorning rivojlanishi va uning “xaridorlar bozori”ga aylanishi
korxonaning marketing bo‘limi tashkiliy strukturalaridagi o‘rnini va
uning boshqa bo‘limlar bilan o‘zaro harakatini asta-sekin o‘zgartiradi.
Tashkilot tomonidan amalga oshiriladigan marketing funksiyalaridan
biri asta-sekin uning asosi (o‘zagi)ga aylanadi va tashkilot faoliyatining
shunday funksional sohasiga aylanadiki, bu uning boshqa sohalarining
funksiyalanishini ko‘p tomondan belgilaydi, ya’ni ishlab chiqarish,
xodimlarni boshqarish, ITTKI (ilmiy-tadqiqot tajriba – konstrukturlik
ishlari) va b.
Bozor sharoitlarida marketing asosiy funksiya sifatida korxona
faoliyatining strategiyasini belgilaydi. Korxonaga marketingni o‘zi uchun
hayot tarzi, korxonaning esa falsafasi, deb bilgan odam rahbarlik qiladi.
Marketing xizmati nafaqat ishlab chiqarish va savdoga xizmat qilish
bo‘limi, shuningdek, tashkilot faoliyatini yakuniy iste’molchilarning
chiqarilgan mahsulotga yo‘naltiruvchi strategik ishlab chiqarish– savdo
boshqaruv rejalashtiruvchi va nazorat qiluvchi organlari hamdir.
Marketing korxonaning hamma xizmatlari va bo‘limlariga kirib boradi.
Shuning uchun korxonada marketingni boshqaruv strukturalarini tashkil
etish alohida ahamiyat kasb etadi. Marketing xizmati shunday tashkil
etilishi kerakki, u ushbu korxonaning o‘ziga xos xususiyatlariga
(spetsifikasiga), uning resurs imkoniyatlariga, chiqarilayotgan mahsuloti
va xizmat qilayotgan bank xarakteriga mos kelsin. U aniq, qaror qabul
qilishda moslashuvchan, sodda va tezkorligi (mobilligi) bilan ajralib
turadigan bo‘lishi lozim. Korxonalar marketing bo‘limi shunday
hisobkitob bilan tashkil etiladiki, u eng yaxshi tarzda marketing
maqsadlariga erishishga, ya’ni xaridorlarning qondirilmagan talablarini
aniqlash, bozorlarni geografik jihatdan kengaytirish, bozor ulushlarini
oshirish, bozorning yangi segmentlarini qidirib topish, foydani
ko‘paytirishga yordam berizi zarur. Hozirgi zamon korxonalar faoliyati
amaliyotining ko‘rsatishicha, marketing xizmati strukturasining rang-
101
barangligiga qaramasdan marketingning tashkiliy tarkibiy turlari
quyidagilar:
−
funksiyalar bo‘yicha;
−
mahsulot bo‘yicha;
−
bozorlar bo‘yicha;
−
iste’molchilar guruhi bo‘yicha;
−
hudud (region)lar bo‘yicha bo‘ladi.
Marketing xizmatini tashkil etishda qat’iy standartlar mavjud
bo‘lmaydi, shuning uchun har bir kompaniya, marketingni boshqarish
strukturasiga asosiy talab–uning samaradorligi, aniq-ravshan (ochiq)ligi,
tejamkorligi ekanligini anglay borib, bu masalani hal etishga mustaqil
yondashadi.
Marketing xizmati boshqa bo‘limlar va xizmatlar bilan o‘zaro
aloqada harakatlanishi zarur va u marketingni korxona faoliyatiga joriy
etilish darajasi bilan belgilanadi. Marketing va ta’minot bo‘limlarining
o‘zaro munosabatlari, ularning faoliyatlarini muvofiqlashtirish shuning
uchun kerakki, bunda muhim xom – ashyolar va butlovchilarning
oldindan ko‘zda tutilmagan va kutilmagan holda yetmay qolishi
kabilarning oldi olinadi. Bunday holatlar, agar marketing bo‘limi
ta’minotchilarga rejalarning istiqboli va tuzilgan shartnomalar haqida
ma’lumot bermaganlarida yuz beradi. Va aksincha, noto‘g‘ri prognozlar
yoki marketing bo‘limi ta’minot bo‘limiga talablarning kamaygani haqida
xabar bermaganidan materiallar hamda butlovchilarning haddan ortiq
zaxirasi to‘planib qolganidan, boshqa ish (vazifalar) da muvaffaqiyatli
foydalanilishi mumkin bo‘lgan bu vositalarni faoliyatdan to‘xtatib, ya’ni
“muzlatib” qo‘yishga to‘g‘ri keladi.
Tovarlar bo‘yicha smeta va marketingning umumiy budjetini
samarali realizatsiya qilish uchun marketing bo‘limi mutaxassislari
xarajat va foyda ko‘rsatkichlarini doimo nazorat ostida tutishlari kerak
bo‘ladi. Marketing bo‘limining yuridik xizmat bilan o‘zaro birgalikdagi
harakati marketing bo‘limi mutaxassislariga xo‘jalik va tijorat
faoliyatining turli tomonlarini ishlab chiqish, yangi buyumni ishlab
chiqarish, narxlarni belgilash, qadoqlash, reklama, sotish shartlari
kabilarni qonunchilik bo‘yicha boshqarishda tez va malakali yuridik
maslahatlar olish imkonini beradi. Patent ishlari, tovar belgilarini
ro‘yxatdan o‘tkazish, litsenziya bitimlari, reklamatsiyalar va
102
xaridorlarning e’tirozlariga taalluqli qonunlar va yo‘l-yo‘riqlar mavjud.
Cheklangan savdo amaliyoti, monopolistik kelishuvlar, kechiktirilgan
to‘lov bilan xarid va savdo narxlar haqida kelishuvlar va boshqalar
bo‘yicha masalalarda yuridik normalarga amal qilish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |