Reja: Kirish Majburiy ijro byurosining vazifasi



Download 27,56 Kb.
Sana20.02.2022
Hajmi27,56 Kb.
#460338
Bog'liq
majburiy ijro referat


O’zbekiston respublikasi bosh prokuraturasi huzuridagi majburiy ijro buyrosi

REJA:


Kirish
1. Majburiy ijro byurosining vazifasi
2. Majburiy ijro byurosi faoliyati
3. Majburiy ijro byurosi haqida Vazirlar mahkamasi qarori
4. Kimlar majburiy byurosiga ishga olinmaydi?
5. Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Bosh prokuratura qoshidagi Majburiy ijro byurosi (MIB) qanday maqsadlarda tashkil etilganligi ko‘pchilikni qiziqtiradi. 28 iyun kuni Xalqaro Press-klubda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori Botir Bahromovich Qudratxo‘jayev shu savolga javob berdi.
"So‘nggi yillarda energiya resurslaridan debitor qarzdorlikni kamaytirish, ulardan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olish borasida talabga javob bera oluvchi ishlar olib borilmagan.
Masalan, 2016 yilda elektr energiyasi va gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish yoki talon-tarojlikka yo‘l qo‘yilgan holatlar oxirgi ikki yilda 48 foizga oshgan. Sud va boshqa organlar hujjatlari amaldagi ijrosi esa 2016 yilda amalda atigi 45 foizga bajarilgan, xolos.
Endi 2017 yilning birinchi choragida "O‘zbekenergo" hamda "O‘ztransgaz" kompaniyalari tizimidagi 665 nafar, shuningdek sud ijro departamentining 36 nafar xodimi jinoiy javobgarlikka tortildi.
Ana shu kamchiliklar va xatolarni hisobga olgan holda, Prezidentning 2017 yil 29 maydagi farmoniga asosan Bosh prokuratura huzurida tashkil etilgan Majburiy ijro byurosiga energiya resurslari uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq undirish, elektr va gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda talon-tarojlikning oldini olish, sud va boshqa hujjatlarning ijrosini so‘zsiz ta'minlash kabi muhim vazifalar yuklatildi.
To‘lov tizimini yaxshilash orqali elektr va gaz tarmoqlarini modernizatsiya qilish, barcha hududlarda yangi ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish obektlarini ishga tushirish, aholining turmush darajasi va farovonligini oshirish - bizning oldimizdagi eng muhim vazifalar hisoblanadi".

Majburiy ijro byurosi 2019 yilning 17 mart kuni Xabar.uz saytida byuroning faoliyatiga oid tarqatilgan ma’lumotlar yuzasidan bayonot berdi.


Xabar.uz saytida, joriy yilning 23 fevral kuni
«MIB: «Qarzingiz bo‘lsa noxush vaziyatga tayyor turing…» hamda 13 mart kuni «MIB o‘zining «majburiy» maqomidan ayrilishi mumkin» nomli materiallar joylashtirildi
Ma’lumotlarda, byuro faoliyatidan aholi norozi bo‘layotgani uchun uni tugatish, Bosh prokuratura tasarrufidan chiqarib, O‘zbekiston Respublikasining Adliya vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tasarrufiga o‘tkazish yoki boshqa mustaqil tashkilot sifatida faoliyat ko‘rsatishi lozimligi fikrlar oldinga surildi.
Tahlillarda, Xabar.uz saytida byuro faoliyatiga doir ma’lumotlarni joylashtirishda amaldagi qonunchilik talablari inobatga olinmagan.
Prezident tomonidan ta’minotchi korxonalar tomonidan yetarli choralar ko‘rilmaganligi oqibatida iste’molchilarning shartnoma majburiyatlariga rioya etishi lozim darajada ta’minlanmagani, iste’mol qilingan energiya resurslari uchun to‘lovlarni muntazam ravishda amalga oshirmagani, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi sobiq Sud departamenti faoliyatidagi jiddiy kamchiliklarning tanqidiy baholanib, ushbu sohada to‘lov intizomini mustahkamlash, javobgarlikni kuchaytirish, ijro ishi yuritishning samaradorligini tubdan oshirish maqsadida Bosh prokuratura huzurida Majburiy ijro byurosi tashkil etilgan.
(Byuroni qayta tashkil etish yoki tugatish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshiriladi.)
Majburiy ijro byurosi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi maxsus vakolatga ega huquqni muhofaza qiluvchi organ bo‘lib:
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlash, ijro hujjatlari bo‘yicha undirilgan mablag‘larning haqqoniy hisobini yuritish va turli sansalorlik va suiiste’molchilik holatlarini oldini olish;
energiya resurslari, suv ta’minoti sohasida hamda qattiq maishiy chiqindilar uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liq undirilishini, iste’molchilarning qarzdorligi kamaytirilishini ta’minlash, tarmoqlarga noqonuniy ulanish, talon-toroj holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olish kabi vazifalarni amalga oshiradi.
Byuro organlari tomonidan yuklatilgan vazifalarga mas’uliyat bilan yondashilib, sud va boshqa organlar qarorlarini so‘zsiz ijrosini ta’minlash ham engergiya resurslari bo‘yicha qarzdorliklarni undirish sohasida samarali natijani berdi.
Shu bois, davlat rahbari farmoni asosida qo‘shimcha vazifa sifatida
suvdan noqonuniy foydalanish, vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish holatlarini aniqlash, suv uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liq undirish;
qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun aholi tomonidan majburiy to‘lovlarnni to‘liq hamda o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash kabi qo‘shimcha vazifalar yuklatildi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida, sobiq Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamentining 2015 yil noyabr oyidan 2017 yilning iyun oyiga qadar bo‘lgan 19 oylik faoliyatida 17,8 trln. so‘m undirilgan bo‘lsa, byuro faoliyatining 19 oylik (2017 yil iyun-2018 yil dekabr) davrida
26,3 trln. so‘m undiruv amalga oshirildi, tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki Byuro davrida undiruv 48 foizga o‘sgan.
Xuddi shunday, byuro organlari tashkil etilganidan buyon hozirga qadar energiya resurslari va suv iste’moli sohasida 42 trln. so‘m (gaz — 19,8 trln., elektr — 21,5 trln., suv — 1,2 trln.) so‘m mablag‘ undirildi.
Bu ko‘rsatkich, Byuro tashkil etilmasdan oldingi ko‘rsatkichga (2015 yil noyabr-2017 yil may) nisbatan (17,2 trln.) 21,3 trln. so‘mga yoki 100 foizga ko‘p undirilganini anglatadi.
Ma’lumot uchun: 2017 yilning yanvar — iyun oylarida «O‘zbekenergo», O‘ztransgaz" va suv ta’minoti korxonalarining jami 13.669 (gaz — 4.255, elektr — 6.562, suv — 2.852) nafar nazoratchilari 5,9 trln. so‘m undirgan bo‘lsa, byuroning 5.439 nafar davlat inspektorlari esa, 2018 yilning shu davrida 14,3 trln. so‘m yoki 8,3 trln. so‘m (139%) ko‘p mablag‘ undirilgan.
Hozirda, byuroning 1 nafar davlat inspektori «O‘zbekenergo», «O‘ztransgaz» va suv ta’minoti korxonalarini o‘rtacha 6 nafar nazoratchisining ish hajmini bajarmoqda.
Huquqbuzarliklarni fosh etish bo‘yicha energiya resurslari va suv ta’minotidan noqonuniy foydalanish holatlari bo‘yicha 1 trln. 111 mlrd. so‘mlik zarar yetkazilganligi aniqlanib, 780 dan ziyod jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan.
Byuroda sohadagi aniq mexanizm, ish samaradorligi, mehnat taqsimoti hamda undirilgan mablag‘larning haqqoniyligi ta’minlash borasida, bir qator zamonaviy kompleksli dasturlar «MIB Portal», «MIB Inspektor» va hisobotlarning yagona portali kabi yangi Dasturiy tizimlar yaratilgan.
O‘tgan 2018 yilda byuro xodimlariga nisbatan 167 ta holatlar aniqlangan.
Bunday holatlar fuqarolarning byuro xodimining harakati yoki qonuniy talabini bajarish o‘rniga, qarshilik ko‘rsatish orqali vaziyatni o‘z tomoniga og‘dirish kabi harakatlari orqali yuzaga kelmoqda.
Byuro xodimlarining 2 nafar o‘z vazifasini bajarish vaqtida vafot etgan.
Byuro o‘z vazifasini lozim darajada bajarmagan yoki nojo‘ya xatti-harakat sodir etgan xodimlarga nisbatan ham murosasiz munosabatda bo‘lib kelmoqda.
(Byuro tashkil topgandan hozirga qadar 1 ming nafardan ziyod bo‘shatilgan xodimlarning 570 nafardan ortig‘i, aynan xizmat vazifasini lozim darajada bajarmagan sababli vazifasidan ozod etilgan.)
Byuro 2018 yildan boshlab, Sud ijrochilarining xalqaro ittifoqi a’zoligiga qabul qilinib, xalqaro maydonda aloqalarni o‘rnatib bormoqda.
Xabar.uz sayti Majburiy ijro byurosining tashkiliy tuzilmasi to‘g‘risidagi ma’lumotni ob’ektiv yondashilmagan va amaldagi qonunchilikka asoslanmagan ma’lumot deb hisoblanadi.
Majburiy ijro byurosi, sayt mas’ullaridan Byuro faoliyatining tuzilmasi haqidagi xabarlarni tarqatishda:
— «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq, e’lon qilayotgan axborotning to‘g‘riligi va haqqoniyligi uchun javobgarlik;
— «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonunida nazarda tutilgan majburiyat va javobgarlik tamoyillariga qat’iy amal qilishini;
— faoliyatiga taalluqli ma’lumot va xabarlarni asosli, ob’ektiv hamda bir tomonlama yondashmagan holda tayyorlashlarini maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5059-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:


1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi markaziy apparatining tashkiliy-shtat tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, tuman (shahar) va tumanlararo bo‘limlarining namunaviy tuzilmalari 2-3a-ilovalarga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi to‘g‘risidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi Nizom 5-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi markaziy apparati, Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, Majburiy ijro byurosi shahar bo‘limlari, Majburiy ijro byurosi tuman va tumanlararo bo‘limlari xodimlarining yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash razryadlari 6 — 9-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda Byuro deb ataladi) boshqaruv xodimlarining O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan cheklangan soni 3 542 nafar, shu jumladan markaziy apparatda 82 nafar etib belgilansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga:
zarur hollarda Byuro va uning hududiy tuzilmalarining tashkiliy-shtat tuzilmalariga o‘zgartishlar kiritish;
Byuro va uning hududiy tuzilmalariga Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha shtat birliklari kiritish huquqi berilsin.
3. Belgilansinki, Byuro:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan va ozod etiladigan direktor tomonidan boshqariladi;
o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori oldida hisobdor hisoblanadi.
Byuro direktori mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport ta’minoti shart-sharoitlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosariga tenglashtirilsin.
4. Byuro O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Markaziy banki, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi hamda boshqa vazirlik va idoralarning statistik axboroti yuborilishi shart bo‘lgan reyestrga kiritilsin.
5. Belgilab qo‘yilsinki:
Byuroga tugatilgan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamenti, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlardan ishga qabul qilingan xodimlarga darajali unvonlar berilishi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan hal etiladi;
darajali unvonga ega Byuro xodimlari prokuratura organlari xodimlari hisoblanadi hamda ularga prokuratura organlari xodimlari uchun belgilangan imtiyozlar, moddiy va ijtimoiy muhofaza qilish choralari tatbiq etiladi.
6. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari tomonidan Byuro xodimlari zimmasiga ularning vakolatiga kirmaydigan vazifalarni yuklash taqiqlanadi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Moliya vazirligi:
ikki hafta muddatda Byuroning shtat jadvallari hamda xarajatlar smetasini tasdiqlasin;
2017-yil 1-iyulga qadar o‘ziga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarganligi uchun Byuro xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
8. Belgilab qo‘yilsinki, Byuroning buyurtmasiga asosan:
“O‘zavtosanoat” AK O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan me’yorlarga muvofiq, xizmatda foydalanish uchun avtotransport vositalari ajratilishini ta’minlaydi;
“O‘zbekneftgaz” MXK “O‘zdavneftgazinspeksiya” DI bilan kelishilgan holda o‘rnatilgan tartibda xizmat va maxsus avtotransport vositalari hamda generatorlar uchun kerakli hajmda benzin va dizel yoqilg‘isini ajratilishini ta’minlaydi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zbekenergo” AJ va “O‘ztransgaz” AK boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Byuro va uning hududiy tuzilmalarining mebel, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari va boshqa moddiy-texnika resurslariga bo‘lgan ehtiyojini o‘rgansin hamda jihozlanishini ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun asoslantirilgan hisob-kitoblar asosida zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Bosh prokuratura bilan hamkorlikda bir oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib beruvchilar bilan o‘zaro hamkorlik tartibi to‘g‘risidagi nizomni;
Iste’molchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi:
ikki oy muddatda Byuro xodimlarining xizmat kiyimi va farqlovchi belgilari namunalarini tasdiqlashni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini kiritishni;
uch oy muddatda Byuro va uning hududiy tuzilmalarini yuklatilgan vazifalarni yuqori va professional darajada bajarilishini ta’minlay oladigan malakali kadrlar bilan, shu jumladan, “O‘zbekenergo” AJ va “O‘ztransgaz” AK, shuningdek, tugatilayotgan Sud departamenti xodimlari tarkibidan to‘ldirilishini ta’minlasin.
14. Byuro Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Xalqobod ko‘chasi, 3-tor ko‘chasi, 2-A uyda joylashtirilsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Byuro hududiy tuzilmalarining to‘laqonli faoliyat yuritishini ta’minlash uchun joylashtirish, jihozlash va boshqa tashkiliy masalalarni hal etsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 10-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Bosh prokuratura, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Byuroning 2017-yildagi faoliyati samaradorligini o‘rgansin va zarurat tug‘ilganda, uning tashkiliy-shtat tuzilmasini yanada takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga takliflar kiritsin.
18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmalariga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomga muvofiq Byuroda xizmat qilish uchun yurisprudensiya, moliya, iqtisodiyot va boshqa sohalarda oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotli, sog‘lig‘iga ko‘ra xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan, zarur kasb-kor va ma’naviy fazilatlarga ega O‘zbekiston fuqarolari qabul qilinadilar.


Byuroning davlat ijrochilari lavozimlariga oliy yoki o‘rta maxsus yuridik ma’lumotga ega, ayrim hollarda boshqa mutaxassislikdagi oliy ma’lumotga ega shaxslar, Byuroning boshqa lavozimlariga — oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotli boshqa mutaxassislikka (iqtisodchi, moliyachi, muhandislar va boshqalar) ega shaxslar ham tayinlanadi.
Byuroga xizmatga qabul qilishda nomzodlarning belgilangan talablarga muvofiqligini o‘rganish maqsadida tekshirish hamda maxsus komissiya tomonidan bilim saviyasi, zarur kasb malakasi va ishchanlik qobiliyatini aniqlashga qaratilgan majburiy suhbat o‘tkaziladi.
Byuroga xizmatga qabul qilishda zimmalariga yuklanadigan xizmat vazifalarini bajarishga sog‘lig‘i imkon berishini aniqlash maqsadida nomzodlar majburiy tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Xodimlarni xizmatga qabul qilish va lavozimga tayinlash Bosh prokuror, Byuro direktori yoki Byuroning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlarining buyruqlari bilan rasmiylashtiriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:


https://xabar.uz/uz/insayder/mib-ozining-majburiy-maqomidan
https://lex.uz/uz/docs/-3234829?ONDATE=30.11.2021%2000
https://oz.sputniknews-uz.com/20170702/Majburiy-ijro-byurosi-5733215.html
http://darakchi.uz/oz/42220
https://xabar.uz/uz/jamiyat/kimlar-majburiy-ijro-byurosiga-ishga-olinmaydi
https://civil.uz/majburiy-ijro-byurosi-qanday-organ/
https://www.gazeta.uz/oz/2019/03/18/mib-nayonot/
https://kun.uz/uz/12783781
Download 27,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish