Mijozlar (xaridorlar
) guruhlari bozorning 5 ta turi doirasida
shakllanishi mumkin: iste’mol bozori, ishlab chiqaruvchilar bozori,
vositachilik bozori, davlat muassasalari bozori va xalqaro bozor.
Bozorning har bir turida sotuvchi bilishi zarur bo‘lgan o‘ziga xos
xususiyatlar mavjud, shu bois firma o‘z mijozlarini sinchiklab o‘rganishi
zarur.
Raqobatchilar
–bir xil tovar va xizmat turlarini ishlab chiqaruvchi
turdosh firmalar yoki individual tadbirkorlardir.
Aloqador auditoriyalar
- bu firmaga qiziqish bildiruvchi va uning
qo‘yilgan maqsadlariga erishish qobiliyatiga ta’sir etuvchi shaxslar yoki
tashkilotlar guruhidir. Ular moliyaviy doiralar, ommaviy axborot
vositalari, jamoatchilik bo‘lishi mumkin. Firma ularning e’tiborini har
tomonlama jalb etishga harakat qilmog‘i lozim, chunki ular(banklar,
aksionerlar) faoliyatga ijobiy ta’sir etishlari mumkin. Boshqalarga
nisbatan firma ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishi, ularning diqqati
qaratilgan obyektga aylanib qolmasligi kerak.
Firma va uning yetkazib beruvchilari, marketing vositalari, mijozlari
va aloqador auditoriyalar yangi imkoniyatlar ochuvchi yoki firmaga yangi
xabarlar tahdid soluvchi ancha kengaytirilgan mikrosxema kuchlarning
doirasida vazifalarni amalga oshiradi. Bu kuchlar o‘zlarida nazoratga
bo‘ysunmaydigan omillarni aks ettiradi, firma uni ehtiyotlik bilan kuzatib
borishi va e’tibordan chetda qoldirmasligi zarur.
Ichki marketing muhiti – bu marketing xizmati va firmaning turli
bo‘linmalari o‘rtasidagi marketing salohiyatiga va marketing
maqsadlariga ta’sir qiluvchi munosabatlar yig‘indisidir. Ichki marketing
muhitining shakllanishida faoliyat doirasi, umumiy maqsadlar,
tashkilotdagi marketingning roli, uning funksiyalari, uni firma umumiy
faoliyatiga qo‘shilib ketishini belgilab beruvchi yuqori rahbariyat qarori
katta ahamiyat kasb etadi. Korxona (firma, kompaniya) ichki tuzilmasi esa
ichki muhit,
deb ataladi.
Boshqaruvni marketing xarakteriga ega tashkilotlarda yuqori rahbariyat
va marketing xizmati ichki marketing muhitini tashkiliy madaniyatning
bir qismi sifatida shakllantiradi va nazorat qiladi. Agar tashkilotning
hamma bo‘limlari (moliyaviy xizmat, ITTKI, moddiytexnik tashkilot
xizmati, ishlab chiqarish va hisob-kitob bo‘limlari) faoliyati marketing
yondashuviga asoslangan va uning hamma ishchilari marketingga oid
fikrlay olishga ega bo‘lsalar, bunda tashkilotning qulay marketing muhiti,
109
uning marketing potensiali va uning iste’molchilarga yuqori xarid
qiymatiga ega bo‘lgan tovarlar yetkazib bera olish qobiliyatlariga egaligi
haqida to‘xtalish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |