4.4. Marketingda tashqi soha elementlari
Har qanday tizim kabi marketing tizimi ham o‘ziga xos
xususiyatlarga ega, ya’ni o‘zining belgilari, qonuniyatlari, maqsad va
vazifalari mavjud. Bu tizim har bir elementi tashqi muhit omillariga
bog‘liq. Marketing tizimining tashqi muhitining muhim elementlariga
avvalambor, quyidagilarni kiritish lozim.
1) ta’minotchilar; 2) raqobatchilar; 3) vositachilar; 4) iste’molchilar
(bozor); 5) firma.
Firmaning samarali faoliyati bevosita sanab o‘tilgan tashqi muhit
elementlari bilan bog‘liq bo‘lib, ma’lum sharoitda ijtimoiy, iqtisodiy,
siyosiy, madaniy, demografik va ekologik omillar ham unga bevosita
ta’sir etadi.
Ta’minotchilar
– marketing tizimining subyekti bo‘lib, ularning
funksiyasiga
hamkor
firmalarni
zarur
xomashyo
va
kerakli
asbobuskunalar bilan ta’minlashdan iborat.
Raqobat
– bozorda ishlab chiqarish va tovarlarni sotish
(o‘tkazish)ning bozordagi eng yaxshi shart-sharoitlari uchun iqtisodiy
raqobatchilik shakli.
Raqobatchilar
– marketing obyekti sifatida samarali yo‘llarni izlab
raqobatda ilgarilab ketishni xohlab, ular ta’minotchilarni eng qulay va
yaqinda
joylashganini
tanlashga
urunadilar,
vositachilardan
foydalanishda ham eng maqbulini topadilar, iste’molchilarni o‘zlariga
jalb qilishga harakat qilib, yangi yangi tovar turlarini ishlab chiqadilar.
Raqobatchi firmalarning kuchli va zaif tomonlarini o‘rganib o‘z
strategiyalarini ishlab chiqadilar.
Raqobat muhitini o‘rganish biznesda muvaffaqiyatga erishishga
imkon beruvchi samarali raqobat strategiyasini ishlab chiqish uchun zarur.
Bozorning
ulushi,
firma
daromadining
darajasi
kompaniya
raqobatchilarga qarshi qanchalik samarali kurasha olishi bilan belgilanadi.
Raqobatchilik tahlilini ishlab chiqishning tan olingan yetakchisi
Garvard biznes maktabining professori Maykl Porterdir. Uning fikricha,
110
korxonaning raqobat muhitini shakllantiruvchi raqobatchi kuchlar beshta
guruhga bo‘linadi.
1.
O‘xshash mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarning (sotuvchilar
o‘rtasidagi) raqobatchilik kuchi.
2.
O‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchilar, o‘sha
ehtiyojning o‘zini, lekin bir qancha boshqa usullar bilan samarali
qanoatlantiruvchi tovarni taklif qilish bilan raqobatni keskinlashtirishi
mumkin. Ko‘pincha, aynan mana shu guruhning raqobatchilik kuchi firma
uchun vayron qiluvchi bo‘ladi.
3.
Mahsulotlar va yarim fabrikatlarni komplektlovchi xomashyo
va materiallar yetkazib beruvchilar. Bu guruh vakillarining firmaning
raqobat potensialiga ta’sir etish kuchi yetkazib beruvchilarning o‘z
tovarlari narxini oshirishi va shu tarzda firma mahsuloti tannarxiga ta’sir
o‘tkazish yoki yetkazib beriladigan mahsulot va xizmatlarining sifatini
pasaytirish va shu tarzda firmaning mahsulotlari yoki xizmatlari sifatiga
ta’sir etishdan iborat.
4.Tarmoq ichida yangi raqobatchilarning paydo bo‘lishi.
5. Xaridorlarning o‘z shartlarini o‘tkazishga urinishi.
Mahsulotlarni sotib oluvchilar (xaridorlar) ham, vositachilar ham
raqobatni kuch sifati tovarlarda belgilangan iste’mol sifati bo‘lishini yoki
yaxshi xizmat ko‘rsatishning talab qilishga, shuningdek, pasaytirish
maqsadida narxlarga bosim o‘tkazishga qodir.
O‘xshash mahsulotlarning potensial ishlab chiqaruvchilari
iste’molchilarni o‘z mahsulotlariga qayta jalb qilishi, shuningdek,
mahsulotning potensial iste’molchilarini jalb qilishi mumkin.
Raqobatchilarning har bir guruhini o‘rganish firmaning alohida
strategiyasini ishlab chiqishni talab qiladi, bu esa marketing bo‘yicha
mutaxassislarning majburiyatlaridan biridir. Tovar bozorida to‘g‘ri
raqobatchilar o‘rtasida raqobat kurashining jadalligi va aniq shakli
raqobatning xarakteriga bog‘liq holda o‘zgaradi. Bu raqobatchilar
harakati natijasida yuzaga keladigan ularning o‘zaro bog‘liqligi darajasini
xarakterlaydi. Tovarning raqobatbardoshligi – bu tovarda yakunlangan,
xaridor uchun narx, u tovarni sotib olishga undaydi (xaridorda tovarni
sotib olish istagini qo‘zg‘atadi). Raqobatbardoshli tovar, birinchidan,
xaridor uchun shunchalik foydali, qiziq bo‘lsinki, uning uchun o‘z pulini
berishga tayyor bo‘lsin ikkinchidan, xaridor uchun boshqa firmalarda
111
ishlab chiqarilgan o‘xshash yoki iste’mol sifati bo‘yicha o‘xshaydigan
tovarga nisbatan ancha qiziqarliroq bo‘lsin.
Firmalarning raqobatbardoshligi – uning raqobat sharoitida bozorda
egallab turgan ulushini saqlab qolish yoki kengaytirishga imkon beruvchi
marketing potensialidir.
Aniq bozordagi raqobatchilar tahlili quyidagi ketma-ketlikda amalga
oshiriladi:
1.
Bozorning tuzilishi va tavsiflanishini aniqlash.
2.
Tayanch raqobatchilar xarakteristikasini tasvirlash va
aniqlash.
3.
Tayanch raqobatchilarni baholash.
4.
Raqobatchilar xarakterini oldindan ko‘ra bilish.
5.
Potensial raqobatchilarni aniqlash.
Raqobatlarning tahlili firmaning va raqobatchilikning tarmoq
ichidagi, tarmoqlararo narxlarga oid va narxlarga oid bo‘lmagan kabi
turlarini o‘rganishni ko‘zda tutadi.Tahlilni o‘tkazishda iqtisodchilar
tomonidan taklif etilgan turli raqobatli tuzilishlarga tayanish muhimdir.
Odatda, bunday tuzilishni 4 ga bo‘lish mumkin: sof (yoki takomillashgan)
raqobat, oligopoliya, monopolistik raqobat va monopoliya.
Do'stlaringiz bilan baham: |