Iste’molchilar
-bozorda o‘z talab va ehtiyojlarini qondirish
maqsadida firmalarining tovar va xizmatlarini sotib oluvchi firmalar yoki
alohida jismoniy shaxslardir. Iste’molchi bozorda - shoh. Shuning uchun
marketologning asosiy vazifasi iste’molchini doimo o‘rganish, uning
xohishini aniqlash, tahlil qilishdan iborat.
Firma
- bu korxonadan farqli o‘laroq ishlab chiqarish va noishlab
chiqarish sohalarida turli-tuman tadbirkorlik faoliyatini bildiradi. Bunday
nomni sanoat korxonasi davolash muassasi uchun ham, qurilish tresti va
vositachilik tashkiloti uchun ham, savdo va konsullik faoliyati uchun ham,
xodimlar tayyorlash va malakasini oshirish, sayyohlik va boshqa
tashkilotlar uchun ham nisbatan ishlatish mumkin. Bozor munosabatlariga
o‘tish jarayonida butunlay yangi tipdagi firmalar vujudga kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |