Toshkent moliya instituti amanov a. M



Download 2,75 Mb.
bet23/25
Sana27.03.2022
Hajmi2,75 Mb.
#512560
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
2 5323626712309699883

ХULOSA


Ushbu kurs ishimizda amalga oshirilgan natijalardan kelib chiqadigan asosiy xulosalarimizni aks ettiramiz. Ular qisqacha quyidagilardan iborat:
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i fuqarolarning shaxsiy daromadlaridan to‘lanadigan va davlat byudjetiga tushadigan majburiy to‘lov bo‘lib, u ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun sarflanadi va muayyan iqtisodiy munosabatlarni aks ettiradi. Daromad solig‘i tufayli, yuqori daromadlarning bir qismi aholining qo‘shimcha mablag‘larga muhtoj bo‘lgan toifalari foydasiga va umuman, jamiyat manfaatlari yo‘lida qayta taqsimlanadi, pirovard natijada esa, daromadlardagi tengsizlik ma’lum darajada qisqarishiga erishiladi.
O‘zbekistonda soliq islohoti iqtisodiy o‘zgarishlarning tarkibiy qismi sifatida o‘tish davrining umumiqtisodiy va maxsus vazifalarni hal etishga yordam berishi lozim. Bunda jismoniy shaxslarni daromadlarini soliqqa tortish tizimini davr talabidan kelib chiqib takomillashtirish, undan aholining turmush darajasini tartibga solish, tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish va byudjetga muntazam ravishda daromadlar kelib tushushini ta’minlash uchun foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Jismoniy shaxslar daromadiga soliq solish jarayonini tahlil etish shuni ko‘rsatadiki, soliq solish obyektlari va subyektlari, soliq imtiyozlari, soliq stavkalari tizimi va ularning rivojlanishida taraqqiy etgan mamlakatlarga qaraganda katta tafovutlar ko‘zga tashlanmaydi. Shunga qaramasdan, respublikamiz iqtisodiyotdagi tez o‘zgarishlar ayrim soha tarmoqlar qatori jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini ham takomillashtirishni talab etadi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, jumladan, soliq sohasidagi islohotlar iqtisodiy o‘zgarishlarning tarkibiy qismi sifatida jamiyatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalashning umumiqtisodiy va maxsus vazifalarini hal etishga yordam berishi lozim. Bunda jismoniy shaxslarning daromadlarini soliqqa tortish va deklaratsiyalash tizimini takomillashtirish yo‘nalishlari aholining turmush darajasini oshirishga hamda tadbirkorlik faoliyatidan daromad olishini rag‘batlantirishga xizmat qilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Tahlillar ko‘rsatishicha, respublikamizda daromadlarini deklaratsiyalovchi jismoniy shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan moliyaviy va ma’muriy jarimalar soni oshib bormoqda. Jismoniy shaxslar jami daromadlarini deklaratsiyalash tizimi bo‘yicha qonunchilik talablarini buzishning keng tarqalgan shakli asosan deklaratsiyani kechikib taqdim etishidir. Mazkur natijalar, soliq organlarining jismoniy shaxslar jami daromadlarini deklaratsiyalash tizimidagi to‘lov intizomini mustahkamlash va daromadlarni deklaratsiyalash bo‘yicha tushuntirish ishlari, targ‘ibot–tashviqot tadbirlarini kuchaytirish lozimligini ko‘rsatadi.
Yuqoridagi fikrlarimiz asosida quyidagi takliflarni keltirishni o‘rinli deb hisoblaymiz:
Mamlakatimizda jismoniy shaxslarning ayrim toifalari daromadlariga imtiyozli soliq stavkalari joriy qilingan bo‘lib, ular dastlab soliq stavkalari yuqori bo‘lgan davrlarda o‘zining samarasini bergan edi. Endilikda soliq stavkalarining pasayganligin iinobatga olib mazkur imtiyozli soliq stavkalaridan voz keshish lozim. Chunki bu imtiyozli soliqqa tortish stavkalarining qo‘llanilishi soliqni hisoblash uslubiyatini qiyinlashtirmoqda.
Jismoniy shaxslarning soliqqa tortiladigan daromadlardan turli toifa aholi ushun imtiyozli shegirmalar ishlab chiqish kerak. Bu jarayon aholini ijtimoiy nuqtainazardan to‘liq himoyalaydi hamda taklif etilyotgan chegirmalar rivojlangan mamlakatlar soliq tizimida samarali qo‘llab kelinmoqda.
Jismoniy shaxslar daromadlaridan undiriladigan soliq uslubiyatini soddalashtirish maqsadida hamda soliq yukini kamaytirish uchun progressiv soliq stavkasi o‘rniga yagona soliq stavkasini joriy etish taklif etiladi.
Jismoniy shaxs maqomidagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hozirgi belgilangan qat’iy stavkasidan voz kechib, barcha rivojlangan mamlakatlardagi kabi olgan daromadidan deklaratsiya asosida soliqqa tortishni joriy etish lozim
Jismoniy shaxslarning daromadlarini yalpi deklaratsiyalash tizimiga o‘tkazishni jadallashtirish kerak.
Respublikamizda jismoniy shaxslar daromadlarini umumdeklaratsiyalash tizimiga o‘tishni bosqichma-bosqich amalga oshirish maqsadga muvofiq. Birinchi bosqichda jismoniy shaxslar daromadlarini mavjud deklaratsiyalash asosida soliqqa tortish tizimini takomillashtirish, ikkinchi bosqichda deklaratsiya asosida soliqqa tortiladigan daromadlar ko‘lamini kengaytirish, bunda yuqori daromadga ega hamda yirik iste’mol tovarlari sotib olgan jismoniy shaxslar daromadlarini deklaratsiyalash asosida soliqqa tortishni nazarda tutish, uchinchi bosqichda soliq solinadigan daromadga ega bo‘lgan barcha jismoniy shaxslarni yillik daromadlarini deklaratsiyalash asosida soliqqa tortishni joriy etish.
Jismoniy shaxslar jami daromadlarini umumdeklaratsiyalash yuzasidan davlat tadbirlari samaradorligini oshirishda milliy mentalitetning hisobga olinishi muhim ahamiyatga ega. Bunda jismoniy shaxslarga meros qolgan boylik va mol-mulkni ishlatishdan olingan daromadlar jismoniy shaxslar jami daromadlarini deklaratsiyalashda chegirmalarning qo‘llanishi maqsadga muvofiq. Mazkur tadbir orqali aholi daromadlarini legallashtirish, ularning tashabbuskorona faolligini oshirishga erishiladi.
Jismoniy shaxslar daromadlarini deklaratsiyalash asosida soliqqa tortishda aholining ijtimoiy tabaqalanishini e’tiborga olgan holda soliq chegirmalarini joriy etish maqsadga muvofiq. Bunda ayniqsa farzandlar sonining ko‘pligi e’tiborga olinishi lozim, oiladagi balog‘atga yetmagan farzandlar sonidan kelib chiqib, har bir farzandga nisbatan soliq chegirmalari qo‘llanishi zarur.
Jismoniy shaxslar daromadlarini deklaratsiya asosida soliqqa tortishda jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan yer va mol-mulk soliqlari summasini daromad solig‘i solinadigan bazadan chegirib tashlanishi maqsadga muvofiq.

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish